Orazing, yor, sanga mavzui shior o‘lsun... Dilshod Otin Orazing, yor, sanga mavzui shior o‘lsun, Qomating diyorimda mavsumi bahor o‘lsun. Forsiy guftam abro‘i tu, gar so‘zlasam qoshing, Bog‘ aro ikki rasta gulu sabzavor o‘lsun. Turkey aytganim ko‘zing, forsiy – chashmi ohuvor, Kechalarda yuzingga termulub xummor o‘lsun. Novakest mujgonat, forsiy agar go‘yam, Gulshanimda girdogird soqchidek qator o‘lsun. Yuzlaringni tavsifin garchi so‘zlasam, yorim, Bog‘ aro zanaxdonim olmau anor o‘lsun. Forsii ba dandonat alqiyos agar oram, Ar guloyingda sheroza bobi e’tibor o‘lsun. Qo‘llaringda sochimning torini sanab boqding, Soli umri Barnora zulmat oshkor o‘lsun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Orazing%2C_yor%2C_sanga_mavzui_shior_o%E2%80%98lsun.... Downloaded from uzbekai.com.