Bonu aytur bu olamdaki, g‘amsiz yurmadim hargiz... Bonu Bonu aytur bu olamdaki, g‘amsiz yurmadim hargiz, Bu dunyo davrini shodmonu xandon surmadim hargiz. Jahonda yurdimu turdim, necha chektim jafolarni, Jafosin ko‘rdum, ey do‘stlar, vafosin ko‘rmadim hargiz. Ayo do‘stlarki, men yolg‘iz, g‘aribi benavo qulmen, Topay ahli ayol, atfol deyub qayg‘urmadim hargiz. Ki sakkiz yil bo‘lur otam shikorya Yorkent aylab, Muborak yuzlarin ko‘rub ko‘zum to‘ydurmadim hargiz. Ki ko‘rmakni qo‘yub, ey tan, bo‘lak emdi talab qilg‘il, Sharifim sarri poyidin o‘zum jo‘kurmadim hargiz… Jahonda har balo bo‘lsa, baham bo‘ldi g‘arib boshim, Sitam birla alamlarni surub, yondirmadim hargiz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bonu_aytur_bu_olamdaki%2C_g%E2%80%98amsiz_yurmadim_hargiz.... Downloaded from uzbekai.com.