Nigoro, ne bo‘lur kelsang, talattuf ko‘rsotib... Do’iy Dedim: nigoro, ne bo‘lur kelsang, talattuf ko‘rsotib, Dedi: kelurman yig‘lamay tursang, o‘zingni to‘xtotib. Dedimki: la’ling sharbatin umrim o‘tur bir totmadim, Dedi: to‘ya ichgung ani xunobai hijron qotib. Dedimki: faryodim sanga ta’sir qilmas ne uchun? Dediki: bo‘lmas hechgah xoro toshini yumshotib. Dedimki: noz uyqusidin jodu ko‘zing uyg‘onmadi, Dediki: jodu fitnasin ne qilg‘ingizdur uyg‘otib? Dedim: ko‘rarmanmu ekan oydek yuzingni behijob, Dedi: ko‘rarsen qilmasam pinhon, sochimni butrotib. Dedimki: Doiy vasliga yetmakni aylar orzu, Dedi: olib kelsun hama amvolu amlokin sotib. — Source: https://wikisource.org/wiki/Nigoro%2C_ne_bo%E2%80%98lur_kelsang%2C_talattuf_ko%E2%80%98rsotib.... Downloaded from uzbekai.com.