Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima... Gadoiy Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima, Sochi yaldo,orazi oy, ko’zlari cho’lponima. Tor og’izliq, ahdi yolg’on, sust paymon dilbarim, Tosh bag’irliq, rahmi yo’q, nomehribon sultonima. Qullug’imni arza qilg’in, dag’i andin so’ngra ayt – Kim, ayo koni jafo, qasd etting jonima. Halqayi zulfung tamannosig’a men kimmen, begim, Tinmag’ur ko’nglum, netay, kirmas mening farmonima. Tig’ingizdin yuz evurmaklik ne nisbattur, vale Fikrim andindurki, bas, nohaq kirarsiz qonima. Bo’ldi bir yon yurokim onlinda usruk ko’zung, Ayni istig’nosidin mayl etmadi bir yonima. Garchi yuz ming dardu hasrat birla o’ldi bu Gado, Umri davlat mustadom o’lsun mening sultonima. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_sabo_yetkur_salomimni_guli_xandonima.... Downloaded from uzbekai.com.