Bobur Bobur Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz... Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz, Jamiyatingiz borini davlat tutungiz. Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun, Bir-birni necha kun g'animat tutungiz. Azm ayla sabo... Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a, Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg'a. Yetgil dog'i ishtiyoq ila Boburdin, Zinhor degil salom tuqqonimg'a. Bahor ayyomidur... Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur, Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur. Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun, Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur. Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin, Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur. Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori, Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur. Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur. Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur... Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur. Xali labig'a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab, Ki Xizr chashmayi hayvong'a rahnamoyedur. Yarar bu xasta ko‘ngul dardig'a o‘qin yarasi, Magarki har yarasi yorning davoyedur. Bahor faslidur-u may havosi boshimda, Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur. Ul oy raqibg'a bo‘ldi rafiq-u Boburning, Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur. Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen... Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat qildi Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen. Boburni burun mahrami asror etting... Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo‘l, o‘zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting. Davron meni o‘tkardi sar-u somondin... Davron meni o‘tkardi sar-u somondin, Oyirdi meni bir yo‘la xon-u mondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta'na, Nelarki boshimg'a kelmadi davrondin. Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur... Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur. G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur. Ey gul, ne uchun qoshingda... Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o‘ldum? Yuz mehnat-u anduh bila yor o‘ldum! Vasling bila bisyor sevindum avval, Hajring bila oqibat giriftor o‘ldum. Eykim, yoraliq jismima marham sensen... Eykim, yoraliq jismima marham sensen, Majruh ko‘ngulg'a nishtarim ham sensen. Gah shod-u, gahi g'amgin esam, ayb etma, Kim boisi shodmonlig'-u g'am — sensen. G'urbat tug'i yopqon ruxi zardinmimu dey... G'urbat tug'i yopqon ruxi zardimnimu dey? Yo hajr chiqarg'on ohi sardimnimu dey? Holing ne durur? Bilurmusen, dardimni?! Holingni so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey! G'urbatda ul oy hajri... G'urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur, Hijron bila g'urbat manga ta'sir qilibtur. Maqdur boricha qiluram sayi visoling, To Tengrini bilmonki, ne taqdir qilibtur. Taqdirdur ul yon-u bu yon solg'uchi, yo‘qsa, Kimga havasi Sanbal-u Tatyir qilibtur. Bu Hind yeri hosilidin ko‘p ko‘ngul oldim, Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur. Sendin bu qadar qoldi yiroq, o‘lmadi Bobur, Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur. Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur... Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur, G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur. Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida, Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur. O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay, Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur. Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur! Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur! Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi, Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur. Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur. Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur. G'ofil o'lma... G'ofil o‘lma ey soqiy, gul chog'in g'animat tut! Vaqti aysh erur boqiy ol chag'ir, ketur, bot tut! Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla, Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g'animat tut! G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda, Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut! Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor, Bo‘sa, vasl beag'yor davlat-u saodat tut! G'am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur, Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut! Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur... Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur, Vasliga yetarga ixtiyorim yo‘qtur. Kimga ochayin rozki, yo‘q mahrami roz, G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo‘qtur. Har kimki, vafo qilsa... Har kimki, vafo qilsa — vafo topqusidur! Har kimki, jafo qilsa — jafo topqusidur! Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon bo‘lsa — jazo topqusidur! Hijron qafasida jon qushi ram qiladur... Hijron qafasida jon qushi ram qiladur, G'urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav bitay firoq-u g'urbat sharhin, Kim ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur. Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko'z ermish... Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish, Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish. Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra, Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish. Jismimda isitma... Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur, Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur. Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur. Jonimda mening hayoti jonim sensen... Jonimda mening hayoti jonim sensen, Jismimda mening ruhi ravonim sensen. Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori (azizi), Alqissaki, umri jovidonim sensen. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga... Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base, Mehr-u vafo raqibg'a, jabr-u jafo manga. Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong, Chun bo‘ldi ul parisifatim oshno manga. Oh-u yoshmidin ortadurur za’f, ey tabib, Bildim yarashmas emdi bu ob-u havo manga. Dardim ko‘rub muolajada zoye etma umr, Kim, jonda dardi ishq durur bedavo manga. To yor kimni istar-u ko‘ngliga kim yoqar, Tashvish bejihat durur oxir sango, manga. Bobur, bo‘lub turur ikki ko‘zum yo‘lida to‘rt, Kelsa ne bo‘ldi qoshima bir-bir mango manga. Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching... Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching, Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching. Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli, Nisori ashkni emdi bu kun mango soching. Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar, Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching. Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning, Ne ayb, agar desa dilband-u dilkusho soching. Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur... Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur. Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi... Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikkisi muyassar bo’lmasa olamda, Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi. Men ne qilay Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay? Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay? Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay? Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay? Mening ko‘nglumki... Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam, Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g'uncha paykondur. Bahor-u bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning, Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur. Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur. Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur, Mening na'shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur. Mushkil Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bartaraf etmak mushkil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil. Mushkuldur Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur, Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur. Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba, Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur. Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin, Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur. Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman, Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur. Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur, Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur. Ne xush bo'lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam... Ne xush bo‘lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam, Kechalar tori mo‘yidek belig'a chirmashib yotsam. Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam, Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la'lidin totsam. Qani Shirin bila Layliki sendin noz o‘rgansa, Qani Farhod-u Majnunkim, alarg'a ishq o‘rgatsam. Yoruq kunduz, qorong'u kechada anjum kibi bo‘lgay, Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini titratsam. Ko‘zum ravshanlig'ida bo‘lg'ay, Bobur, base kamliq, Agar qoshi bila yuzun hilol-u kunga o‘xshatsam. O'lum uyqusig'a borib jahondin bo'ldum osuda... O‘lum uyqusig'a borib jahondin bo‘ldum osuda, Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda. Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz, Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda. O‘zungni shod tutqil, g'am yema dunyo uchun zinhor, Ki, bir dam g'am yemakka arzimas dunyoyi farsuda. Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg'aymu, Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda. Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur, Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg'aymen osuda. O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak... O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak, Bizni unutqonni unutmoq kerak. Aysh-u tarab gulbunig'a suv berib, G'ussa niholini qurutmoq kerak. Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul, Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak. Har nimag'a g'am yema, g'am ko‘p turur, Aysh bila o‘zni ovutmoq kerak. Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, ko‘ngul, O‘zni farog'at bila tutmoq kerak. Qadimni firoq mehnati yo qildi... Qadimni firoq mehnati yo qildi, Ko‘nglum g'am-u anduh o‘tig'a yoqildi. Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul, Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi. Qoldimu Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu?! Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?! Meni xor etti-yu qildi muddaiyni parvarish, Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?! Meni o‘lturdi jafo-yu javr birla ul quyosh, Emdi turguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?! Oshiq o‘lg'och ko‘rdum o‘lumni o‘zumga, ey rafiq, O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi qoldimu?! Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?! Raftori-yu qaddig’a ravonim sadqa... Raftori-yu qaddig’a ravonim sadqa, Bir boqishig’a ikki jahonim sadqa, Og’zi-yu belig’a bud-u nobudim sarf, Ko’zi-yu labig’a jism-u jonim sadqa. Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen... Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen. Sening ishqingda... Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim, Demon bexonumon, ovvorayi ikki jahon bo‘ldum. Labing gar bermasa bo‘sa nechuk jon elta olg'aymen, Bu yo‘ldakim, adam sahrosig'a emdi ravon bo‘ldum. So‘rub ul oy labidin og'zining ramzini angladim, Bir og'iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum. Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim, Vale oxir malomat o‘qlarig'a-o‘q nishon bo‘ldum. Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig'a, Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum. Visoling davlatig'a yetmasam Bobur kibi, ne tong, Ki hajring mehnatida asr-u zor-u notavon bo‘ldum. Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay... Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay, Ohim sanga ma'lum emastur, ne qilay? Men yuz, qoshing dermen-u sen — badr-u hilol, Mohim, sanga ma'lum emastur ne qilay? Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana... Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana, Tiyra bo‘ldi ro‘zg'orim ul qaro qoshdin yana. Men xud ul tifli parivashg'a ko‘ngul berdim, vale, Xonumonim nogahon buzulmag'ay boshdin yana. Yuz yomonliq ko‘rub ondin telba bo‘ldung, ey ko‘ngul, Yaxshilig'ni ko‘z turarsen ul parivashdin yana. Tosh urar atfol mani, uyida forig‘ ul pari, Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana. Oyog'im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay, Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana. Tole yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi... Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi. Topilmas Sendek manga bir yori jafokor topilmas, Mendek sanga bir zori vafodor topilmas. Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen, Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas. Ag'yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q, G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g'amxor topilmas. Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida, Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas. Bobur seni chun yor dedi, yorlig' etgil, Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas. Topmadim Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim. Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim, Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim. Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim. Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay, Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim. Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul, Nechaki borib eshigiga, bor topmadim. Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men, Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim. Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga... Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga, Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga. O‘qung etti ko‘p yamon yoro manga, Marhami lutfung bila yoro manga. Xazon yafrog'i yanglig'... Xazon yafrog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim, Kо'rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrayi zardim. Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayog'ingg'a tushib, bargi xazondek muncha yolbordim. Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol, Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim. Xazondek qon yoshim sorig' yuzumdin el tanaffurda, Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim. Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur, Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim. Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur, Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim. Yaxshilig Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘, Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘. Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq, Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘! Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma, Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'. Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p, Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'? Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig! Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobur kibi, Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'? Zahiriddin Muhammad Bobur Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor, Uz oh, Zahiriddin Muhamrnad Bobur. — Source: https://wikisource.org (works of Bobur). Downloaded from uzbekai.com.