Hamza Hakimzoda Niyoziy Hamza Hakimzoda Niyoziy Bid’atmi majusiyatmi? Maydoni islomiyatda jaholat tig‘i ila zahmlanmish bir jarohatimiz to‘g‘rusi Turkiston musulmonlari boshiga nosir marazi kabi yopishmish bir balo bor bo‘lsa, ul, shubhasiz, nikohdan so‘ngra kelinni kuyovning uyiga kelturulg‘on kecha hovliga zo‘r o‘t yoqub, kelinni yangalari ila ul o‘tning atrofidan aylanturmaklikdur. Bu bid’at umumiy urfu odat bo‘lub, islomiyatdan ilgarigi majusiyatdan bir namunalar, desam shoyad yolg‘onchi bo‘lmasman. Ikkinchi biri esa xotunlar tarafidan yosh kelin o‘lg‘onda qilinadirgan «yuz ochuv» rasmu qoidasidurki, bunisi majusiylikning butun hayoti ila kishining ko‘z oldiga mujassam suratda ko‘rsatadir. Misol uchun o‘zimni kichkinalik vaqtimda bir ko‘rub qolgan bu rasmni so‘ylab o‘tsam, kifoya qilur. Mundan bir necha yil muqaddam o‘z aqrabolarim orasida shunday yuz ochuv rasmi bo‘lub o‘tmish edi. O‘shal rasm bo‘ladurgan kuni man bir uyning terazasidan qarab turgan edimki, ko‘zlari yoshli bir necha xotinlar ko‘rpaga o‘ralgan bir narsani go‘shanga (chodir) tortilgan uydan ko‘plashub olub chiqdilar. Ko‘z oldimni xotinlar to‘suvi sababli eshikni yopub, yorug‘idan ohistagina diqqatlab qarab turdim. O‘choqqa zo‘r o‘t yoqub, qozon osdilar. Qozonga bir qadoq chamasi zig‘ir moy soldilar. Bir tarafdan o‘choq boshiga bir sufra yozub, ichiga biror taboq un soldilar. Darrov besh-o‘n dona cho‘bchirog‘ hozirlab, ikki-uch dona shag‘amlar ila cho‘bchirog‘larni yondurub, sufradagi unga suqub qo‘ydilar. Shul ishlar qiling‘ondan so‘ng otunoyim kitobini qo‘ltug‘lab sufra boshiga o‘turub, boyagi ko‘rpaga o‘ralgan narsani yerga kelturdi va o‘z qo‘li ila ko‘rpani ochdi. Ba’zi xotunlar ohista-ohista ho‘ngrab yig‘lab yubordilar va ko‘rpa ichidagi harakatsiz gavdaning boshini ko‘tarub qo‘ydilar. Shu holda bildimki, bechora kelinning navnihol g‘uncha hayoti xazoni margg‘a mubaddal bo‘lub, o‘lum yo‘ldoshi bo‘lgan ekan. Badanim seskanub ketub, ko‘zimni zulmat qopladi. Haqiqatini bilmak uchun yana qarab turdim. Alhosil, ul jasadning qo‘llari ila undan changallatub qozonga soldirdilar va o‘choqg‘a ta’zim qildirdilar. Otun oyim jasadga qarab: «Endi eringizning haq-xizmati bo‘yningizdan soqit bo‘ldi. Sizdan qaynota, qaynonalaringiz ham rozi bo‘ldi»,— dedi. Bundan so‘ng ul bechoraning ruhsiz jasadini yana ko‘rpaga o‘rab, go‘shangalik uyga olub kirdilar. O‘turg‘uzub qo‘yub, harir kiyimlar kiydirdilar. Marjon, uzuk va ziraklarni tamom taqdurdilar. Qoshig‘a o‘sma, ko‘ziga surma, yuzig‘a upa degandek tamom ziynatlab, so‘ngra yotquzub, yuziga bir oq pardani yopub qo‘ydilar. Bu orada otunoyim bir xotung‘a qarab: «Amma-xolalarni chaqiring, kelub ko‘rsunlar», — deb uydan chiqardi va uydan turub manga ko‘zi tushub qoldi. Darrov xotunlarga qarab: «Ana u kim? Urib chiqaringlar, bu yerda turmasin», — degan hamon bir xotun kelub yoqamdan sudrab, ul joydan haydab chiqarub yubordi. Noiloj uyga qaytdim. Ammo, oxirig‘acha ko‘rolmaganim xayolimni ko‘p parishon qilmakda edi. Ertasiga o‘shal xotunlar ichida bo‘lg‘on mahalla dasturxonchisi bizning uyg‘a kelub qoldi. Man ondan ishning oxirin so‘radim. Dasturxonchi ko‘rganlarimni erkaklarga aytmasligimni shart qilub, javob bermoqchi bo‘ldi. Man oni qabul qildim. Dasturxonchi o‘lukning amma, xola va jiyanlari tirik vaqtida olub kelub ko‘radirg‘on ko‘rmanalarini olub kirurlar. Alarning har qaysilarig‘a o‘lukning yuzini ochub ko‘rsatilur. Alar ila ko‘rishtirilur va salom qildirurlar. — Nima uchun? — Agar shunday qilinmasa, qiyomatda o‘lukning yuzi yopuq qolur emish. — Sizning bu so‘zingizga ko‘p hayron bo‘ldim. Man o‘qig‘on kitoblarning hech qaysisida bunday so‘zlar yo‘q edi. — Yo‘q, otinbibilarimizning kitoblarida bor ekan, bizlarg‘a necha martaba o‘qub berdilar. Ham bu rasm qadimdan ota-bobolarimizdan qolub kelub yotgan rasm. Bu ish har yerda bor, bolam. — Bu rasmni erkaklar ham biladilarmi? — Erkaklarning xotinlarda nima ishlari bor? Erkaklar avval o‘zlarini tuzatsunlar, ondan keyin gapursunlar. — Erkaklarga nima bo‘lubdur? — Erkaklar bachcha o‘ynaydi, qimor o‘ynaydi, ichkulik ichadi, shariatda yo‘q ishlarni qiladi. Biz nima qilubmiz? Biz hali momolarni ischirog‘, rasm-qoidalarini qilamiz-da. Alarni bizda nima ishlari bor?! Mana shunday dashnomlarni eshitgandan so‘ng har ikki tarafni aybli qilmasdan, boshqa aning ila munozara qilishdan butun ojiz qoldim. Xotunlarning bu ishlarini nima deb hukm qilasiz? Majusiylikmi? Yo‘qmi? «O‘tgan aylanturish bu bid’at rasm va urf, muni man qilub bo‘lmaydur», deydurg‘on zavi al ehtirom ulamolarimiz buni ham «Bid’at, urf» debgina qo‘yaverarlarmi yoki uy ichida majusona bo‘lub kafanlangan o‘lukni «Shariat zohirini ko‘zlaydir. Bu xudo rahmati»,— deb bergan to‘nlarini olub, ko‘mub yuborurlarmi? Kishi bunday rasm va odatlarni isbot qilmak uchun uy ichiga ikki shohid olub kirub voqeani ko‘rsatsunmi yoki «sinematugraf» kabi toshqarida ko‘rsatub