Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido... Gadoiy Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido, Chun qazodin mundoq ermish hukmu farmon, alvido. Davlatingdin xush kechurdum muddate umri aziz, Habbazo, ul komu, zavqu, ayshu, javlon, alvido. Bas sudo’ erdi fig’onimdin ulusqa, ey begim, Mushkul ishni qildim oxir elga oson, alvido. Jo’yi Navnung suyi ermish obi kavsar shaksizin, Ravzayi rizvondag’i Bog’i Xiyovon, alvido. Ey darig’okim, tag’oful birla kechti muncha umr, Bilmadim qadri Shimolu Bog’i Zog’on, alvido. Nechakim qonimdin ichti suv niholi qomating, Topmadim sendin bar, ey sarvi xiromon, alvido. Gar Gado bordi iliktin, bok emas, sen yaxshi qol, Komronliq birla, ey sultoni xo’bon, alvido. — Source: https://wikisource.org/wiki/Komu_nokom_eshikingdin_kettim%2C_ey_jon%2C_alvido.... Downloaded from uzbekai.com.