Jonimg‘a qilur hardam o‘shal turki dilozor... G‘oziy Jonimg‘a qilur hardam o‘shal turki dilozor. Ming javru jafoni, Bilmaz magar ul mahvashi bedodu sitamgar Oyini vafoni. Har sirri xafikim o‘la ifsho eda halqa Xoli labi la’ling, Ey shohi jahon, aylamag‘il mahrami asror Bu yuzi qaroni. Qoshina chekib o‘sma, olib ilgina xanjar Keldi g‘azab olud Ul sho‘x mening qatlima, ey vohidi qahhor, Qaytar bu baloni. Ne lutf ila manga davo qildi, ne marham, Berahm tabibim, Ko‘rdi meni ishqida ajab bekasu bemor, Ko‘ksimda yaroni. Yuz pand ila qaytib edi ishq yo‘lidin, Bu g‘amzada ko‘nglum, Ko‘rgach yuzini bo‘ldi taqi zoru giriftor Ul hurliqoni. Sarmast agar ko‘rsa buti bodakashimni Hargiz anga shak yo‘q, Darhol edar mayg‘a garav zohidi beor, Tasbihu ridoni. Ishqida bo‘lub zor, o‘lar holata yettim Ul mohvashimni, Tengri uchun, ey bodi sabo, ayla xabardor Etkur bu duoni. Laxti jigaru luqmai anduh damodam Har kechayu har kun O‘ldum g‘am ila, hech sanga qilmadim izhor Cho‘x bil bu g‘izoni. Holini ko‘rub goh tarahhum bila yod et Ranjuri g‘amingdur, Bu G‘oziyi bechorag‘a zulm aylama zinhor, Yod ayla xudoni. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jonimg%E2%80%98a_qilur_hardam_o%E2%80%98shal_turki_dilozor.... Downloaded from uzbekai.com.