Ko’zungkim dam-badam yuz ming tuman turluk qiron aylar... Gadoiy Ko’zungkim dam-badam yuz ming tuman turluk qiron aylar, Qomuq zarroti olamni o’zitek notavon aylar. Magar topqay nishoni nogahon la’lingning ollinda, Ko’zum yosh elchisin har damda yuz sori ravon aylar. Ajab ayyori purfandur sening jodu qarog’ingkim, Zamone yuz ko’ngul berur, zamone qasdi jon aylar. Mening bu o’tluq ohimdin falakning bag’ri suv bo’ldi, Demassen borikim, bu ne faryodu (ne) fig’on aylar. Munavvar tal’ating, ey jon, niqobi zulf arosinda Quyoshdurkim, o’ziga mushki tardin soyabon aylar. Ko’zung har bir qiyo boqsa, xaloyiqni qirar g’amzang, Musulmonlikdin ermas buki, nohaq muncha qon aylar. Ko’zung ul qoshi yosindin qachonkim o’q otar bo’lsa, Qomuq xokilarindin bu Gadoni – o’q nishon aylar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99zungkim_dam-badam_yuz_ming_tuman_turluk_qiron_aylar.... Downloaded from uzbekai.com.