Ko’rsat jamoling Boborahim Mashrab Ko’rsat jamoling mastonalarg’a, Ishqingda kuygan parvonalarg’a. Mendin duodur,sendin — ijobat, Jonim tasadduq jononalarg’a. Ey ko’ngli qattig’,rahm aylamaysan, Qilg’il nazar sen bechoralarg’a. Mashrab seni deb kechti jahondin, Boshini qo’yub ostonalarg’a. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99rsat_jamoling. Downloaded from uzbekai.com.