Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen... Gadoiy Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen Ofoq ichinda tiyri malomatqa nishonmen. Usruk ko’zidur chun meni rasvo kiladurg’on, Ayb etmang, agar mo»takifi ko’yi mug’onmen. Yuz shukrkim, ul qoidai mehru vafoni Gar yor digar qildisa, men bori hamonmen. So’rsam labidinkim, ne malohat bo’lur ushbu, Aytur kishiga quti dilu quvvati jonmen. Dardokim, o’shul ohu qaroq vaslini topman, Tinmay nechakim it kibi har sori davonmen. La’ling g’amidin, voyki, jon ernima yetti, Daryoblag’il, yo’qsa adam sori ravonmen. Quldur bu Gado, netti begim, qovma eshiktin Har nechakim, oshuftau rasvoyi jahonmen. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ul_oy_yuziga_mehr_ila_to_men_nigoronmen.... Downloaded from uzbekai.com.