Ohista-ohista Furqat Vafo aylab yiroqdin oshkor ohista-ohista, Bir ishqim aylading, jono, hazor ohista-ohista. Na yaxshi marhamatlar aylamishsan nomada izhor; «Muhabbat rasmi qilg‘il» deb shior ohista-ohista. Jadal birla kishi maqsudig‘a yetgan emas, ore, Bo‘lur vaqti bilan har nav’ kor ohista-ohista. Nechuk toqat qilaykim, bora-bora zo‘r etib ishqing, Ko‘nguldin oldi sabr ila qaror ohista-ohista. Berib taskin ko‘ngulg‘a: vasliga bir kun yetarman deb O‘zimni o‘rgatay hajringga, yor, ohista-ohista. Parishon o‘lmayin to xotiringni jam’i qil, jono, So‘rab holimni xat birlan biror ohista-ohista. Nechuk osoyish aylay, ey ko‘ngul oromikim, sensiz Bo‘lub borur jahon ko‘zimg‘a tor ohista-ohista. O‘shal kun bir ko‘rib qolganda qilgan novaki g‘amzang Hanuz aylab kelur ko‘ksim figor ohista-ohista. Visoling bodasidin qilmasang shodob Furqatni, Xabar aylar ani hajru xumor ohista-ohista. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ohista-ohista. Downloaded from uzbekai.com.