Buti siyminbarim, bizni unutma... Gadoiy Buti siyminbarim, bizni unutma, Dudoqi shakarim, bizni unutma. Falakka yetti ohimning tutuni, Ayo mahpaykarim, bizni unutma. Chu toroj aylading jon-u ko‘ngilni, Ko‘zi g‘oratgarim, bizni unutma. Sevar jonim, begim, xonim, umidim, Azizim, dilbarim, bizni unutma. Gado qonin jafo birla shu to‘ktung, Qaroqi kofarim, bizni unutma. — Source: https://wikisource.org/wiki/Buti_siyminbarim%2C_bizni_unutma.... Downloaded from uzbekai.com.