Jahon barnolari, ey sho‘x, kirdoringdin aylansun... Hakima Jahon barnolari, ey sho‘x, kirdoringdin aylansun, Muqobil bo‘lsa, har oyina diydoringdin aylansun. Malohat gulshanida g‘uncha yanglig‘, ey pari paykar, Ochilsa gul yuzung, bulbul ko‘rub xoring‘din aylansun. Balog‘at bobida yaktoi davrondursan, ey gulrux, O‘qurda bulbuli xushxonlar ash’oringdin aylansun. Xirom etsang chaman sori, ayo ey dilbari ra’no, Ko‘rubon kabki xushraftor raftoringdin aylansun. Qayonda ganji zardur halqa urgan ajdahosi bor, Jahon ganji sening zulfi siyah toringdin aylansun. Jahon shoirlari maftun bo‘lub shirin maqolingga, Asiringdur Hakima, keldi guftoringdin aylansun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jahon_barnolari%2C_ey_sho%E2%80%98x%2C_kirdoringdin_aylansun.... Downloaded from uzbekai.com.