O'lum uyqusig'a borib jahondin bo'ldum osuda... Bobur O‘lum uyqusig'a borib jahondin bo‘ldum osuda, Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda. Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz, Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda. O‘zungni shod tutqil, g'am yema dunyo uchun zinhor, Ki, bir dam g'am yemakka arzimas dunyoyi farsuda. Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg'aymu, Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda. Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur, Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg'aymen osuda. — Source: https://wikisource.org/wiki/O%27lum_uyqusig%27a_borib_jahondin_bo%27ldum_osuda.... Downloaded from uzbekai.com.