Har yurakning bir bahori bor Hamid Olimjon Muhabbat-ul u'zi eski narsa, Lekin har bir yurak Oni yong'orta... Hodi Toqtosh Har yurakning bir bahori bor, Har bir qalbga ishq bo'lar mehmon. Har yurakda gullar muhabbat, Bo'ston etar uni begumon. Lekin Layli boshiga kelgan Qora kunlar bizga yot bugun; Bizga yotdir shirin baxtini Poymol etgan u qop-qora tun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Har_yurakning_bir_bahori_bor. Downloaded from uzbekai.com.