Ohkim, shod aylamas kulbamga jononim kelib... G‘urbat Ohkim, shod aylamas kulbamga jononim kelib, Jon berurman so‘rsa bir yo‘l mohi tobonim kelib. Hasratidin o‘rtanib kuymay netarmen, do‘stlarim, So‘rmasa holimni ul sarvi gulistonim kelib. Solmadi zulfini bo‘ynumg‘a parivash sarvari, Bir o‘zi hijron tuni kokilparishonim kelib. Onchunon xummor edim, vahdat sharobidin meni Naylayin shod etmasa soqiyi davronim kelib. Nolai zorim Surayyoga nechuk yetmas sahar, Yoqmasa bag‘rimga o‘t ul ofati jonim kelib. Mubtalo men dardu g‘amga dahr aro har mohu yeol Dardga darmon aylamas ul mushkulosonim kelib. Shod bo‘lmas xotirim G‘urbat sabo axboridin, Pursishi hol etmasa to la’li xandonim kelib. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ohkim%2C_shod_aylamas_kulbamga_jononim_kelib.... Downloaded from uzbekai.com.