G‘oziy G‘oziy Bog‘ aro yuzlanki to gulchehra ra’nolanmasun... Bog‘ aro yuzlanki to gulchehra ra’nolanmasun, Sabzasin pomol qil, ra’nosi zebolanmasun, Noz etib zulfing dag‘i sunbul mutarrolanmasun. Orazing ko‘rsat ko‘ngul, gulshan tamosholanmasun, Qomatingg‘a jilvai to‘bi tamannolanmasun. Dinu imon naqdi toroj aylamakdur mazhabi, Qatli om etmak erur (tarsolaringni) matlabi, Ne sababdin yaxshiliq nutqi Masiho mansabi, Bir nafasda yuz o‘lukka jon berar la’li labi, Ey quyosh, bergil xabar Iso masiholanmasun. Bir alifdur qomating, ey siym tan, jon ichrakim, Qon ichar yoqut la’ling, hajridin kon ichrakim, Tishlaringdin yo‘qtur oncha bahri ummon ichrakim, Och yuzingni bir tabassum qil guliston ichrakim, Gul yuzingu g‘uncha og‘zing birla da’volanmasun. Lablaring e’jozidur ahboba ruh omezliq, Xattu xolingni shiori mushku anbarrezliq Ko‘zlaringni shevasi nayrangu sehr angezliq Ey pari, qilg‘il takallum birla shakkarrezliq To ani to‘ti ko‘rub, oldingda go‘yolanmasun. Ey kiyik ko‘zlu, shakar so‘zlu, quyosh yuzlu nigor, Bo‘lsa ming jonim meni qilsam tasadduq jonivor, Yoshurub lutfin, g‘azab rasmini aylar oshkor, Maqsading gar qatlim ersa ayla pinhon zinhor, Zohir etma bu karam to xalq g‘avg‘olanmasun. Yor so‘rdi holi zori oshiqi jonbozini… Fosh etti cho‘x jafo aylab muhabbat rozini, Ko‘yida, ey ishq, onchun beqaror et G‘ozini, Hajr dashtida quyun yanglig‘ shikebolanmasun. Ey quyosh, subhi uzoring birla mag‘rur o‘lmag‘il... Ey quyosh, subhi uzoring birla mag‘rur o‘lmag‘il, Bir nafasda shom o‘lur, albatta masrur o‘lmag‘il. Tingla pandim, ey ko‘ngul, bo‘lma vafosizlarg‘a yor, Vora-vora zoru, kundin-kunga ranjur o‘lmag‘il. Bo‘lma komi nafs uchun har siflaning oldida past, Obro‘sizlik yukin chekmakka mazdur o‘lmag‘il. Masti iqbol o‘lma, idbori bila og‘ritma bosh, Totmag‘il bu bodani, zinhor maxmur o‘lmag‘il. Sham’ yanglig‘ mahfil oro bo‘lmag‘il, kuymak ishing, To muyassardur jahon ahlig‘a manzur o‘lmag‘il. Dog‘a qo‘y olmosdin marham, vale minnat bila Mubtaloyi dardi bedarmoni kofur o‘lmag‘il. G‘oziyo, no‘sh ayla mehnat jomidin zahrobi g‘am, Benavoyi sharbati chiniyu fag‘fur o‘lmag‘il. Fuzuliy g‘azaliga muxammas To yor ko‘yina men devona yetmisham, Bir muflisamki davlati xoqona yetmisham, Bir tashnaamki chashmai hayvona yetmisham, Jonlar verib sening kabi jonona yetmisham, Rahm aylakim yetancha sanga jona yetmisham. Jonimg‘a ming jafo edan hardam sipehri dun, Minoyi ayshu ishratimi etti vojgun, Mehnat yukini chekdi alif qaddim o‘ldi nun, Shukronai visolinga jon verdi tan bugun, Cho‘x dard chekmishamki bu darmona yetmisham. Bildimki charx tolibi aslu-nasab dagil, Afg‘onu nolishim hama dam besabab dagil, Ko‘nglum hamisha moyili zavqu-tarab dagil, Jonu dilim murodina yettim ajab dagil, Bir bandaamki dargohi sultona yetmisham. Soqiyi dahr, ichurdi banga zahri g‘am ezib, Kul bo‘ldi mehnating o‘tidin paykarim qizib, Dutti g‘amingni jon hama ahbobdin bezib, Mo‘ri muhaqqaramki sarosima cho‘l kezib, Nogoh borgohi Sulaymona yetmisham. Hajring tukonlaridin erur gulshani tanim, Kel sayri bog‘ aylagil, ey rashki gulshanim, Gulxan kulidur emdi mening johu maskanim, Bir bulbulamka gulshan o‘lubdur nishimanim, Yo to‘tiyamki bir shakaristona yetmisham. To kotibi qazo qalami qildi odimi, Etti ziyoda ishq elina e’tiqodimi, Rayhon xating ayladi ravshan savodimi, Davri falak muyassar edibdur murodimi, Go‘yoki tolibi guharam — kona yetmisham. Yo‘x shomi motamimg‘a bugun subhdam padid, Bog‘landi aysh qobusi paydo emas kalid, G‘oziy bo‘lurmu hech shaqi jahd ila said, Miskin