Shukrkim, o‘z ilgi birla bizni dildor o‘lturur... Do’iy Shukrkim, o‘z ilgi birla bizni dildor o‘lturur, O‘lmas ul mushtoqkim oni sevar yor o‘lturur. Yuz tiriklik lazzatin topgay ushul bechorakim, Xanjari abro‘ bila ul chashmi xunxor o‘lturur. Sharbati yuhyil-izomi birla tirguzgay oni, Sarv qaddu mahliqo la’li shakarbor o‘lturur. Yuz tuman mehnat ko‘rub yetsa muroda bir kishn, Rashk etib darhol ani charxi sitamkor o‘lturur. Mushkil ermish. ishqning kitmoni ham, izhori ham, Birida g‘am, birisida ul dilozor o‘lturur. Xayriyat andeshdin bermas zamon ahli xabar, Yaxshi fikr etgan kishini bilki ashror o‘lturur. Yor ko‘yida bo‘libdur yorlar g‘addorlar, Xavf etar Doiy oni bir yori g‘addor o‘lturur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Shukrkim%2C_o%E2%80%98z_ilgi_birla_bizni_dildor_o%E2%80%98lturur.... Downloaded from uzbekai.com.