Ko‘zumni qonga to‘ldirgan guli bog‘i Eram sensei... G‘urbat Ko‘zumni qonga to‘ldirgan guli bog‘i Eram sensei, Itobu g‘amza qilma, sohibi lutfu karam sensen. Rivoji ikki olamni ko‘zing mujgoniga sotsam, Meni ranjur etarga boisi dardu alam sensen. Kuyarmen on qadar hijron bilan xokistarim qolmay, Na deb solding boshimg‘a dambadam anduhu g‘am sensen? Takallum qilmading, o‘ldum desam, tovusi xush raftor, Tag‘ofil birla aylab jabri bvpoyon, sitam sensen. . Qaro ikki ko‘zingdin begumon hech kim qutulmaydur, Jahon ahlig‘a qotil, mehri yo‘q zolim sanam sensen. Muhabbat ofatidin saqla G‘urbatni panohingda, Misoling yo‘q muqarrar hofizi layqi qalam sensen. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98zumni_qonga_to%E2%80%98ldirgan_guli_bog%E2%80%98i_Eram_sensei.... Downloaded from uzbekai.com.