Kirib sayr etmagan ko‘nglida ko‘p armen ekan, gimnav... G‘urbat Kirib sayr etmagan ko‘nglida ko‘p armen ekan, gimnav Marizi bedavoni dardiga darmon ekan, gimnaz. Birinchidin qarab boqsang hama ta’dil arkonlig‘, Biron-bir mamlakatda misli yo‘q ayvon ekan, gimnaz. Ki ba’zi bachchalar sakkiz yoshidin o‘n birgacha bir xayl Adablik bachchalar to‘ti kabi xushxon ekan, gimnaz. Biri shnon tilinda, o‘zgasi har koriga mashg‘ul, Musulmon aqli qosirdur, hama arkon ekan, gimnaz. Zaboni rusiyani ba’zisi tahsil etar anda, Magarkim islondin avval ilson ekan, gimnaz. Lotin ham tahsil o‘lmishkim mudarris zeri hukminda, Fransuz lafzini kasb etgani farmon ekan, gimnaz. O‘turgan joylaridin tursa bo‘lmas ko‘rmayin ustoz, Alarg‘a lutfi haq odobidin bergon ekan, gimnaz. Urulsa qo‘ng‘iroq sabsim chiqarlar qut uchun darhol, Kirur vaqtida ham qo‘ng‘iroq bila turgon ekan, gimnaz. Ki shogirdlar chiqib ketgan so‘g‘in jumla mudarrislar Ajab suhbat qurub majlis ila maydon ekan, gimnaz. Hama darsxonada har xil zabonin tahsil etmishkim, Marotiblik muallimlar bo‘lur davron ekan, gimnaz, Muqorindur falakka, ya’ni ko‘p a’lo imoratlik Javohirlar asr bermish nechuk bitkon ekan, gimnaz. Agarda maktabiga kelmasa bayshidin taftish, Sabab kelmasligi bu deb javob aytkon ekan, gimnaz. Kezib man necha iqlim ko‘rmadim G‘urbat bayon etsam Magar ko‘rdim kelib Toshkentda bir dur kon ekan, gimnaz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Kirib_sayr_etmagan_ko%E2%80%98nglida_ko%E2%80%98p_armen_ekan%2C_gimnav.... Downloaded from uzbekai.com.