Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog... Gadoiy Ey soching yaldo, yuzung nuri tajallidin charog’, Tal’ating ko’rgan kishiga jumla olamdin farog’. Muddatedurkim, ketibdur mendin ovora ko’ngul, Bir salosilda asir ermish, bu kun toptim so’rog’. Xush yaroshur sunbulung ul bargi nasrin ustina, Safhai moh uzra go’yokim tushubtur parri zog’. Kuyganimni bexabar parvonadek ayb etmakim, Ul dudoqing uzra tushkan xol erur jonimg’a dog’. Bu Gadog’a chun muyassardur yuzung nazzorasi, Naylasun azmi gulistonu netar gulgashti bog’. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_soching_yaldo%2C_yuzung_nuri_tajallidin_charog.... Downloaded from uzbekai.com.