Gadoiy Gadoiy Agar qilsam shakkar irnindin savol... Agar qilsam shakkar irnindin savol Men Gadog’a Lutfiy birla kelma der. Chun borur bo’lsam yovuqroq qoshig’a Shum raqibi behaqiqat kelma der. Ayo sultoni dorul-mulki ofoq... Ayo sultoni dorul-mulki ofoq, Erur diydoringa jon asru mushtoq. Tabibim,kel mening dardi dilimg’a, Iloje qilki, bo’ldi toqatim toq. Firoq og’usidin bori ne g’amdur, Visolingdin agar topilsa taryoq. Qazo me’morining hech ko’rgani yo’q Iki qoshing kibi ham juftu ham toq. Gado sori inoyat ko’zi birla, Qaro ko’zum, ne bo’ldi bir qiyo boq. Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas... Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas, Sening lutfung mango bo’lmasa bo’lmas. Bu turluk husnu lutfu shevalarg’a, Sanga jonim fido bo’lmasa bo’lmas. Soching zanjirina devona ko’nglum Qarorib, mubtalo bo’lmasa bo’lmas. Bu o’tkim, soldi jong’a nor yangoqing, Zulol iring davo bo’lmasa bo’lmas. Shifo uchun eshiking tuprog’indin Ko’zumga to’tiyo bo’lmasa bo’lmas. «Jafolar hadtin oshti», desam aytur: «Latiflardin jafo bo’lmasa bo’lmas». Seningdek shohiing ostonasinda, Meningdek bir Gado bo’lmasa bo’lmas. Buti siyminbarim, bizni unutma... Buti siyminbarim, bizni unutma, Dudoqi shakarim, bizni unutma. Falakka yetti ohimning tutuni, Ayo mahpaykarim, bizni unutma. Chu toroj aylading jon-u ko‘ngilni, Ko‘zi g‘oratgarim, bizni unutma. Sevar jonim, begim, xonim, umidim, Azizim, dilbarim, bizni unutma. Gado qonin jafo birla shu to‘ktung, Qaroqi kofarim, bizni unutma. Ey g’amzasi fitna, ko’zi fatton, o’zi ofat... Ey g’amzasi fitna, ko’zi fatton, o’zi ofat rahm ayla bu jona, Xatm o’ldi sanga saltanati mulki latofat, ey shohi yagona. Shaksiz, bu yurak qonina parvarda bo’lubtur, ul la’li ravonbaxsh. Paydou muayyandur, ayo koni zarofat, ko’p qilma bahona. Chun qolmas emish nomu nishoni sitamu javr, bedod nedindur, Dod ayla, begim, kim o’tadur davri xilofat, ush kechti zamona. Otqonda ko’zung novaki dildo’zni har yon, ey sho’xi jafokish. Xar necha bor erdi orada bu’di masofat, jon erdi nishona. Jondin ramaqe qoldi Gadoning badaninda, ey ruhi mujassam, Shirin dudoqingdin qadari qilg’in izofat, tirg’uz ani yona. Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga... Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga, Vodiyi hijron ichinda o’zga ne g’amdur sanga. Alhaq ushbu lutfi xulq-u husni istig’no bila, Kishvari ko’rk ichra sultonlig musallamdur sanga. Ul ko’zi o’tluqni sevdung o’z hadingni bilmayin, Ishq o’ti har necha kuydursa, hanuz kamdur sanga. Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg’a degin Kim, nechuk bodi sabo hamroz-u hamdamdur sanga. Ayb emastur gar parishonsen dog’i oshuftahol, Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga. Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima... Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima, Sochi yaldo,orazi oy, ko’zlari cho’lponima. Tor og’izliq, ahdi yolg’on, sust paymon dilbarim, Tosh bag’irliq, rahmi yo’q, nomehribon sultonima. Qullug’imni arza qilg’in, dag’i andin so’ngra ayt – Kim, ayo koni jafo, qasd etting jonima. Halqayi zulfung tamannosig’a men kimmen, begim, Tinmag’ur ko’nglum, netay, kirmas mening farmonima. Tig’ingizdin yuz evurmaklik ne nisbattur, vale Fikrim andindurki, bas, nohaq kirarsiz qonima. Bo’ldi bir yon yurokim onlinda usruk ko’zung, Ayni istig’nosidin mayl etmadi bir yonima. Garchi yuz ming dardu hasrat birla o’ldi bu Gado, Umri davlat mustadom o’lsun mening sultonima. Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog... Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog’, Tal’ating ko’rgan kishiga jumla olamdin farog’. Muddatedurkim, ketibdur mendin ovora ko’ngul, Bir salosilda asir ermish, bu kun toptim so’rog’. Xush yaroshur sunbulung ul bargi nasrin ustina, Safhai moh uzra go’yokim tushubtur parri zog’. Kuyganimni bexabar parvonadek ayb etmakim, Ul dudoqing uzra tushkan xol erur jonimg’a dog’. Bu Gadog’a chun muyassardur yuzung nazzorasi, Naylasun azmi gulistonu netar gulgashti bog’. Ey, latofat ma’danining gavhari yakdonasi... Ey, latofat ma’danining gavhari yakdonasi, Tal’atingdur jon charog’i, mehru mah parvonasi. Ne salosildur soching zanjiri, ey rashki pari — Kim, kishi ko’rgach bo’lur oshuftavu devonasi. Barcha ashkoling zarofat bog’ida marg’ub erur, Ey xush ul jonkim, sen o’lg’aysan aning jononasi. Bodaning usrukligidin hech kishi topmas nishon, Lablaring davrinda to’ldi go’yyo paymonasi. Bartaraf qil, nosiho, taqviyni, ko’p lof etmakim, Bemuhobo ozg’urur shul g’amzayi mastonasi. Tirgizur, hosil, o’lukni ul qadi ra’no bila, Yo’l yururda, olloh-olloh, shevayi rindonasi. To ul afsungar sifotindin bitidi shammayi, Jumlayi olamni tutti bu Gado afsonasi. Garchi, shoho, durri serob o’zini... Garchi, shoho, durri serob o’zini Qildi nisbat so’zunga bilmay yaroq. O’z kamoling birla jurmini kechur, Tobg’ung-da chunki tutti qo’shquloq. Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q... Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q, Qilursen rahm bu ko’nglumga, yo yo’q. Jahonda garchi yuz ming fitnalar bor, Firoqingdek vale ayni balo yo’q. Nigoro, xasta ko’nglumning haqinda Jafo kam qilma bori, gar vafo yo’q. Visolingni menga gar hayf ko’rsang, Ko’z uchidin dog’i bir marhabo yo’q. Ko’ngulnung dardina, ey joni shirin, Zulol iringdin o’zga hech davo yo’q. Ko’ngulni kimga bog’lay chun jahonda, Seningdek ko’rk ichinda dilrabo yo’q. Agar sen husn elining xonidursen, Jahonda dog’i mendek bir Gado yo’q. Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido... Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido, Chun qazodin mundoq ermish hukmu farmon, alvido. Davlatingdin xush kechurdum muddate umri aziz, Habbazo, ul komu, zavqu, ayshu, javlon, alvido. Bas sudo’ erdi fig’onimdin ulusqa, ey begim, Mushkul ishni qildim oxir elga oson, alvido. Jo’yi Navnung suyi ermish obi kavsar shaksizin, Ravzayi rizvondag’i Bog’i Xiyovon, alvido. Ey darig’okim, tag’oful birla kechti muncha umr, Bilmadim qadri Shimolu Bog’i Zog’on, alvido. Nechakim qonimdin ichti suv niholi qomating, Topmadim sendin bar, ey sarvi xiromon, alvido. Gar Gado bordi iliktin, bok emas, sen yaxshi qol, Komronliq birla, ey sultoni xo’bon, alvido. Ko’nglum olib saqlamassen, yor mundoqmu bo’lur... Ko’nglum olib saqlamassen, yor mundoqmu bo’lur, Ey ko’zi kofir, sochi zunnor, mundoqmu bo’lur? Ul tor og’zing har qachonkim noz ila so’z boshlasa, Bir balodur hosilan, guftor mundoqmu bo’lur? Bu