Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz... Dilshod Otin Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz, Bir osoyish zamonni chorlaylik boz. Diyorimizni ta’rif aylamakka Hamma maqsadni birga aylaylik soz. Qo‘shiqni Nodira she’rig‘a bog‘lab, Bo‘layluk sozig‘a bizlar hamovoz. Uvaysiy birla Mahzuna qoshida Turaylukluk suhbat aylab birga damsoz. G‘azallar pardasini har qanoti, Hayotlik ko‘nglimizda etsa parvoz. Kimiki misli ma’dan ersa rangin, G‘azallar husni ermas, balki pardoz. Jamoli misra asli ersa, Barno, O‘qug‘an odam aylar oncha e’zoz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Keling%2C_qizlar%2C_chalaylik_daf_ila_soz.... Downloaded from uzbekai.com.