Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilg‘ay benavolarg‘a... Bayramxon Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilg‘ay benavolarg‘a, Nechukkim, podshohlar marhamat aylar gadolarg‘a. Agar ul shohi xo‘bon lutf ila bo‘lsa xaridorim, Gadoyimenki, istig‘no sotarmen podshohlarg‘a… Damekim, noz ila ikki labi vasfin ado qilg‘ay, Masiho bo‘lsa ham jon bergay ul nozik adolarg‘a. Balolardur manga ul ko‘z bila zulfu qadu kokil, Balolig‘ ko‘z edikim, uchradim mundog‘ balolarg‘a. Yuzin ko‘rsattiyu ko‘nglum olib yoshurdi ruxsorin Qi, mundin so‘ng ko‘ngulni bermagaymen dilrabolarg‘a, Gadoyi benavodur Bayramu yo‘lingda xok o‘lg‘on, Tariqi mehr ila gomi guzar qil benavolarg‘a. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xush_ulkim%2C_sarvi_nozim_rahm_qilg%E2%80%98ay_benavolarg%E2%80%98a.... Downloaded from uzbekai.com.