yurush birla qiyomatlar qo’pording dunyoda, Ey pari yuzluk begim, raftor mundoqmu bo’lur? O’z xatosindin agar lof ursa zulfung birla mushk, Chin emastur bu xato, totor mundoqmu bo’lur? Bir suchuk so’z birla o’lturdung Gadoni oqibat, Ey jafochi sho’xi shirinkor, mundoqmu bo’lur? Ko’zungkim dam-badam yuz ming tuman turluk qiron aylar... Ko’zungkim dam-badam yuz ming tuman turluk qiron aylar, Qomuq zarroti olamni o’zitek notavon aylar. Magar topqay nishoni nogahon la’lingning ollinda, Ko’zum yosh elchisin har damda yuz sori ravon aylar. Ajab ayyori purfandur sening jodu qarog’ingkim, Zamone yuz ko’ngul berur, zamone qasdi jon aylar. Mening bu o’tluq ohimdin falakning bag’ri suv bo’ldi, Demassen borikim, bu ne faryodu (ne) fig’on aylar. Munavvar tal’ating, ey jon, niqobi zulf arosinda Quyoshdurkim, o’ziga mushki tardin soyabon aylar. Ko’zung har bir qiyo boqsa, xaloyiqni qirar g’amzang, Musulmonlikdin ermas buki, nohaq muncha qon aylar. Ko’zung ul qoshi yosindin qachonkim o’q otar bo’lsa, Qomuq xokilarindin bu Gadoni – o’q nishon aylar. Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat... Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat, Tishingtek durri marjon, hay, ne nisbat. Quyoshg’a ya’ni nisbat qilmish o’lsam Seni, ey shohi xo’bon, hay, ne nisbat. Sahi sarvi qading birla teng o’lg’ay Niholi bog’i rizvon, hay, ne nisbat. Bu ko’nglum ishqida, hoshoki bo’lgay Jafo birla pushaymon, hay, ne nisbat. Labingdur xasta ko’nglumning davosi, Bu darda o’zga darmon, hay, ne nisbat. Maozallahki, shirinliq talashqay Nabot iring bila jon, hay, ne nisbat. Gado ko’nglinda, tor og’zingdin o’zga, Topilg’ay zarra armon, hay, ne nisbat. Mundayn vasling keturdi tun kecha payt sabuh... Mundayn vasling keturdi tun kecha payt sabuh, Maqdamidin topdi jon yuz ming tuman bargi futuh. Oy yuzung vasfinda ne taqrib erur so’z so’zlamak — Kim, quyosh mohiyatini hojat ermastur shuruh. Sunbuling tutquncha,ne javru jafokim chekmadim, Sabri Ayyub ettim, ammo toptim oxir umri Nuh. Zarra armon qolmag’ay o’lsam, tirilsam dunyoda, Bir kecha gar dast bersa vasling, ey jon, to sabuh. Sendin ayru bir zamon mushkil tirik qolg’ay Gado, Chun anga doim zulol iringdin erur quti ruh. Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana... Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana, Bu ko’ngilning ilkidin jong’a, balo bo’ldi yana. Do’sttin oyirdi bu charxi jafogustar yana, Ey darig’o, hojati dushman ravo bo’ldi yana. Necha bo’lsun, soqiyo, oxir g’ubori xotirim, Tut mayi sofiyki, hangomi safo bo’ldi yana. Xushdurur oyo pari paykar bila gulkashtkim Bo’ston-u bog’i Eramtek, dilkusho bo’ldi yana. Oh evindin qo’ymas erdin chiqqali, ey shum raqib, Shukrlillah, borikim, yuzung qaro bo’ldi yana. Chini zulfindin dam urmog’liq ne nisbat, ey abir, Bu kinoyat bori sendin, bas, xato bo’ldi yana. Shod bo’lg’il, ey Gadokim, mavsumi navro’zidin, Gulbuni ummid bobarg-u navo bo’ldi yana. Ohu vovayloki, dilbar jonuma rahm aylamas... Ohu vovayloki, dilbar jonuma rahm aylamas, Va’da birla shod etar ko’nglum yana rahm aylamas. Desam, ey jon, ne balo berahm erur fatton ko’zung, Ayb emas, ayni balodur, der, balo rahm aylamas. Hajr tuni gar xalos etsa meni g’amdin ajal, Men rizomen jon