Bonu Bonu Bonu aytur bu olamdaki, g‘amsiz yurmadim hargiz... Bonu aytur bu olamdaki, g‘amsiz yurmadim hargiz, Bu dunyo davrini shodmonu xandon surmadim hargiz. Jahonda yurdimu turdim, necha chektim jafolarni, Jafosin ko‘rdum, ey do‘stlar, vafosin ko‘rmadim hargiz. Ayo do‘stlarki, men yolg‘iz, g‘aribi benavo qulmen, Topay ahli ayol, atfol deyub qayg‘urmadim hargiz. Ki sakkiz yil bo‘lur otam shikorya Yorkent aylab, Muborak yuzlarin ko‘rub ko‘zum to‘ydurmadim hargiz. Ki ko‘rmakni qo‘yub, ey tan, bo‘lak emdi talab qilg‘il, Sharifim sarri poyidin o‘zum jo‘kurmadim hargiz… Jahonda har balo bo‘lsa, baham bo‘ldi g‘arib boshim, Sitam birla alamlarni surub, yondirmadim hargiz. Bu falak kajravligidin bo‘ldi dil xunoblar... Bu falak kajravligidin bo‘ldi dil xunoblar, Ashkborimdin to‘kilgay kosa-kosa oblar. Zulmi ag‘yora chidalmay, ishq mayini no‘sh etib, Kunda-kunda xun yutib, bag‘rim to‘la zardoblar. Furqatu g‘am bir sari, ishqning balosi bir sari, Jon qutulmas ikkisidin bas bo‘lib betoblar. Sharhi dilni arz etarg‘a dardmandon topmadim, Sabru toqat qolmadi, ketti ko‘zumdin xoblar. Muddaoying ne, sanam, qilding sitam ust ustina. Yurguzub hukmingni hardam quldug‘ing ishtoblar. Oftobi g‘amda qoldim, qil boshimg‘a soya baxt, Tolei shumum siniqdur, sindi durri noblar. Mushtariy, Mirrix sitorang suvg‘a tushdi, Bonuyo, Ko‘z yoshing daryo bo‘lib tortti seni girdoblar. Ko‘rung bir dilbari zolim mening holim xarob aylab... Ko‘rung bir dilbari zolim mening holim xarob aylab, Yoqub ishq otashin jonimga, bag‘rimni kabob aylab. Ko‘zim telmurturub yottim, base ko‘p xor bo‘ldi bosh, Kirib xilvatda holim so‘rmadi chandin azob aylab. Tilokimdur aning vasli, tunu kun yolvorib haqdin, Ochib ilgim duoga, yig‘ladim, ko‘zlar purob aylab. Yotib hajringda bemore, bo‘lubman bexudu xomush, Ayo tan, sen nechuk deb so‘rmading, muncha itob aylab. Talabkori visolingmen, nechukdin bilmading holim, Kirib oldimga bir soat, chiqarni ko‘p shitob aylab. Yaqinlik ayladim chun o‘tlaringga, xijlatim ko‘pdur Meni kuydurg‘ali sham’i yuzungni benihob aylab. Xumor aylab ko‘zingni ham qaboqingni suzib boqsang. Bitay sha’ningga yuz daftar moshoirlik kitob aylab. Ko‘zing jallodi berahmu, kamon abro‘laring o‘qlar Meni bechoraning chun o‘ltururg‘a iztirob aylab. Gahi xushman, gahi noxush, gahi behush, gahi bohush Bu Bonuni xarob etting soching mushkin tanob aylab. Manga makkori zolim makr etib yuz sho‘ridin sad dod... Manga makkori zolim makr etib yuz sho‘ridin sad dod, Berib ming va’dani qilmas vafo, ayyordin sad dod. Boshimg‘a yog‘durur boroni g‘amni yozu qish tinmay, Ko‘rub kajlikni, dedim men, falak ozoridin sad dod. Og‘iz osha yetushkanda, burunni tegdurub tosha, Anga qul bo‘ldim.ey do‘stlar, jahon makkordinsad dod. Vafo tog‘ini kavladim, boshimg‘a tekdurub tesha, Qilibdur pora-pora, zolimi xunxordin sad dod. Visoli bokamolidin ayirmoq qasdini ko‘zlar, Yoqib rashk o‘tining ishq ellara, ag‘yordin sad dod. Bu g‘am girdobidan forig‘ bo‘lolmay ko‘z yoshim oqti, Dedi Bonu amon bermas manga har kordin sad dod. Meni ko‘rgan kunimni ko‘rmasun hech qaysi inson ham... Meni ko‘rgan kunimni ko‘rmasun hech qaysi inson ham, Ko‘rub holimg‘a rahm aylar tamomi nomusulmon ham. Kima men mehribon bo‘lub, anga sarf ayladim dil, jop, Manga nomehribon bo‘ldi tamo-mi yoro‘, jonon ham. Ko‘ring betoleimni aylanur kaj bu jahon charxi, Manga qolg‘onda beodil tamomi begu sulton ham. Kimi ko‘rsam suyub jonu dilimdin parvarish ettim, Manga rahm etmadi inson ichinda hech musulmon ham. Meningdek bormukin aslo vafo izlab jafo ko‘rgon, Umrni zoye o‘tkargan meningdek bormu nodon ham. Tasadduq zoti pokingdin, menga emdiki sen yaxshi, Topolmay izlasam men axtarurda Chinu xoqon ham. Jahonda turg‘onimg‘a yuz tuman bisyor tashvishmen, G‘aming xat birla yoz, Bonu, uzatma so‘zni har yon ham. Yor jabr etti dilim gardu g‘uborin tozalab... Yor jabr etti dilim gardu g‘uborin tozalab, Shirinu Azrou Layli onlara andozalab. Gulgun etti ashki selobim to‘kub har ro‘zu shab, Usmau elik, ufou ham ko‘zini g‘ozalab. Dilbarim qattiq ko‘ngullik, mahvashim nozuk badan, Teshti ko‘ksum, ezdi bag‘rim noz uzra nozalab. Fosh etma, ey tabibo, ishqi dardin tut nihon, Ista maqsuding xudodin o‘zligingni sozalab. Ey hakim ahli, bilib dardimni izhor etmakim, Topmadi hech shay’ murode kori ishq ovozalab. G‘orat etti mulki tanni shohi oshiqlar kelib, Bir qushe uchdi qo‘limdin ko‘k sari parvozalab. Faqr aro mahvashlara qochdi bu Bonu bosh egib, Al-amon etti raqiblardin, biling darvozalab. — Source: https://wikisource.org (works of Bonu). Downloaded from uzbekai.com.