tursunmi? Bu qanday g‘aflatdurki, ahvolimizg‘a boqmaysiz? Bu asrorni bilmaydirgon kishi yo‘q. Hammamiz bilsak kerak. Imom va ulamolarimizg‘a xalqning bunday bid’at va majusiylik amallaridan qaytarmak, masjid va jomelarda, xususan, juma kuni xutbalarda va’z va nasihat qilub amru ma’ruf, nahi munkar qilmak ulug‘ vazifalardan emasmi? Bu bid’at va majusiyatlar «bid’at, urf, urf» deb qonimizg‘a singitub, go‘yo ota-bobodan bizg‘a meros qolgan kabi bo‘lub ko‘rinadir. Mundan so‘ngra yana «urf, urf» deyavermak istiqbolda bular yonig‘a yana bir nechalari qo‘shulub, bizdan keyin keladurg‘on avlodlarimizg‘a ko‘proq meroslar qoldirurmiz. Ul bechoralar o‘z gunohlarini hazm qilsunlarmi? Bizdan qolg‘on meroslarnimi? Agar bu ahvolda yashayversak, bir muddatdan so‘ng bu bid’atlar orasida bir millat tug‘ulub butun islom faqat ismi bor, jismi yo‘q bir holg‘a kelub qolur. O‘zimizning bid’atlarg‘a mubtalo bo‘lg‘onimiz yetar. O‘zimizdan keyingi avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolg‘a yetkurmayluk va hozirdan bu dardlarning davosig‘a kirishub, chorasini izlayluk. Mana bu ishlar na yerdan chiqdi? Albatta, ilmsizlikdan, xotun-erkaklarimiz uchun yaxshigina muntazam maktablar yo‘qlig‘idan chiqdi. Buning kabi bid’at va majusiyat odatlarini yo‘q qilmak uchun yolg‘uz ikki kalima so‘zni yaxshi tushunmak lozim: o‘qimak va o‘qitmak. Bukungi qadrlik kunlar Bukun baxt falakindan chiqmish haqiqat quyoshi musovot, adolat kabi eng sof ziyolari vositasi bila eng qorong‘uda yo‘qolgon igna kabi nozik va muhum maqsadlarimizi ham yalturatub ko‘rsatmakdadur. Mana, bukun haqiqat, hurriyat vositasi bila eski xoin va zolim, mustabid hukumatni 50 yildan beri bo‘yin, qo‘l va oyog‘imizga sezimsiz solub kelgan umrlik og‘ur zanjirlarin ko‘zga ko‘rsatub yechdi, xalos qildi. Bukun haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnog‘i ostida po‘stlari butun sidirilub, yuraklari ezilub, cho‘kub xonumonlaridan ajrab kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, g‘ariblarning burgutlar panjai margidan raho qildi. Faqiru bechoralik og‘usi bila xasta bo‘lgan ovozlari musovot shifosi bila tuzatildi, chiqarildi. Demak, shohu gadoni dovush va huquqlari bamuvofiq oyot va hadis barobar bo‘ldi. Va har kim o‘ziga hur bo‘ldi. Yaxshi, yomon, sodiq, xoin, rohim, zolim, jobir va odilni ajratub, ixtiyorlarini kattayu kichik, shohu gado, eru xotunlarni o‘z-o‘zlarig‘a topshurdi. Bukun haqiqat, adolat vositasi bila avvali 30, oxiri 10 yildan beri «Oh, haqiqat qaysi kun bo‘lurki, bizni boshimizdagi zolim va xoin eski hukumatning bahri istibdodindagi girdobi balodan xalos etub, hurriyat, musovot, adolat kanoriga chiqorursan, xalqimizdan missionerlarning ma’naviy qarmoqlarin salomat judo qilursanki, xoin cho‘ponlarga topshurilub biyoboni jaholatga haydalgan mazlum elu xalqimizi ozod qilurga yetushurmiz, ko‘zlarin ochurmiz, uyg‘oturmiz, badnazar, badkirdorlarning din va millatimizga solgan teshuk rahnalarin oshkora qichqurub ayturmiz…», deb din va millati uchun tunin, kunin qoyg‘urub yurganda, baravj vatanning chin o‘g‘ullari din va millatning ma’naviy xodimlari bo‘lgan yoshlarimizga, alhamdulilloh sum alhamdulilloh, bukungi qadrlik kunlar yetushdi. Bukun haqiqat ulug‘ xizmatga keng bir maydon ochdi. Bukun haqiqat haqiqiy millatparastlarning maydoniga choqurmakdadur. Kim haqiqatparast, kim millatin suyuvchi kim innamo al mo‘minina ixvatu hu oyayi karimasi mazmunicha, o‘z xalqini bir ko‘zda ko‘ruvchi, kim jamoat xizmatiga jon va molin fido etuvchi, aytilsun, bu maydoni haqiqatga kirsun, bu munkirlik xizmatiga. Bukun qanday kun? Bukun eng qadrlik, eng g‘animatlik kun! Bukun Ostroumov, Ilminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi o‘z oramizdan chiqqon din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va sarnigun qilur. Hoy, birodarlar, ko‘zingizni oching! Va ogoh bo‘ling! Quloq soling! Bukun maydoni haqiqat millat xizmatiga xodim choqirur ekan, qarangiz: kim yugurur, kim sukut qilur? Farq eting, toning, ajrating, ilm ila ajratolmasangiz, qilub turgan xizmatlaridan ajrating. Bukungi qadrlik kunlarni qadrin kim bilur? Millatini o‘zi jonidan ortuq suygon va o‘z xalqi uchun jismu jigari kuygan, 30 yildan beri zolim sayyodlarning nohaq tir va o‘qlariga ko‘kraklarin sipar qilub kelgan baravj yoshlargina bu kungi qadrlik kunlarni qadrin bilur. Yuqoridagi xitoblardan maqsad milliy bu xizmatga yoshlarnigina mustasno qiluv emas, bori yoshlarimiz so‘z ko‘taruvchan, qancha ochuq: aytsang, haqiqatlig‘in anglar, tobora shavqlik o‘lur. Hoy, ahli vatan, bu xizmat hammaga barobar, takror aytmoqdamizki, bukun xizmat kuni ekon. Kim millatin suyur, kim dinga xizmat qilmoq istar? Kim tangrisin rizolig‘in, kim ruhi payg‘ambarin shod bo‘lurin istar, kim mahsharda «Islom millatiga na xizmat qilding?» degan xitobga sarnigun bo‘lmoqni, sukutda qolmovni istar ekan, ulamomi, boymi, gadomi, yoshmi, qarimi — kelsun, bu xizmatga otilsun. Mas’uliyatni o‘zidan ko‘tarsun. Bukun — tijorat kuni emas, bukun — sayohat kuni emas, bukun — ish emas, bukun — o‘quv va o‘qutuv kuni emas, bukun — man katta, san kichik, san boy, man bechora, biz ulamoyu siz avom, deydurgan kun emas. Bukun — ittifoq o‘rniga nifoq, sadoqat o‘rniga adovat qiladurgan kun emas. Bizni holimizga! Yana qichqirib ayturmiz, hoy, birodarlar, bukun — xizmat kuni, bukun — izzat, hurmat, daraja va martaba talab etuv kuni emasdur. Onglasi kuni! Bukun — har bir millatin tonuvchi, suyuvchi zotga belini ustidan bog‘lab, yugurub xizmat qiladurgan kun. Bukun — biz o‘z vazifamiz bo‘lgan bu diniy xizmatni ado qilmasak, ikki dunyoda mas’ulmiz, millatlar orasida avvalg‘idan ham battar xoru zor, sharmandayu sharmisorbiz. Fidokor yoshlar! 700 ming xalqimiz tarafindan 20 ming xalq shahodati bilan hanuz jasadi vujud olamiga ko‘chmagan milliyun-milliyun avlodi islomni kelajakdagi huquqini tayin etuvni o‘z ustingizga oldingizmi? Boshqalar ham oldi. Lekin siz qarab turmang, hamon o‘z vazifangizi ado etmoqg‘a kirishing, o‘z manfaatidan kechuvchi siz bo‘lub ko‘runmakdasiz, hamon davom eting, ertagi tovuqg‘a oldanub, bu kungi tuxumdan ham o‘zingizi va ham mustaqbil avlodingizi mahrum qilmang. «Xizmat—o‘lmas mol» kabi muqaddas bobolarimizning gavhardek qadrli hikmatlik so‘zlari yodingizda bo‘lsun edi. Yashasun yoshlar! Eng muhim tilak Hozirgi yangi hukumatning adolatkorona raftori va insoniyatparvarona verdig‘i ixtiyoriy soyai marhamat va shafqatinda har millatning tilak va orzulari o‘z qo‘llarina ranju shafqatsiz yetushmakdadur. Shu jumladan; bizim, bir tarafdan, ilmu ma’rifatdan, bir tarafdan, oto-anodan mahrum bo‘lub, ko‘chalarda zoru giryon, ochu yalang‘och, ko‘z yoshlari tomchilab, yaxshiyu yomonlar eshigida kichkina bir qorinni to‘ydiruv uchun zo‘r falokat, shum fe’l turtkisi fisq fujurda eng badbaxt bo‘lgan kishilarga asiru mubtalo bo‘lub yurgon ko‘z oldimizda hisobsiz yetimlar vor edi. Alarga shafqat nazari bila qaramoq va bir yerga to‘plab, tarbiya qilmoq ilmu ma’rifatg‘a cho‘mdurmoq shu yetimlardan moado har bir eru xotun, ulamo, avom va ag‘niyo, qisqasi, o‘zi bolig‘ va oqil bir dirham ehson etuvg‘a tavono bo‘lgan har bir ahli vatan musallamg‘a farz darajasindagi amal hisob o‘lsa kerak «Lavlok, lavlok lamo xalaqatul aflok» san’ati bila mavzuf bo‘lgan janobi faxri koinot Rasulluloh afandimiz bir yatim dilni xushnud qilmoq (etti nifoq)g‘a sotulmoqlarida yetuv bo‘lub, «afv», «afv» deb ko‘tarub yurmoqlaridan boshqa qulub mu’mining‘a og‘ur ta’sir etarlik nima dalil ko‘rsata olurmiz? Demakki, bundan uch-to‘rt sana avvalda bir «Dor ul-aytom» ochub u yetimlarni tarbiyat etmakka harakat qilgan edik. Maataassuf Medinskiy degan eski hukumat tarafindan qo‘yilgan zolim va xoin shahar hakamimizni xoinona ta’sirindan bir sanada davom eta olmadi. Balki muddaomizdagidek iona yig‘uvg‘a chorasiz qoldig‘imizdan yopulg‘on edi. Shukrlar o‘lsun, xolisona fisobillilloh orzu etdig‘imiz kenglik bir zamonlar yetushdi. Har navi diniy, milliy kamchiliklarimizga mone bo‘lgan qisinqilik biturildi. Maka shuning uchun 1335 yilinda uchinchi rajab oyinda seshanba kun kech soat 7 da «Hurriyat» jurnalimizning bayrog‘i ostida dardli yetimparvar yoshlarimizdan 20 lar chamasinda zotlar jam’ bo‘ldilar. Bu kungi qadrlik minutlarda millatning yetim avlodini bir yerga to‘plab, diniy va dunyoviy tarbiya etmak uchun va o‘z himoyasina olmak va alarning qaysi tarafindan bo‘lgan bir kamchiliklari bo‘lsa, qo‘l, oyoq xizmat va oqcha bilan-da barobar xizmat qilmoq borasinda ta’min etmoq xususinda qiziq nutqlar so‘ylandi. Bu majlisda «Etimlar yordamchisi jamiyati» unvoni berilub, muvaqqat raisga Hamza Hakimzoda saylandilar. Sarkotiblikka mulla Nabi mahdum Iqonboy o‘g‘illari, xazinadorlikka Mahmudjon Barotboy o‘g‘illari saylanub, hozirinlardan tubandagi ionalar to‘plandi. 1. Hamza Hakimzoda — 10 s. 2. Mullo Mahmudjon Barotboy o‘g‘li — 200 s. (104 s. tegdi.) 3. Mirzo Rahim afandi — 10 s. 4. Mullo Muhammad Hakim afandi — 50 s (45 s. tegdi.) 5. Karimjon Tursunmuhammad o‘g‘li — 10 s. 6. Mulla Usmon qori afandi — 5 s. 7. Muhammadxon Mahdum Abdulmo‘min o‘g‘li — 5 s. 8. Mulla Nazarjon Muhammad Ibrohim o‘g‘li —20,5 s. 9. Said Muhammad afandi — 5 s. 10. Muallim Mulla Abdullabek — 5 s 11. Sa’dullaboy Toji ulug‘ o‘g‘li — 6 s. 12. Rahimjon Hoji Shodi — 5 s 13. Mulla Iskandar Barotboy o‘g‘li — 6 s 14. Mulla Alijon Husanboy o‘g‘li — 4 s 15. Akbarbek Sultonmurodbek o‘g‘li — 5 s 16. Mulla G‘ozibek Toshbek o‘g‘li — 25 s Jam’i 383 s. bo‘lub, qo‘lga tekgani 132 so‘m bo‘ldi. Millat tarafindan muhabbatlik a’zolarimizga tashakkur etamiz. Musodara badinda jamiyatimizning maslak va maqsadin bildirmoq uchun hozirin huzurida bir ariza yozilub Sho‘roi islom majlisiga taqdim qilindi. Arizamiz aksariyat tarafindan muhibbona maqbul o‘ldi va ko‘ldan kelgan qadar yordam etmoqg‘a va’da