Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat... Gadoiy Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat, Tishingtek durri marjon, hay, ne nisbat. Quyoshg’a ya’ni nisbat qilmish o’lsam Seni, ey shohi xo’bon, hay, ne nisbat. Sahi sarvi qading birla teng o’lg’ay Niholi bog’i rizvon, hay, ne nisbat. Bu ko’nglum ishqida, hoshoki bo’lgay Jafo birla pushaymon, hay, ne nisbat. Labingdur xasta ko’nglumning davosi, Bu darda o’zga darmon, hay, ne nisbat. Maozallahki, shirinliq talashqay Nabot iring bila jon, hay, ne nisbat. Gado ko’nglinda, tor og’zingdin o’zga, Topilg’ay zarra armon, hay, ne nisbat. — Source: https://wikisource.org/wiki/Labingdek_obi_hayvon%2C_hay%2C_ne_nisbat.... Downloaded from uzbekai.com.