Ayo sultoni dorul-mulki ofoq... Gadoiy Ayo sultoni dorul-mulki ofoq, Erur diydoringa jon asru mushtoq. Tabibim,kel mening dardi dilimg’a, Iloje qilki, bo’ldi toqatim toq. Firoq og’usidin bori ne g’amdur, Visolingdin agar topilsa taryoq. Qazo me’morining hech ko’rgani yo’q Iki qoshing kibi ham juftu ham toq. Gado sori inoyat ko’zi birla, Qaro ko’zum, ne bo’ldi bir qiyo boq. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ayo_sultoni_dorul-mulki_ofoq.... Downloaded from uzbekai.com.