Gul chog‘i xushdur qilib sayri guliston o‘ynamoq... Fazliy Gul chog‘i xushdur qilib sayri guliston o‘ynamoq, Yor ila gulshanda sarmastu xiromon o‘ynamoq. Yor la’li birla o‘ynab bo‘lmas, ey shaydo ko‘ngul, Bas degil insof ila osonmudur jon o‘ynamoq. Turfa sarkashdur samandi noz surma tund ani, Kim anga odat erur qilg‘onda javlon o‘ynamoq, Halqai zulfungga chindur ko‘ngul o‘ynab berganim. Yo‘qsa ishq oyinida bordurmu yolg‘on o‘ynamoq, Bok emas gar tarqasa ashkim yuzum atrofina, Yoshlarg‘a rasmdur haryon parishon o‘ynamoq. Keldi yoding ko‘ngluma ashkim yugurdi har taraf, Tiflg‘a odat erur kelganda mehmon o‘ynamoq. Ey ko‘ngul, vayronalig‘lar birla xush tut xotirin, Gar sening birla tilar ul tifli nodon o‘ynamoq. Ishq osondur va lek jon o‘ynamoq dushvor erur Bulhavas ham o‘ynar erdi bo‘lsa oson o‘ynamoq. O‘ynag‘il Fazliy vafo nardin qurub jon naqdini Gar tilar bo‘lsa saningla tab’i jonon o‘ynamoq. — Source: https://wikisource.org/wiki/Gul_chog%E2%80%98i_xushdur_qilib_sayri_guliston_o%E2%80%98ynamoq.... Downloaded from uzbekai.com.