Qo‘limda pora yo‘q ekmak, yemakka zor miskinman... G‘urbat Qo‘limda pora yo‘q ekmak, yemakka zor miskinman, Aqiqdin ham qizilroq bebizoat xor miskinman… Deyolmay hasratimni notavon ko‘nglum bo‘lib g‘amgin, Qaram aylang menga bir marhabo nochor miskinman. Agar o‘ldim desam och, kimsa shafqat xubzini vermas, Bu pinhon nuktadin quvvat ketib afgor miskinman. O‘qib ilmi qanoat darsini, qilmay tama’ eldin, Izojo alqazomen shiddatil jo‘yor miskinman. Jujuqlar xotirimda har nafasda yuz murur aylar, Parishonlikda ahvolim kechib bezor miskinman. Ubaydullo otim bor arsada, ammo laqab G‘urbat, Buxoroda musofir sohibi ash’or miskinman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qo%E2%80%98limda_pora_yo%E2%80%98q_ekmak%2C_yemakka_zor_miskinman.... Downloaded from uzbekai.com.