Yorsiz jonimni olg‘on mehnati hijron emish... Bayramxon Yorsiz jonimni olg‘on mehnati hijron emish, Mehnati hijron demanglarkim, baloyi jon emish. Xanjaring shavqi, yuzung mehriyu la’ling hajridin, Ko‘krakim choku yurak yuz pora, bag‘rim qon emish. Kom la’lingdin visol ayyomida dushvor edi, Yo‘qsa jon bermak firoqing shomida oson emish. Ne balodurkim, xalosim yo‘q zamone hajridin, Qismatim go‘yo azaldin mehnati hijron emish. Besaru somon debon Bayramni, ey nosih anga, Pand berma, kimga parvoyi saru somon emish. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yorsiz_jonimni_olg%E2%80%98on_mehnati_hijron_emish.... Downloaded from uzbekai.com.