Dilshod Otin Dilshod Otin Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido... Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido, “Yor aksin mayday ko‘r”, deb jomdin chiqdi sado. Xonaqoh ahlig‘a aytdim: “Alvido, ey so‘filar”, Dayra kirdim, rindliqni emdi qilg‘um ibtido. Man ichib ishq bodasini, boy berdim mazhabim, Har na bo‘lsa ko‘rsa ko‘zim, jon anga bo‘lsin fido. Bu qadah ichra ko‘rundi orazi ul yorning, Zanjiri ishqini soldi bo‘ynuma, ermish rido. Oshiqini g‘ul urub band aylasa ma’shuq agar, Shukr qilg‘ay, bo‘lmasam deb, bandidin hargiz judo. Jannatu do‘zax barobar oshiqi zor oldida, Ishq imomig‘a hamisha aylamishdur iqtido. Garchi Barno zordur bir orazi yor oldida, Ishq imomig‘a hamisha aylamishdur iqtido. Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz... Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz, Bir osoyish zamonni chorlaylik boz. Diyorimizni ta’rif aylamakka Hamma maqsadni birga aylaylik soz. Qo‘shiqni Nodira she’rig‘a bog‘lab, Bo‘layluk sozig‘a bizlar hamovoz. Uvaysiy birla Mahzuna qoshida Turaylukluk suhbat aylab birga damsoz. G‘azallar pardasini har qanoti, Hayotlik ko‘nglimizda etsa parvoz. Kimiki misli ma’dan ersa rangin, G‘azallar husni ermas, balki pardoz. Jamoli misra asli ersa, Barno, O‘qug‘an odam aylar oncha e’zoz. Odam aytibdur avval ulug‘ nurg‘a qarab... Odam aytibdur avval ulug‘ nurg‘a qarab, Bir marta kulgil, ey nur, qaro yerg‘a qarab. Xovar boqibdur ul dam anvor mehr ila, Zulfin etib parishon, soyu qirg‘a qarab. Er aylanib turibdur, parvona xovar uzra, Hayo teri oqibdur Amuyu Sirg‘a qarab. Chiqganda dona-dona buloq ko‘zidin ul ter, Hayratda xovar o‘lmish ul on dirg‘a qarab. Siru Amu oqibdur, kishvari kokilidek, Nazar solmabdur also adirg‘a qarab. Odam qo‘lida oxir o‘libdur rom jayhun, Ta’zim etibdur ul dam ul Sirg‘a qarab. Inson payravi bo‘l, Dilshod o‘lg‘aysan, Ta’zim etma hargiz begu mirg‘a qarab. Orazing, yor, sanga mavzui shior o‘lsun... Orazing, yor, sanga mavzui shior o‘lsun, Qomating diyorimda mavsumi bahor o‘lsun. Forsiy guftam abro‘i tu, gar so‘zlasam qoshing, Bog‘ aro ikki rasta gulu sabzavor o‘lsun. Turkey aytganim ko‘zing, forsiy – chashmi ohuvor, Kechalarda yuzingga termulub xummor o‘lsun. Novakest mujgonat, forsiy agar go‘yam, Gulshanimda girdogird soqchidek qator o‘lsun. Yuzlaringni tavsifin garchi so‘zlasam, yorim, Bog‘ aro zanaxdonim olmau anor o‘lsun. Forsii ba dandonat alqiyos agar oram, Ar guloyingda sheroza bobi e’tibor o‘lsun. Qo‘llaringda sochimning torini sanab boqding, Soli umri Barnora zulmat oshkor o‘lsun. Qalam tekkizma qoshingga, buzilmasun bu xat... Qalam tekkizma qoshingga, buzilmasun bu xat, Falakdin oy misoli uzilmasun bu xat. Ikki chiziqda mujassam yosin ayladi pay, Bu ikki mast qo‘yilmay tuzilmasun bu xat. Qo‘shingni ko‘rsatib oyg‘a, xijolat etma ani, Yuzingda doira shakli so‘zilmasun bu xat. Yuzungga boqsam o‘qurman mashaf oyatini, Ilohi ishqim o‘tidek qo‘zilmasun bu xat. Mujgon o‘qi hamisha qoshinggadur mahram, Qiyomat o‘lg‘ucha hargiz to‘zilmasun bu xat. Toq uzra tut hamisha ikki qamar yang‘lig‘, Jahon nuri yog‘urmish ezilmasun bu xat. “Val-layli val-qamar” oyat yozar ermish Barno, Xurufi oyat uzra birdek tizilmasun bu xat. Yo falak hargiz meni dardimga darmon aylams... Yo falak hargiz meni dardimga darmon aylams, Yo tabibi xoziqimni hech qadrdon aylams, Mushkulim ko‘pdur, aqalli birin oson aylamas, Orzuyim borasida hargiz imkon aylams, Manga himmat ilgidin bir yo‘la ehson aylamas. Dod deb qichqirg‘animg‘a rahm etmaydi falak, Ishq sirrin o‘ylamakdin qong‘a to‘ldi bu yurak, Er ostonig‘a yetmoqlig‘in dil aylar tilak, Shum raqiblar dastidin yo‘l izlab o‘tmoqlik kerak, Bu tilakning borasida fikr chandon aylamas. Subhi o‘lmaydi tunim, hargiz yorishmas bunda shom, Bu habashni lashkari oshiqdin olur intiqom, Saf tuzib kuz manzarida, qo‘lida tig‘i nayyom, Telmurub yig‘lab turarman, tashnaman, qo‘limda jom, Xovari tun lashkarini nestu yakson aylamas. Sho‘r baxtimg‘a azizim yuzni pinhon ayladi, Va’da qildiyu visolin, bag‘rimi qon ayladi, Yig‘latib ishqida ko‘zdin abri nayson ayladi, Oxiri bus hum raqibin qasdi bir jon ayladi, Hech ma’shuqa oshiqini bo‘yla sarson aylamas. Emdi yorim rahm etib, qiniga solsun tig‘ini, Nogahon bir zarb ila qirqmay muhabbat bixini, Adl birla o‘zi bersun shum raqib ta’zirini, Shodmon o‘lg‘um, yo‘qotg‘um, qayg‘u birla yig‘ini, Bu vafoni dilbarimdin o‘zga sulton aylamas. Bu muammo qay kuni hal bo‘lg‘usi, bilmam hanuz, Ishq g‘olib bo‘lmog‘I, zulm ketgusi, bilmam hanuz, Pardayi ismat oxir yirtilg‘usi, bilmam hanuz, Oy ham o‘zdin niqobin olg‘usi bilmam hanuz, Naylayin bu matlabim xurshidi tobon aylamas. Charxi kajrav to‘g‘ri yursun bu g‘arib Barno uchun, To‘g‘ri yo‘llar nomin aytsun axtarib Barno uchun, Baxt qonuni yozilsun o‘zgarib, Barno uchun, Ishq vasli ham bo‘ladur anqarib Barno uchun, Bu niyatni emdi Barno hech pinhon aylamas. — Source: https://wikisource.org (works of Dilshod Otin). Downloaded from uzbekai.com.