Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo... Gadoiy Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo, Ey nasimi ruhparvar, hayra maqdam, marhabo. Emdi xushtur (moh) paykarlar bila gulgashtkim, Bog‘i rizvontek chaman bo‘ldi latif-u jonfizo. Uch munungtek faslda men vasli dilbardin yiroq, Asr-u zulm o‘lg‘ay, ilohiy, tutmasun tengri ravo. Garchi bor erdi burun andak g‘ubori xotirim, Shukrlillahkim, muyassar bo‘ldi anvoyi safo. Xoh o‘ltur, xoh tirguz, ixtiyor ilgingdadur, Ul sening noz-u itobingga mening jonim fido. Husn ichinda qudrati yazdoni sen-sen, yo habib, Bu davrinda xo‘blar xoni sen-sen, yo habib. Ul labi jonbaxshni ko‘rgañh ravone angladim- Kim, jarohatliq ko‘ngil darmone sen-sen, yo habib. Sen parivash hurni el-odam o‘g‘li sog‘inur, Bilmayinkim, odamiylar joni sen-sen, yo habib. Olloh-olloh, bu malomatkim, zulol erningdadir, Xizrning sarchashmayi hayvoni sen-sen, yo habib. Kufri zulfingga gar iqror ayladi miskin Gado, Bok emas chun ravnaqi iymoni sen-sen, yo habib. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yana_yoz_bo%E2%80%98ldi-yu%2C_topti_bo%E2%80%98ston_nash%E2%80%99u_namo.... Downloaded from uzbekai.com.