Ey sabo, kel bog‘ aro ko‘rgan tamoshodin gapur... Fazliy Ey sabo, kel bog‘ aro ko‘rgan tamoshodin gapur, Sarv ila guldin dema, ul sarvi ra’nodin gapur. Pistavu bodomdin dam urmag‘il, ey bog‘bon, Ul labi xandondin aytib, chashmi shahlodin gapur. Topsang, ey shaydo ko‘ngul, nogah ani ko‘yig‘a yo‘l, Ul pari olida bu Majnuni rasvodin gapur. Yor zulfidin girih ochmoq hunardur, ey nasim, Nuktadonlar ichra bu mushkil muammodin gapur. Zuhd ta’rifini qil zohidg‘a bo‘lsang hamnishin, Rindlar bazmida sog‘ar birla minodin gapur. Xudnamolikdin mukaddardur ko‘ngul, ey mayfurush, Urma dam oyinadin, jomi musaffodin gapur. Ey mudarris, ishq darsini ramuzidur daqiq, Muxtasar qil ushbu so‘zni «Sharhi mullo»din gapur. So‘zla ey Fazliy, Umar sulton shukuhi adlidin, Men qachon aydim Skandar birla Dorodin gapur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_sabo%2C_kel_bog%E2%80%98_aro_ko%E2%80%98rgan_tamoshodin_gapur.... Downloaded from uzbekai.com.