Ey quyosh, subhi uzoring birla mag‘rur o‘lmag‘il... G‘oziy Ey quyosh, subhi uzoring birla mag‘rur o‘lmag‘il, Bir nafasda shom o‘lur, albatta masrur o‘lmag‘il. Tingla pandim, ey ko‘ngul, bo‘lma vafosizlarg‘a yor, Vora-vora zoru, kundin-kunga ranjur o‘lmag‘il. Bo‘lma komi nafs uchun har siflaning oldida past, Obro‘sizlik yukin chekmakka mazdur o‘lmag‘il. Masti iqbol o‘lma, idbori bila og‘ritma bosh, Totmag‘il bu bodani, zinhor maxmur o‘lmag‘il. Sham’ yanglig‘ mahfil oro bo‘lmag‘il, kuymak ishing, To muyassardur jahon ahlig‘a manzur o‘lmag‘il. Dog‘a qo‘y olmosdin marham, vale minnat bila Mubtaloyi dardi bedarmoni kofur o‘lmag‘il. G‘oziyo, no‘sh ayla mehnat jomidin zahrobi g‘am, Benavoyi sharbati chiniyu fag‘fur o‘lmag‘il. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_quyosh%2C_subhi_uzoring_birla_mag%E2%80%98rur_o%E2%80%98lmag%E2%80%98il.... Downloaded from uzbekai.com.