Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q... Gadoiy Iki qoshing kibi bir turfa yo yo’q, Qilursen rahm bu ko’nglumga, yo yo’q. Jahonda garchi yuz ming fitnalar bor, Firoqingdek vale ayni balo yo’q. Nigoro, xasta ko’nglumning haqinda Jafo kam qilma bori, gar vafo yo’q. Visolingni menga gar hayf ko’rsang, Ko’z uchidin dog’i bir marhabo yo’q. Ko’ngulnung dardina, ey joni shirin, Zulol iringdin o’zga hech davo yo’q. Ko’ngulni kimga bog’lay chun jahonda, Seningdek ko’rk ichinda dilrabo yo’q. Agar sen husn elining xonidursen, Jahonda dog’i mendek bir Gado yo’q. — Source: https://wikisource.org/wiki/Iki_qoshing_kibi_bir_turfa_yo_yo%E2%80%99q.... Downloaded from uzbekai.com.