Ne adovat erdi bu, ey charxi davvor, aylading... Do’iy Ne adovat erdi bu, ey charxi davvor, aylading, Kiynalar bechoralarg‘a har dam izhor aylading, Sofdil mo‘min anisimdin judo aylab meni, Behayo xotir mukaddarlarg‘a duchor aylading. Bag‘ri biryonlar bila erdim musohib necha yil, Ko‘ngli to‘q, bag‘ri butunlarg‘a meni yor aylading. Bir pari yanglig‘ mujassam ruh yorimdin judo Aylading, hayvon sifat yora giriftor aylading. Aylamas erdim balandu pasti olamni tamiz, Tolibi joh aylading, xush xona bardor aylading Ishq ahliga egarmak erdi maqsudim davom, Sen mute’i bir parital’at sabuksor aylading. Charx ham, Doiy, seningdek bandai bechoradur, Ne uchun ondin gila, ey og‘zi bekor, aylading. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ne_adovat_erdi_bu%2C_ey_charxi_davvor%2C_aylading.... Downloaded from uzbekai.com.