Yana ko‘zi g‘amidin notavondurur ko‘nglum... Bayramxon Yana ko‘zi g‘amidin notavondurur ko‘nglum, Rafiqu hamdami ohu fig‘ondurur ko‘nglum. Agarchi jazm emas va’dag‘a vafo qiluri, Vafog‘a va’da qilurdin xushondurur ko‘nglum. Navo chu topti ushshoq ichra Majnung‘a, Junun maqomida ham dostondurur ko‘nglum… Tarahhum aylaki, Bayramdek elsifat ko‘pdin, Seni tilab necha bexonumondurur ko‘nglum. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yana_ko%E2%80%98zi_g%E2%80%98amidin_notavondurur_ko%E2%80%98nglum.... Downloaded from uzbekai.com.