ila, ammo qazo rahm aylamas. Tortadur miskin ko’ngul «hubbul-vatan» sori, va lek Naylasun, netsunkim, ul zulfi duto rahm aylamas. Gar falakka yetsa ohim bo’lmag’ay chandon yiroq, Chun meni ul ko’zi cho’lpon mahliqo rahm aylamas. Oy yuzungdin xisravi xovar xijolatlar topar, O’z qulig’a, ko’rkim, ul turki xito rahm aylamas. Chun Gado haddini bilmay sevdi o’z sultonini, Ya’lamulloh, joyi uldurkim, anga rahm aylamas. Sen ne ofatsen jahonda, ey buti jodu qaroq... Sen ne ofatsen jahonda, ey buti jodu qaroq — Kim, ulusni kuydurursen ol ila boshtin ayoq. G’oyati behudlug’umdin anglamasmen, munchakim, Ul naboti Misr erur, yo obi hayvon, yo dudoq. Toqatim borincha sabr ettim firoqingda, vale. Choraye qilg’inkim, asru hadtin oshti ishtiyoq. Farz emasturkim, o’q otar bo’lsang ul qoshi yosindin, Jumlai xokiylaringdin banda tushgaymen yiroq. Tilga kelmas bu Gado dardingdin, ey sulton, vale, Ohu vovaylokim, asru hadtin oshti ishtiyoq. Topmag’ay g’avvosi fikrat sen bekin... Topmag’ay g’avvosi fikrat sen bekin, Bahri husn ichra, begim, bir javhare. Zulfunga vobastamen bu shahrda Sensizin yo’qsa manga bir jav Hiri. Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen... Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen Ofoq ichinda tiyri malomatqa nishonmen. Usruk ko’zidur chun meni rasvo kiladurg’on, Ayb etmang, agar mo»takifi ko’yi mug’onmen. Yuz shukrkim, ul qoidai mehru vafoni Gar yor digar qildisa, men bori hamonmen. So’rsam labidinkim, ne malohat bo’lur ushbu, Aytur kishiga quti dilu quvvati jonmen. Dardokim, o’shul ohu qaroq vaslini topman, Tinmay nechakim it kibi har sori davonmen. La’ling g’amidin, voyki, jon ernima yetti, Daryoblag’il, yo’qsa adam sori ravonmen. Quldur bu Gado, netti begim, qovma eshiktin Har nechakim, oshuftau rasvoyi jahonmen. Ulki, ishq etti bahona bizni rasvo qilg’ali... Ulki, ishq etti bahona bizni rasvo qilg’ali, Qildi paydo ko’rk elin o’z sirrin ifsho qilg’ali. Mayl etar gah-gahki, bir rahm aylagay ahvolima, Husn istig’nosi qo’ymas yona parvo qilg’ali. Chin cherikini yasab, tuzub xitoyi ko’zlaring, Keldilar jonu ko’ngul mulkini yag’mo qilg’ali. Nosiho, “sabru madoro qil” deding ishq ichra, oh, Aqlu idroke kerak sabru madore qilg’ali. Har qachon gulgasht etar bo’lsang paritek bog’ aro, Kelsalar havro kerak kasbi tamosho qilg’ali. Ohuyi chin zulfung onlinda ne sotsun mushkini, G’amzang o’qi chun turubtur nofini vo qilg’ali. Va’dalar berdi dudog’ing, qani so’rmoq ayb emas, O’ftanurmen men bori, valloh, taqozo qilg’ali. Xasta ko’nglumni, begim, nortek yangoqing o’rtadi... Xasta ko’nglumni, begim, nortek yangoqing o’rtadi, Qolg’anin bir yili ul jodu qaroqing o’rtadi. Zulfu xolingdin shikoyat qilmon, ey jonu jahon — Kim, mening jonimni ul siymin saqoqing o’rtadi. Yuragim qon bo’ldiyu hech topmadim jon maqsadi, So’z bila oxir meni shirin dudog’ing o’rtadi. Kimga aytay dardu holimni, ne tadbir aylayin — Kim, meni boshtin-ayoq zolim firoqing o’rtadi. Ohu vovayloki, bu miskin Gadoni oqibat Hasratu g’am birla dardi ishtiyoqing o’rtadi. Xisravo, usruk ko’zungnung shavqidin... Xisravo, usruk ko’zungnung shavqidin Xush sujud aylar damo-dam qo’shquloq. Joyi uldurkim sanga xurshidu moh, Qulluq etgaylar tutubon qo’sh quloq. Yana begonasen, bori nechukdur... Yana begonasen, bori nechukdur? Vafodin yonasen, bori nechukdur? Qilib shart avvalu oxir pushaymon, So’zungdin tonasen, bori nechukdur? Vafo xud yo’q, vale javru jafog’a Base mardonasen, bori nechukdur? Raqiblardin haroson erding avval, Yana begonasen, bori nechukdur? Gadoni shuncha aqlu fahmi birla, Deding: «Devonasen», bori nechukdur? Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo... Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo, Ey nasimi ruhparvar, hayra maqdam, marhabo. Emdi xushtur (moh) paykarlar bila gulgashtkim, Bog‘i rizvontek chaman bo‘ldi latif-u jonfizo. Uch munungtek faslda men vasli dilbardin yiroq, Asr-u zulm o‘lg‘ay, ilohiy, tutmasun tengri ravo. Garchi bor erdi burun andak g‘ubori xotirim, Shukrlillahkim, muyassar bo‘ldi anvoyi safo. Xoh o‘ltur, xoh tirguz, ixtiyor ilgingdadur, Ul sening noz-u itobingga mening jonim fido. Husn ichinda qudrati yazdoni sen-sen, yo habib, Bu davrinda xo‘blar xoni sen-sen, yo habib. Ul labi jonbaxshni ko‘rgañh ravone angladim- Kim, jarohatliq ko‘ngil darmone sen-sen, yo habib. Sen parivash hurni el-odam o‘g‘li sog‘inur, Bilmayinkim, odamiylar joni sen-sen, yo habib. Olloh-olloh, bu malomatkim, zulol erningdadir, Xizrning sarchashmayi hayvoni sen-sen, yo habib. Kufri zulfingga gar iqror ayladi miskin Gado, Bok emas chun ravnaqi iymoni sen-sen, yo habib. Yangoqing ravzai rizvondin ortuq... Yangoqing ravzai rizvondin ortuq, Dudoqung chashmai hayvondin ortuq. Qamar davrinda Misri husn ichinda, Azizim Yusufi Kan’ondin ortuq. Firoq o’tina xud jon o’rtanibtur, Nedur deb kuydurursen andin ortuq Kerakliktur sanga jon deb so’rarsen, Keraktur jon, vale, sen andin ortuq. Gadoiy besh emastur, der raqibing, Gadodurmen, vale, sultondin ortuq. Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma... Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma, Ul ko’zlari nargis, guli xandondin ayirma. Bu baxti parishong’a, ayo kavkabi tole’, Rahm ayla, dog’i ul (guli) xandondin ayirma. Ey charxi sitamgar, meni sargashtani, zinhor Rahm ayla, dag’i ul mahi tobondin ayirma. Bu bandag’a har javru jafoyiki qilursen, Qilg’in, vale ul xisravi xo’bondin ayirma. Gar xasta Gado qonina nohaq kirar o’lsang, Jonindin ayirg’il, vale jonondin ayirma. Yoz fasli in bori bu lazzat-u ishrat bila... Yoz fasli in bori bu lazzat-u ishrat bila, Yolg‘uz men mubtalo dard-u g‘am-u mehnat bila. Xalq xush gulgasht etarlar g‘unchatek o‘ynab – kulub, Kunji mehnattur dag‘i, men yig‘la-yu hasrat bila. Yerga tushgay kul bo‘lib bu saqfi mino shaksizin, Subhidam gar oh urub, qilsam fig‘on riqqat bila. Hosil aytur: «Ul eshikda xorsen tuproqtek», Og‘zi -og‘zig‘a urung, so‘zlasun izzat bila. Ey raqib, oxir seni ovora qilg‘umdur, deding, To na yerga yetgaysen nahs bu niyat bila. Chun azaldin g‘ussa-yu g‘amdur nasibing, ey ko‘ngul, Ne ishing bordur jahonda, shodi-yu lazzat bila. Garchi hasrat birla o‘lturdung Gadoni xor-u zor, To qiyomat umr bersun haq sanga davlat bila. Zumrai ag’yordin hech g’am degul... Zumrai ag’yordin hech g’am degul, Gar kishiga o’z habibi yor esa. Gar qabuliyatqa qobil ko’rsangiz, Ush turubtur, jon sizingdur bor esa. — Source: https://wikisource.org (works of Gadoiy). Downloaded from uzbekai.com.