Ko’nglum olib saqlamassen, yor mundoqmu bo’lur... Gadoiy Ko’nglum olib saqlamassen, yor mundoqmu bo’lur, Ey ko’zi kofir, sochi zunnor, mundoqmu bo’lur? Ul tor og’zing har qachonkim noz ila so’z boshlasa, Bir balodur hosilan, guftor mundoqmu bo’lur? Bu yurush birla qiyomatlar qo’pording dunyoda, Ey pari yuzluk begim, raftor mundoqmu bo’lur? O’z xatosindin agar lof ursa zulfung birla mushk, Chin emastur bu xato, totor mundoqmu bo’lur? Bir suchuk so’z birla o’lturdung Gadoni oqibat, Ey jafochi sho’xi shirinkor, mundoqmu bo’lur? — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99nglum_olib_saqlamassen%2C_yor_mundoqmu_bo%E2%80%99lur.... Downloaded from uzbekai.com.