Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching... Bobur Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching, Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching. Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli, Nisori ashkni emdi bu kun mango soching. Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar, Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching. Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning, Ne ayb, agar desa dilband-u dilkusho soching. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98ngulga_bo%E2%80%98ldi_ajoyib_balo_qaro_soching.... Downloaded from uzbekai.com.