Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga... Gadoiy Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga, Vodiyi hijron ichinda o’zga ne g’amdur sanga. Alhaq ushbu lutfi xulq-u husni istig’no bila, Kishvari ko’rk ichra sultonlig musallamdur sanga. Ul ko’zi o’tluqni sevdung o’z hadingni bilmayin, Ishq o’ti har necha kuydursa, hanuz kamdur sanga. Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg’a degin Kim, nechuk bodi sabo hamroz-u hamdamdur sanga. Ayb emastur gar parishonsen dog’i oshuftahol, Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_ko%E2%80%99ngul%2C_dilbar_xayoli_chunki_hamdamdur_sanga.... Downloaded from uzbekai.com.