Yoz fasli in bori bu lazzat-u ishrat bila... Gadoiy Yoz fasli in bori bu lazzat-u ishrat bila, Yolg‘uz men mubtalo dard-u g‘am-u mehnat bila. Xalq xush gulgasht etarlar g‘unchatek o‘ynab – kulub, Kunji mehnattur dag‘i, men yig‘la-yu hasrat bila. Yerga tushgay kul bo‘lib bu saqfi mino shaksizin, Subhidam gar oh urub, qilsam fig‘on riqqat bila. Hosil aytur: «Ul eshikda xorsen tuproqtek», Og‘zi -og‘zig‘a urung, so‘zlasun izzat bila. Ey raqib, oxir seni ovora qilg‘umdur, deding, To na yerga yetgaysen nahs bu niyat bila. Chun azaldin g‘ussa-yu g‘amdur nasibing, ey ko‘ngul, Ne ishing bordur jahonda, shodi-yu lazzat bila. Garchi hasrat birla o‘lturdung Gadoni xor-u zor, To qiyomat umr bersun haq sanga davlat bila. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yoz_fasli_in_bori_bu_lazzat-u_ishrat_bila.... Downloaded from uzbekai.com.