Kel, ey ko‘ngul, havo domin tutub, dil berma dunyog‘a... Hakima Kel, ey ko‘ngul, havo domin tutub, dil berma dunyog‘a, Na xush davlat, o‘zung band aylading zulfi sumansog‘a. Raboti ko‘hna dunyoning vafosi yo‘q, birodarlar, G‘animatdur siza ayyom, na yetgay bunday asnog‘a. Na xush kundur bahor ayyomi, olam sabzapo‘sh, rangin, Yigitlik ham aningdekdur tushungan ahli ma’nog‘a. Erur fasli bahor yanglig‘ aziz yoshlik, na xo‘b rohat, Qarigan so‘ng zimistondur, ko‘ngul qolmas tamannog‘a. Keling, yoshlar, qurub suhbat, ko‘ngulni xush eting bul choq, Na yetgay hofizu, do‘stu shirin so‘z birla miynog‘a. Bu dunyo bir saroydek manzilu, odamlari mehmon, Hakima, o‘tdi umring, yetmading ul mahfilorog‘a. — Source: https://wikisource.org/wiki/Kel%2C_ey_ko%E2%80%98ngul%2C_havo_domin_tutub%2C_dil_berma_dunyog%E2%80%98a.... Downloaded from uzbekai.com.