Men ul dildora uchrashgan zamonda... Do’iy Men ul dildora uchrashgan zamonda Dedim: sendek go‘zal yo‘qdur jahonda. Dedi: ko‘pdur go‘zal olamda, lekin Meningdek mehribon yo‘q hech makonda Dedim: bir bo‘sa etkil mehribonliq, Dedi: zar, bo‘sa sizga osmonda. Bilib ketti mening pulsizlig‘imni, Qo‘yub bazm ahlini o‘tlug‘ fig‘onda. O‘shul ra’no go‘zaldur, pultalabdur, Borur ko‘rsatsalar zar har qayonda. Jahon ra’nolaridin tut qanora, Bo‘lur ne istasang amnu amonda. Evur yuz, Doiyo, yaxshi yamondin, Tavakkul qil hama yaxshi, yamonda. — Source: https://wikisource.org/wiki/Men_ul_dildora_uchrashgan_zamonda.... Downloaded from uzbekai.com.