Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni ko‘r... Bayramxon Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni ko‘r, Ko‘ngul ochilg‘udek ul dilkusho bahorni ko‘r. Libosin etti yoshil sarvi lolaruxsorim, Bahor mavsumida turfa lolazorii ko‘r. Gul uzra sunbuli serob ko‘rmagan bo‘lsang, Yuzida ter ichida zulfi mushkborni ko‘r. Gahi qaror topar beqaror ishq, vale . Qaror topmadi hargiz bu beqarorni ko‘r. Agarchi zoru giriftor ko‘pturur, Bayram, Ajab balog‘a giriftordur bu zorni ko‘r. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yoshil_libos_aro_ul_sarvi_guluzorni_ko%E2%80%98r.... Downloaded from uzbekai.com.