etdilar. Emdi dushanba kungi tubandagi taklifnomamizga binoan yetimparvar himmat egalari bo‘lgan zotlar jam bo‘lsalar, doimiy bir hay’at saylanub, qonun va qoidalari tartib etulub, so‘ngra Sho‘roi islomda tasdiq qyldirilur va g‘ayratlik xodimi millatlar ishga kirishurlar. Ilohi, sarnigun yetimlarning baxtiga bu jamiyat isolini o‘z lutfu marhamati soyasinda ko‘paytursun edi. Eng qadrli mehmon 23-rajabda yakshanba kuni Qozon ulamolarindan muhtaram Fozil Olimjon hazrat boruvi Namangondan qaytishli Ho‘qand Sho‘roi islomiyasig‘a tashrif buyurdilar. Bu zot tatar olamindagina emas, butun Turkistonda millatga etgan ulug‘ xizmatlari makotib, madoris uchun yozg‘on eng muhim asarlari bila tonulgan ulug‘ zot va savod egasi bo‘lg‘on chinlik har bir kishig‘a ma’naviy bir ustozdirlar. Sho‘roi islom a’zolaridan boshqa ziyorat va nutq eshitmoqg‘a oshiqqan kishilar bilan butun to‘lgan, hatto ko‘chalarda ham somelar ikki-uch qator tizilgan muhtaram zot pors-porslar ba’dinda turub, musulmonlarni hozirgi saodat kunlar birla tabrik etdilar. So‘ngra otashlik nutqlar ila bu kungi vazifamiz uchun eng kerakli bo‘lg‘on ijtihod, harakat, ittifoq, ittihod xususinda ikki soatga qadarlik keng bir ma’lumot berdilar. Bir oz miodalar ba’dinda so‘z usuli jadid maktabina ko‘chdi. Ulamolarimizdan jomening mudarrislari janob To‘raxon maxdum domla so‘zga kirib: «Mehmon afandim! Menga ruxsat bersangiz, bir-ikki og‘iz so‘z so‘zlasam», — dedilar. Janob Olimjon domla hazratlari ruxsat berdilar. Janob To‘raxon mahdum domla: «Biz usuli jadid maktabig‘a hech bir vajhdan mone bo‘lmaduk va ham bo‘lmaymiz. Usuli jadid maktabining zamong‘a muvofiq ravishda tashil bo‘lmog‘i bila hammamizga tonulg‘on hamda hech bir kitoblarinda shar’ifg‘a xilof bir kalimani ko‘rmaduk, illo, oning o‘qituvchilaridangina o‘pka etamiz. Chunki adabsiz so‘z kelishimsiz raftor va ravishda bo‘luvchilari ko‘pdir. Xususan, o‘qub turgan shogirdlari ham o‘zlarig‘a binoan raftorda bo‘linurlar va hokazo… Haqiqatda o‘zimiz ham insofga kelganimizda, bu so‘z haqdur. Chunki usuli jadid maktabining intishor topganig‘a yigirma yillar to‘lmakdadur. Avvalda muhtaram ulamolarimiz ham qarshu oldilar. Hatto o‘z farzandlarin berub, o‘qitgonlar ham bo‘ldilar. Hozirg‘acha imtihonlarda ham ba’zan bo‘lmoqdadurlar. Maataassuf muallimlarimiz orasinda ta’lim va axloq, qisqasi, usuli ta’lim va tadrisdan kamchiliklarga ko‘milganlari va balki butun deyarlik bexabarlari ham ko‘pdur. Muni u muallimjonlar o‘zi iqror etmas ham endi haqiqat o‘zi maydonga chiqorur. Bu kamchiliklarg‘a sabab esa u muallimlarning o‘zlari rushdi maktab ko‘rmog‘ong‘a qarshi mukammal suratda ibtidoiy maktablarg‘a ham borub, usuli ta’lim va tarbiya va ravish o‘rganmaganliklaridur. «Ustod ko‘rmagan shogird har maqomg‘a yo‘rg‘alar» muqaddas maqol kabi bir hissa u muallimlarg‘a qorshu o‘n hissa taqlidchilar ko‘payub, bu xil nohaq qusurlar maydong‘a chiqti va boisi nafrat bo‘ldi. Bu ham eski xoin hukumat missionerlarini sezg‘usizliqlar soyasinda jamiyatlar va jamiyat muftishlari kazo-kazolar bo‘lmagani sababidandur. Endilikda, albatta, shul holda qolmas, alhamdulilloh, jamiyati Sho‘roi islomlar qildi, maorif tarqatmoq ishlari jamiyat ixtiyoriga o‘tdi, kabidur. Endilikda muhtaram ulamolarimiz va boylarimiz va yoshlarimiz qo‘l tutushub, makotib va madoris islohotig‘a kirishurlar. Endi makotibi jadida uchun bo‘ladurgan muallimlarni mumkin qadar tekshirub, imtihonlar qilub, muallimlar yetushmas ekan, tatar va qofqozli va turkistonli din qarindoshlarimizdan yetushgan muallimlar ketururlar. Muhtaram ulamolarimiz zamonning yangilanuv munosabatila avvalg‘i bizim etgan adabsizliklarimiz yuqoridagi ajzlarimizg‘a binoan afv etarlar. So‘ngg‘i bo‘ladurgan makotib va muallimlarg‘a moddiy nazar va yordamlarin darig‘ tutmaslar, deb umid etamiz. Demakki, janob To‘raxon mahdum domla hazratlarining insofona so‘zlari hammag‘a ta’sir qoldurdi. Janob domla Olimjon hazrat ham muallimlardagi qusurlarni yoshlik va tarbiya ko‘rmaganlikka hamul etub endi bo‘ladurgan nasri maorif ishlarinda hamma barobar baxtiyor va ozoddur. Yoshlar mumkin qadar tekshurub, har bir ishda ham imtihonlar yasab, ish yurutajak. Sho‘roi islom nasri maorif uchun bir kichik jamiyat yasayajak. Makotib ishlarin anga topshurajak. Albatta, u jamiyat o‘zini ehtiyot etub, Sho‘roi islom qoshinda har bir tarafdan o‘zini mas’uliyatga qolmasliq darajada ish yuritajakdir. Hokazo, ta’sirlik nutqlar ila somelarning qondurub bizim tarafdan ulamolarimizning ko‘ngullarin to‘ldurdilar va ham tezlik ila vaqtincha kichikroq bir dor ul-muallimin «keladurgan tahsilga va muallim tayyorlamak uchun» ochmoqni ta’kidlab o‘tdilar. So‘ngra janob To‘raxon domla majlisdan ruxsat so‘rab chiqib ketdilar. Janob domla Olimjon hazrat bir oz so‘zlab o‘turdilar. Obidjonboy tarafindan bizlarda yuristlar, ya’ni huquqshunoslar yo‘q uchun ishimizni og‘ir ketuvidan hikoyat etub: «Hozir