Fuzuliyamki sanga dutmisham umid, Yo bir kamina qatrai ummona yetmisham. Jonimg‘a qilur hardam o‘shal turki dilozor... Jonimg‘a qilur hardam o‘shal turki dilozor. Ming javru jafoni, Bilmaz magar ul mahvashi bedodu sitamgar Oyini vafoni. Har sirri xafikim o‘la ifsho eda halqa Xoli labi la’ling, Ey shohi jahon, aylamag‘il mahrami asror Bu yuzi qaroni. Qoshina chekib o‘sma, olib ilgina xanjar Keldi g‘azab olud Ul sho‘x mening qatlima, ey vohidi qahhor, Qaytar bu baloni. Ne lutf ila manga davo qildi, ne marham, Berahm tabibim, Ko‘rdi meni ishqida ajab bekasu bemor, Ko‘ksimda yaroni. Yuz pand ila qaytib edi ishq yo‘lidin, Bu g‘amzada ko‘nglum, Ko‘rgach yuzini bo‘ldi taqi zoru giriftor Ul hurliqoni. Sarmast agar ko‘rsa buti bodakashimni Hargiz anga shak yo‘q, Darhol edar mayg‘a garav zohidi beor, Tasbihu ridoni. Ishqida bo‘lub zor, o‘lar holata yettim Ul mohvashimni, Tengri uchun, ey bodi sabo, ayla xabardor Etkur bu duoni. Laxti jigaru luqmai anduh damodam Har kechayu har kun O‘ldum g‘am ila, hech sanga qilmadim izhor Cho‘x bil bu g‘izoni. Holini ko‘rub goh tarahhum bila yod et Ranjuri g‘amingdur, Bu G‘oziyi bechorag‘a zulm aylama zinhor, Yod ayla xudoni. Manga raf’i g‘am etmaz sayri sahro, gashti gulshan ham... Manga raf’i g‘am etmaz sayri sahro, gashti gulshan ham, Ko‘rub ahvoli zorim do‘st hayron o‘ldi, dushman ham. Na deb oshiqliq etting tinglamay pandimni, ey ko‘ngul, O‘zung olam aro sharmanda bo‘lding, oqibat man ham. Tabibo, tiyra ko‘nglum zaxmidin ol marhamingnikim, Qarong‘u bo‘lsa uy darkordur nochor ravzan ham. Ko‘rub ahvoli zorimni, raqibo, kulma xolimg‘a, Seningdek men edim, bo‘lg‘il ilohi man kabi san ham. Qutuldim do‘stlarning pandidin, ag‘yor ta’nidin, Bihamdillah g‘amingdin ketdi jon orqasidin tan ham. Qoshida muddai maxzuz sen mahrum, ey G‘oziy, Munungdek yurganingdin yaxshidur albatta o‘lgan ham. Soqiyo, bo‘ldi gul ayyomi keturgil sahbo... Soqiyo, bo‘ldi gul ayyomi keturgil sahbo, Kim havo mo‘tadilu gulshan erur ruhfizo. G‘uncha xandonu chaman sabzu, bulut qatrafishon Bazm asbobini tuz bulbul o‘la nag‘ma saro. Bo‘lsa bir dilbari mayxorau, bir go‘shai bog‘, Bengzamaz hur ila firdavs, xudo shohid ango. Mundin ortuq na emish hashmati davlat anga kim, Ula bir mutribu, bir jomi, labo-lab mino. Ko‘z yumub, mast bo‘lub noz ila ul mahvash, Turki ash’or o‘qub, cholsa qo‘buz vovaylo. Boda ichmakdin o‘shal kim, bu mahal tavba qilur, Bexabar g‘uldurur, odam emasdir aslo. G‘oziyni mast ko‘rub yori bila zohid ham Ayladi mayg‘a garav subhau dastoru rido. Tarahhum aylamaz holimg‘a ul sho‘xi parizodim... Tarahhum aylamaz holimg‘a ul sho‘xi parizodim, Necha qulmen desam hargiz inonmaz sarvi ozodim. Menga xursandlig‘ mumkin emasdur aylamish go‘yo Qazo me’mori g‘am tufrog‘idin ta’miri bunyodim. Qiyo boqmay tutub ag‘yor ilkin sarvi noz o‘tti Tag‘oful mashrabim, zolim tabiat, qaddi shamshodim. Ajabdurkim aning berahm ko‘nglig‘a asar qilmaz, Falak minolarini ayladi simob faryodim. Manga, ey do‘stlar, taklifi sayri gulsiton etmang, Ochilmaz sayri gulzori eramda tab’i noshodim. Chekib tig‘i jafo el qonin ichmakdur ishi doim, Xudobezor, kofirkeshi shahroshubi jallodim. Ko‘ngul mulkini xayli noz ilan yag‘mo qilur hardam Qiyomat bexabar devona dushman do‘st bedodim. Qaroliq birla o‘tti ro‘zgorim zulfidin doim, Munavvar bo‘lmadi sham’i ruxidin zulmatobodim. Meni, ey G‘oziy, bu noqis shayxlarga yo‘qtur ixlosim. Muhabbat murshidim., dardu alamdur xatti irshodim. — Source: https://wikisource.org (works of G‘oziy). Downloaded from uzbekai.com.