Sen ne ofatsen jahonda, ey buti jodu qaroq... Gadoiy Sen ne ofatsen jahonda, ey buti jodu qaroq — Kim, ulusni kuydurursen ol ila boshtin ayoq. G’oyati behudlug’umdin anglamasmen, munchakim, Ul naboti Misr erur, yo obi hayvon, yo dudoq. Toqatim borincha sabr ettim firoqingda, vale. Choraye qilg’inkim, asru hadtin oshti ishtiyoq. Farz emasturkim, o’q otar bo’lsang ul qoshi yosindin, Jumlai xokiylaringdin banda tushgaymen yiroq. Tilga kelmas bu Gado dardingdin, ey sulton, vale, Ohu vovaylokim, asru hadtin oshti ishtiyoq. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sen_ne_ofatsen_jahonda%2C_ey_buti_jodu_qaroq.... Downloaded from uzbekai.com.