Manga raf’i g‘am etmaz sayri sahro, gashti gulshan ham... G‘oziy Manga raf’i g‘am etmaz sayri sahro, gashti gulshan ham, Ko‘rub ahvoli zorim do‘st hayron o‘ldi, dushman ham. Na deb oshiqliq etting tinglamay pandimni, ey ko‘ngul, O‘zung olam aro sharmanda bo‘lding, oqibat man ham. Tabibo, tiyra ko‘nglum zaxmidin ol marhamingnikim, Qarong‘u bo‘lsa uy darkordur nochor ravzan ham. Ko‘rub ahvoli zorimni, raqibo, kulma xolimg‘a, Seningdek men edim, bo‘lg‘il ilohi man kabi san ham. Qutuldim do‘stlarning pandidin, ag‘yor ta’nidin, Bihamdillah g‘amingdin ketdi jon orqasidin tan ham. Qoshida muddai maxzuz sen mahrum, ey G‘oziy, Munungdek yurganingdin yaxshidur albatta o‘lgan ham. — Source: https://wikisource.org/wiki/Manga_raf%E2%80%99i_g%E2%80%98am_etmaz_sayri_sahro%2C_gashti_gulshan_ham.... Downloaded from uzbekai.com.