Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni... Bayramxon Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni, Kuydurdung, ey sipehr, meni dardmandni. Tan mijmarida xasta ko‘ngul pora-pora, bas, Daf’i gazand uchun netay o‘zga sipandni. Ul qadki, husn gulshanida bo‘ldi sarfaroz, Lutf ichra past ayladi sarvi balandni… Bayram kamoli mashrab erur, tarki tavba qil, Topsang harif bir necha yori lavandni. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ul_sho%E2%80%98x_dardi_boisi_qilding_gazandni.... Downloaded from uzbekai.com.