Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas... Gadoiy Begim, qulg’a ato bo’lmasa bo’lmas, Sening lutfung mango bo’lmasa bo’lmas. Bu turluk husnu lutfu shevalarg’a, Sanga jonim fido bo’lmasa bo’lmas. Soching zanjirina devona ko’nglum Qarorib, mubtalo bo’lmasa bo’lmas. Bu o’tkim, soldi jong’a nor yangoqing, Zulol iring davo bo’lmasa bo’lmas. Shifo uchun eshiking tuprog’indin Ko’zumga to’tiyo bo’lmasa bo’lmas. «Jafolar hadtin oshti», desam aytur: «Latiflardin jafo bo’lmasa bo’lmas». Seningdek shohiing ostonasinda, Meningdek bir Gado bo’lmasa bo’lmas. — Source: https://wikisource.org/wiki/Begim%2C_qulg%E2%80%99a_ato_bo%E2%80%99lmasa_bo%E2%80%99lmas.... Downloaded from uzbekai.com.