oz-moz ruscha o‘qug‘on talabalarimiz bor. Bularni tezdan ruschani yuqori maktablarig‘a kirutmoq va alar orqali mustaqbaldagi ba’zi muhim kamchiliklarimizni o‘rnig‘a kelturmoq niyatidamiz. Bu ish shariat qoshinda qandog‘ bo‘lur ekan»,— degan ulamolarimizg‘a savol qo‘yuldi. Bir qancha muzokaralar ba’dinda Madrasai Xon mudarrislarindan janobi qoziyul quzzot Mahdum domla va janob mulla Fayzulla Oxund domla va Madrasai Oliy mudarrislarindan janob mulla Zohidxon domla bu sharaf zotlar: «Filhaqiqat zarur ekan, axloq va qiyofalarin tabdil va tashbih etmasalar, shariatda mone yo‘q», — deydilar va Akoyuv: «Durust, mone yo‘q ekan, endi shul xususda muhtaram ulamolarimiz rasmiy ruxsat, ya’ni joyizlig‘ig‘a bir rivoyat qilub bersalar, avom nazdida bizga yaxshi bo‘lur edi», — dedi. Ulamolarimiz yuqoridagi shartni yana zikr etub rivoyat qilub beruvni ruhoniy majlislarig‘a qo‘yub, va’da qildilar. So‘ngra Olimjon hazrat ham ruxsat olub ketdilar. Ertasi kun soat yettidan Mir Obidboy bog‘larig‘a yoshlar tarafindan domla Olimjon hazrat mukallaf etdilar anda ham yaxshi jamiyat bo‘ldi. Dor ul-muallimin xususinda choralar qilindi. Faqirlik nimadan hosil o‘lur? Jigarning qon tomchilarin kundan-kun ziyod taraqqiy ettirmoqda bo‘lgan illatlarning eng birinchi moddasi nimadir, deb so‘rasangiz, vahshat, g‘aflat va jaholat deb javob olursiz. Bu uch qish oylari ila tan, aql va ko‘zlari muzlab, sovuq urgan daraxtlar kabi mevasiz qolgan ota va bobolarimizning mukofotlaridan iborat bo‘lub chiqdi. Demak, yigirma yil avval, bosturma tagida, poxol ustida chaksa jo‘xorini ikki oy go‘ja oshi qilub ahlu ayollari ila ichub, bo‘zdan yaktak va lozim, olachadan to‘n kiyub, haftada uch kun sayr, to‘rt kun na’lchilik qilub, shul tariqa bir hunar ila bo‘lsa ham tamini maishat mukammallanub, o‘zlarining doxiliy va xorijiy fisqu fasod, shar’u-shururlarig‘a yetushub, yana besh pul, o‘n pul yonlarida qolur ekan. Ajabo, nima bo‘lmishdirki, ul ustalarning ko‘plari gado bo‘lub ketgandirlar. Ammo ba’zilari otalaridin qolmish bir oz mulklarini bir tarafidan o‘purub, qo‘shub, amallab kelmakda va ba’zilari yetushdura olmay, butun bu hunarlaridan kechub, boshqa bir yo‘l va kuyg‘a kirub ketmakdadirlar. Demak, yolg‘uz bu kasb ahli emas, har bir kasb ahli shundog‘dir. Xususan, 1912 yildan boshlab aksar kosiblar zararlanub, mardikorlikka kira boshlaganlari uchun kuchsiz mardikorlarni bozor olmay, bu yillardan alar gadoylarga qo‘shilub, 1914 yil ramazonda gadoylar boshqalarga qaraganda yuzga qirq protsent bo‘lub ketgan, desak ham lof bo‘lmaydir. Mana bu razolat, xayrchilik va xorlik na yerdan keldi? Na’lsiz kafshlarning ko‘payganidanmi? Turmush xarajatlarining ortganlig‘idanmi? Yoxud oyog‘imiz tagidagi kafsh na’lining aqchasig‘acha fabriklar qo‘lig‘a o‘tub ketganlig‘idanmi? Oh, hunarlarimiz, qaysi tarafg‘a va kimlar qo‘lig‘a asir bo‘ldi?! Pul va mollarimiz qaysi tarafg‘a hijrat etmakdadir?! Kecha bir kafshg‘a 20 tiyin olub, na’l qoqub bergan usta bugun darvozalar tagida: «Rabbi man, yo rabbi man ramazon!» deb qichqirmakdadir. Bu xo‘rliklarning ilmsizlikdan kelganin shoyad o‘ylagan va aqlga solub qaragan kishi bilur. Mana siz ila insonlikda barobar bo‘lub, ilm o‘qigan odamlarni ko‘rasizmi? Sizdan davlati taraqqiy etmagan bo‘lsa ham, siz kabi xoru zor bo‘lmasdan bir falon ila maishat o‘tkarub kelmakdadir. Maqsudga kelaylik: hayotning eng birinchi dushmani va ofati bo‘lgan faqir va tamaga giriftor bo‘lmish mazlum va bechoralarga avvalgi ahvollarin so‘zlab o‘tgan eduk. Ko‘cha-ko‘chalarda to‘p-to‘p erkak va xotun, mayda-chuyda yetim va yesirlar to‘polon, shovqun va suron qilub yuradirlar. Zakot beruvchining eshigi tagida och bo‘rilardek bir-birlariga intilishub janjal, mushtlash. Birining boshi va birining chakkasi yorilgan, yosh bolalari oyoq tagida qolub dod va faryod qiladurlar. Buning ustiga qorinlari och, ranglari sarg‘aygan, ustlaridagi butun to‘nlari yirtilgan. Bu g‘urbat, bu zillat, bu xo‘rlik, bu asorat va bu razolat ila ertadan-kechgacha og‘izlari qurushub, ko‘zlari mo‘ltirab va mo‘ldir-mo‘ldir yoshlar oquzub, xoliq va roziqi haqiqiylari bo‘lg‘an janobi bori taollonink buyurgan besh vaqt sajdasidan bo‘yin tortgan mard yigitlar chorak gaz chit uchun o‘zlarig‘a o‘xshagan bir xudo bandasining eshigiga borib, buncha ta’zimlar qilub, tashakkurlar aytub va mehnatlar chekub, darbadar yurishlari, oh, qaysi bir inson naslini tahayyir zulmatiga cho‘mdurmas, qaysi bir haqiqiy musulmonning badanig‘a o‘tlar tushurmas va olamni zindon qilmas?! Oh, qani islomiyat ahkomi?.. Koshki, ul zakot beruvchi zotlar beradirgan bir necha vershuk chitlarini minnatsiz va ozorsiz bersalar edi. Oh, alarning ertadan-kechgacha intizor qilub va xizmatchilarini buyurub, shovqun solganlarini, boshi demay, ko‘zi demay yo‘g‘on kaltaklar ila urub, og‘izlari, ko‘zlari, xotun va qizlari demay, haqoratlar qilub, necha xil dashnom va ta’nalar ila