G‘amimga bois ul oshubi davron bo‘ldi o‘xshaydur... Do’iy G‘amimga bois ul oshubi davron bo‘ldi o‘xshaydur, Manga hajrida baytul-ehzon bo‘ldi o‘xshaydur. Bo‘lur afzun damo-dam shiddati za’fim firoq ichra, Gumonim buki bag‘rim barchasi qon bo‘ldi o‘xshaydur. Sarafroz aylab erdi vasl etib va’da qo‘lin, vahkim, Musoid bo‘lmayin baxtim pushaymon bo‘ldi o‘xshaydur. Jafou javru yori ta’nai ag‘yor toshidin Buzuq ko‘nglum binosi yerga yakson bo‘ldi o‘xshaydur. Agar chandiki pomoli havodis bo‘lmisham, lekin Ne g‘amkim vaqti lutfu zilli subhon bo‘ldi o‘xshaydur. Xirad har chand man’i ishq etar, ammo netaykim ul Meni bechorag‘a taqdiri yazdon bo‘ldi o‘xshaydur. Ne jur’at birla lofi ishq urar Doiy bilolmamkim, Magar savdo bila xotir parishon bo‘ldi o‘xshaydur. — Source: https://wikisource.org/wiki/G%E2%80%98amimga_bois_ul_oshubi_davron_bo%E2%80%98ldi_o%E2%80%98xshaydur.... Downloaded from uzbekai.com.