turtub-turtub yuborub qilgan muomalalarini ko‘rub, har bir joni bor inson sinfidagi zot, kofur bo‘lsun, musulmon bo‘lsun, islomning yolg‘uz ismigina qolg‘onlig‘iga hukm qila oladur. Demak, bu qayerdan keldi, nadan bo‘ldi, shoyad bilursiz. Ey, koshki, boylarimiz bu tariqa azob, kulfat va ozor ila beradirgan zakotlarini bermasdan, o‘zlari yeb qo‘ya qolsalar edi. Faqirlik va zarurat sitami ila alamzada bo‘lgan ul bechoralarning dilidagi dog‘ ustiga qora yog‘ quymasalar edi. Mabodo aning kasofatiga mundan ham battar kunlarga qolmasam edi?! Iydi qurbon Bugun-erta nasib o‘lursa, butun yer yuzindagi ahli islomga Qurbon nomli ulug‘ bir bayramdir. Ag‘niyoi toifalarimiza naqadar shodlik va farog‘atlik kun bo‘lganda, yetim, fuqaro bekasu benavo toifalarimiza oh!.. Ondin necha darajalar ortiq afsus va nadomat, motam va qiyomatlik bir kundin iboratdir. Demak, urug‘ yerga sochilmagan «amirkon» paxtani ustidin fabriklardin olingan oqchalarning kuch-quvvatidin yuz, ikki yuz so‘mini ipaklik albisalarga, yuz, ikki yuzini obi dasturxonga masruf tutgan to‘kali tosh komil musulmon. «Tekin oshga bakovul» bo‘lgan bahodir boyonlarimizning dasta-dasta bo‘lub, qadamlarini yigirma vershukdin bosub, raftor qiladurgan kunlaridin iboratdur. Olti oylik va’daga olingan mollarni to‘rt ming, ikki kam olti ming so‘mg‘a sotub, kayfi safo qilaman, deb qarzdingina qochurub qarindoshlari… Bibiga vasiqa qilingan hovli-joy… Bibining shu yeri … jon boybachchaning qarziga sotilub ketub, o‘rta ichida yuqoridagi fabrikni aldab orttirilgan to‘rt ming so‘m hovlini janjaliga ketub, hammayoqdan barobar ajrab, qip-qizil musaffo bo‘lub, farzandi ayollari kimlar eshigida qolub, aksarlari sayohat munosabati Makkai muazzamaga borub qolub, janobi haqdin sharm qilmay yana ehrom bog‘lab, Arofat tog‘ida «Lak-labbayk» kalimasini o‘guradirgan kunlaridin iboratdir. Bir tarafdin johil, avom kosiblarimizga esa, u yildin bu yilgacha kechayu kunduz mehnatu azob bilan ranglarin sarg‘aytirub, ishlab, xalfalar ustakordin, ustakorlar do‘kondor, allof, qassob, baqqollardin qarzdor bo‘lub, minuti gavharga topilmagan aziz, qimmatlik umrni uch yuz oltmish kunini masruf o‘lmog‘i bila, hatto yemoq, ichmoq, kiyinmoqdin-da butun qizg‘onub orttirgan borigina ellik-oltmish so‘m oqchalarini farzandi ayollarin eshikg‘a ko‘zlarin nigoron qoldirub, o‘zlari pivoxonalarda ichub, mast behol bo‘lub, o‘zlaridin bexabar, og‘izlaridin boron gap… balki ko‘chalarda beshlab-o‘nlab mushtlashub, burun va chekkalari qizil qonga bo‘yolub, oqibati ba’zilari mirshabxonada, ba’zilari turmada asiru bandi bo‘lub, g‘ayrlar qoshida ma’sum millatni masxaralik bir holga qo‘yadirgan kunlardin iboratdir. Xotun toifalarimiz esa, ilm-ma’rifat, balki butun ahkom va arkoni islom va imondin bo al-kulliya deyarlik xabarsiz, zulmat, jaholat dardi bila ma’naviy ko‘zlari ko‘r… bid’at balchiqlariga chiqa olmaslik darajada bo‘g‘izlarigacha botgan, vahshiy oilalarimizga u yildan-bu yilga yig‘ilgan, tavba va istig‘forsiz sag‘ira va kabira gunohlarini balki «la’na ilayhi zovirot kubur» mazmunicha o‘zlariga yog‘ulgan la’natlarini dasturxon qilub, ayyomi saodat sharofatindin endigina osoyishga chiqub, bir oz azobi qabrdan amon va xalos topgan ma’sum arvohlarni qayta boshdin «innal mayyita ya’zubu bibikai ahli alayha» mazmunicha uqubatga giriftor qilub, yarim kechadin to choshtg‘acha ko‘cha-ko‘chalarda yuzlab, minglab navma va zore, sadri samo’lar bila borub, qabristonlarni poymol qiladurgan kunlaridin iboratdir. Xususan, u yildan-bu yilga keladurgan iydi qurbondagi ellik-oltmish qurbon terisini ustidan qarz olub, imoratlar binoga qo‘ygan bir xotunliklari ikkinchisini, ikki xotunliklari uchinchini olub, uch yuz oltmish besh kechani ayshi farog‘at bila o‘tkargan muqtado va peshvo sobiq ahkomi shar’ imom va muazzimlarimizga qarzlari uchun ulug‘ najotlik va o‘zlari uchun fursat va g‘animatlik kunlaridin iboratdir. Oh!.. Biz kelaylik yana faqirlar, yetimlarimiz holina… u yildan-bu yilga bahazor mashaqqat tanini latta-poralar, qornini parcha burush nonlar ila qanoatlandirub kelgan faqiru yetim, bekasu bexonumon, aksari ota-onadin, ba’zilari parchagina vatan va ma’vodin mahrumlikda musicha kabi mo‘yin qisilgan, havoning bir oz sovuqlik shiddatlaridin ustlari yupun, ranglari ko‘kargan. Yuqorida asossiz davlatga molik muazzin… va serdavlatlarning yasan-tusandagi shov-shuvlari. Kuygan yurak-bag‘ri ustina namakob o‘lub, dillari ma’yus va vayron, jigarlari ezilgan. Ko‘chalarda to‘p-to‘p bo‘lushub qaysi bir eshikda qurbonlik oshini oshamoq umidi bila ertadin kechga qadar devor ostida qator tizilishub, qaltirashub, demak, mahallaning g‘ayri mustahqiq davlatli g‘aniy aholi va imomlaridin ortgan salqut, sovuq, kuyuk, go‘shtsiz oshlarni bir kosadagisini sakkiz-olti nafarlari o‘rtaga olub, bir luqmadin oshab, yana ikkinchi bir eshikka borishub, ranglarin sarg‘aytirub o‘ltiradirgan kunlardin iboratdir. Ey, qardoshlar! Xudo yo‘liga deb qurbon qiluvchi ulug‘ zotlar! Ko‘zingizni oching! Eshiklaringiz ostida intizor bo‘lub o‘ltirgan faqir va yetimlar holina boqing! O‘ylang! Fikr qiling! Sizga na uchun qurbon vojib o‘ldi. Haqiqatga qarab ish yuruting. Qurbonni ma’nosi nima? O‘ylang. Insof qiling. Maqsudingiz ehson o‘lursa, janobi haqning rizosi va amricha qiling. Faqirlar holina boqing. Yetimlarga ehson qiling. Alarni sizga muhtoj qilgan janobi haqda hozir va sizi muomalalaringiza qudrat ko‘zi bila sizga nozirdir. Siz janobi haqdin yuz o‘gurub, mahalla boylariga qaramang, faqiru bechoralarga qarang, yo‘q, demang. Onlar orasida ham sizing kabi necha zamonlar davlat sohibi bo‘lganlari bor: mundog‘ ulug‘ ayyom kunlarida sizdin necha daraja ortiq liboslar kiyinub, alvon ne’matlar ila xonlar tuzab, qurbon uchun birgina emas, ikki-uch qo‘y so‘yub, xalqg‘a obi osh tutganlari bor. Shunchalik bir oz safohati axloqlarga bog‘lanuv sababli qo‘llaridin davlatlari ketub, ochlik dog‘lari kuchlanuv sababli yuzlaridin oru nomuslari ketub, bugun sizni eshik ostingizga bo‘yinlarin qisub kelgan bo‘lsalar, bandalikdin chiqub qolgan bo‘lmaslar. Sizga xo‘r ko‘runsalar-da janobi haqg‘a azizdirlar, bilasizmi? Jum’a qandoq kun? Mana biz bori jum’a kuni debgina qo‘yamiz. Lekin jum’a qandoq kun, jum’a kunlarida bizga nima qilmoq lozim, jum’a namozini har bir masjidda o‘qilavurmay, katta jomelarga jamoat bo‘lub o‘qumoqda» maqsad nima? Xutbadan murod nima? Ko‘pimiz butun bexabarmiz. Eski hukumat vaqtida jum’a fazilatlarindan ba’zi muhimroq yerlardan ochub aytmoqg‘a tillarimiz siyosat muhrlari bila tamg‘alangan edi. Shukrlar o‘lsun janob tangrigakim, karam shevasi bila umumiy hurriyat, musovot, adolat bo‘ldi. Qo‘l-oyog‘imizdagi zanjiri siyosatni yeshdi, ozod qildi. Tillarimizdagi qizil tamg‘alar-da, qirqildi, to‘kuldi. Har bir to‘g‘ridan oson-ochuq so‘zlab, qichqirub, xalqimizi uyg‘otmoqqa, ogoh qilmoqqa keng yo‘l berildi. Qo‘rqunch, bosqunch kabi nafas bila ichga kirub chiqub turgan zaharlik gazlardan yuraklarimiz tozalandi. Emdi jum’a xususindagi u muhum yerlarini aytub, yozub, xalqlarimizga tushundurub va taklif etuvga huquqimiz komildur. Jum’a qandoq kun? Jum’a kunlarning sayyidi yer yuzindagi 400 million musulmonlarning hammalariga ham haftalik ulug‘ bayram kunidur. Jum’a kuni kosiblarga kasblarin, savdogarlarga savdolarin, ulamolarga maktab-madrasalarin, quzzotlarga mahkamai shar’iyalarin, do‘kondorlarga do‘konlarin to‘xtatub va bu ishlar o‘rniga namozi zuhrdan so‘ng bayram qiluv — bir-birlariga mehmon bo‘lub bormoq; notob qardoshlarni borub hol so‘rmoq; shogird muallimlarini ziyoratiga bormoq. Mehmonxonalarda, darsxonalarda beshlab, o‘nlab majlis qilmoq va bu majlisda din va millat uchun kerak bo‘lgan zaruriyotdan bahs va muzokaralar qilmoq. Ulamolar avomga, ag‘niyo, fuqaroga yordam qilmoq va alarni jaholatdan va asoratdan xalos qilmoq chorasiga kirishmoq uchun oson bir yo‘llarni kengashmoq, maktablar ochmoq, ko‘hna madrasalarni tuzatmoq, ko‘r, shol yoxud zaiflik majburiyati bila tiriklikdan butun ojiz qolgan tul xotun, beva-bechora, yetimlarni tarbiya qilmoq uchun arodagi bir-birimizga farz, vojib bo‘lgash zakot, sadaqotlarni yig‘ishib, tarbiyaxonalar solmoq va ul majruhlarni tarbiya qilmoq yo‘llarin izlamoq, xususan, o‘quv-o‘qutuv usullarin zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarin axtarmoq, hosil, din va millatimizdagi bunday kamchiliklarni fikrlashmoq, so‘ngra o‘n minglab xalqimizi bag‘riga to‘plab turgan jomelarimizda voizlarimiz orqali yuqoridagi zaruriyotdan xalqimizi ogoh qilmoq, holi ba qudrat yordamga taklif qilmoq, dini islomimiz tarafindan buyurulgon har birimizni eng birinchi muhim burchimizdur. Janob payg‘ambarimizni eng suygan odatlari va sahobai kiromga eng ulug‘ vasiyatlari takror-takror buyurgon taklifi muboraklaridur. Bu xususda hadisi sharif istagan kishilar «Ming bir hadis» kitoblarina boqsun edi. Sad hayf, hazor afsuski, bizi xalq bundog‘ amali pur saodatdan butun-butun bexabardurmiz. Jum’a bayrami iqlimimizda bor. Yana, afsuski, u milliy va diniy bayramga butun xilof aksdur. Chunonchi, bog‘larga chiqub o‘ynamoq, qarta o‘ynamoq, go‘daklarimiz esa tuxum va pildiroq o‘ynamoq, ulamo va ag‘niyo va kosiblarimiz esa bori qorun to‘ydurmoq, birovlarni mazammat va g‘iybat qilmoq, hosil, hammasi fisq va nomashru’ ishlarga sargardon va og‘ishtalikdan iboratdur. U milliy bayrammi, u jum’ai ehtiromimi, u rasuli sallallohu alayha vassallamga payravlikmi, balki din buyruqlariga butun xiyonat va jinoyatdur. Mana biz boqaylik vatanimizdagi ajnabiylardan bir qismigina yahudiylarga, shanba kun bo‘ldimi ko‘zimizga biror do‘kon ochuq ko‘runmas yoki biror bir yahudiyni bir ish va xizmatga bog‘lanub turganin ko‘rmas, hatto qo‘llariga aqcha-da ushlamoq shariatlarida harom emish, ko‘chalarda beshlab-o‘nlab yururlar, bir-birlariga mehmonga borurlar. To‘p-to‘p bo‘lub mehmonxonalarda majlis qururlar. Diniy va milliy kamchiliklarin kengash qilurlar. Beva-bechoralarini himoya uchun chalishurlar. Mana shuning uchun shahrimizga kechagina yirtuq liboslarga o‘ralub kelub, boylariga osh tashub yoki bir yashukni bo‘ynig‘a osub yurgan, «mullo mushi», ertaga ko‘ramizki, ovro‘pacha kiyingan, bir ot, rezinoviy aroba, rastadan olti-etti do‘kon bir bo‘lub, 12 gazlik zo‘r viveska qo‘yilgan «Manufakturi mushi Xayyum Suyunov» yozilgan oldida oq sallalik vatan o‘g‘li, vatan savdogari, musulmon farzandi, qo‘li ko‘ksida iltijo, rijo: «Boy aka, xo‘jayin, xudo xayr bersun». Ho‘qand shahrining eng qadrlik o‘rta quruq katta imorat bog‘lariga ko‘zing tushar, «Kimniki?» degan savolga «Mushi Xayyum Suyunovniki» degan javobni eshitarsan. Oh, dersan, iching pishar, jigaring kabob bo‘lur. Mana bular na uchun mundog‘ tez yetushurlar. Boylarimizga «Boy aka», xo‘jayin bo‘lurlar. Shoyad buni yaxshi biluvchi fahm va idroki yetuvchilar bordur. Lekin maataassuf biluvchi va idrok etuvchilarga qarshu «Biz juhudmi?» deb o‘t ustiga namakob yeurtuvchilar-da, bor. Bu ham bo‘lsa, xayrsizlik, jum’a muammosiga donishsizlikdandir. Yo‘q, biz emdigina juhudlardan o‘rganub, haftadan bir kunni bayramga saylab, yangidan taqlid qilamiz, demaymiz. Alhamdulilloh, summi alhamdullilloh, asri saodatdan beri boshlanub, xonliklarimizi axiri vaqtigacha amalda tutub kelgan «jum’a» ismi bila ulug‘ bayramimiz bor. Lekin shunchalik yuqorida aytub o‘tdigimizcha, diniy va milliy kamchiliklarimiznigina kengashuv ishlari tobora yo‘qolub, o‘rnig‘a boshqa kirdorlar o‘run tutub qolgan, xususan, Rusiya hukumatiga o‘tganda, yana siyosat egovi bila butun egovlanub, boshqacha turli-turli buzuqchiliqlarni ermak qiluvga majburiyat ko‘rulgan. Mana, u zamon, u siyosatlar ham bitirildi. Istibdod, zulm va monelar ko‘tarildi. Emdi yana qayta-boshdan birlashub ittifoqlashub, o‘lka asri saodatdagi majlisi diniy va milliy bayramlarimizi joriy qilmoqg‘a kenglik bir zamon keldi. Emdi bizlar, yuqorida aytub o‘tdig‘imizcha, jum’a kunlari do‘kon, maktab va madrasalarimizi to‘xtatub, har yerda to‘planub, milliy majlislar qurub, diniy kamchiliklarimizi katta-kichiklar kengashub, bir-birimizi qo‘llashub, istiqbolimizi taraqqiy va taxolisi uchun kerak bo‘lgan zaruriyotni olg‘a surmakda davom qilsak, oz fursatda bechoralarimiz davlatga erishur. Avomlarimizi o‘zlari bo‘lmasa ham avlodi ilm, ma’rifat, hunar va sanoat kabi dunyoviy va oxiraviy saodatlarga yetushur. Zillat va jaholat kabi umrlik ofatlar boshimizdan ko‘tarilur. Ajnabiyga nafs uchun sotulgan musulmonlarimiz qulliqdan ozod bo‘lur. Har bir maqsad, har bir tilak va orzusiga har kim yetar. Mana biz bu vaqtda o‘zimizning huquqimizga xo‘ja bo‘la olamiz. Janobi Rasul agar sallavlohu alayha va sallamning sahobai kiromlarning ruhlari bizdan xushnud bo‘lgon bo‘lurlar. Lekin nodon avom xalqi orasiga bir bid’atni naqadar ijro qilmoq oson bo‘lsa, diniy bir amalni taratmoq ming-ming chandon ortuq mushkul va mashaqqatdur. Mushkul va mashaqqat, deb turamizmi? Yo‘q, bilgonimiz bilmagonimizga tushunturamiz, tashviq qilamiz. Buning bila bo‘lmas ekon, jiylonlarimiz orqali rasta oqsoqollarini choqirturub, do‘kondorlarga tushunduruvni, haftalik jum’a bayrami kuni jamiyati xayriyatga yuboriluvini iltimos etamiz. «Voizlarni chaqirturub, ulug‘-ulug‘ guzarlarda, jomelarda jum’a bayrami xususida va’zlar aytduramiz. Shogirdlar uchun, muallimlarga madrasa talabalari uchun muhtaram mudarrislarimizga murojaat etamiz. Mana, bir oz mashaqqatni yoshlar o‘z ustimizga olamiz. Diniy va milliy ulug‘ muborak bu bayramimizi oz fursatda rasm-odatga kiritamiz. So‘ngra jum’a kuni ishdan to‘xtalgon xalqimiz qoyga borur, o‘ylar-o‘ylar, albatta, jamiyati xayriyaga borur. Biz bu to‘g‘ruda elning o‘z voizini qo‘lga oluvimiz hikmatdir. Bu bayram soyasinda biz avvalg‘i ittifoq va ittihodimizga yengillik ila yetisha olurmiz. Ba har hol bizlar milliy kamchiliklarimiz o‘rnin to‘ldiruv uchun eng ulug‘ bir kuchga muhtoj ekanmiz, mumkin qadar bu diniy ulug‘ bayramni olg‘a surub, xalqimizi to‘planuvg‘a jamiyati hayriyaga majburiyatsiz keluvg‘a va’z tinglatuv uchun vaqtini bog‘latmoqg‘a odat qildiruv kerakdur. Mana, biz shuning uchun jurnalimizi bosh maqolasini «Jum’a bayrami»dan boshladik. Shoyad maslakdoshlarimiz-da, bizim bu qosir fikrimizi bo‘shga hisoblamaslar. («Xutba» xususinda kelajak nomerda izoh verilur.) Mahalliy sarmoyani kuchaytirish choralari Qaysiki mahalliy hukumat kishilari mahalliy sarmoyani kuchaytirish chorasini istasalar, Qo‘qon ijroqo‘mining shul xususda qilg‘on qarorlaridan ibrat olsin. Masalan: 1. Boqimanda solig‘larni yig‘ishtirish haftasi e’lon qilib, butun mas’ul ishchilarni boqimanda solig‘larni undirish to‘g‘risida tashviqot kampaniyasi o‘tkazish uchun volostlarg‘a chiqarib, ul chiqqan vakillarning sutochniy olishlarigag‘ina, qishloqlarni sayohat qilishga chiqib, tashviqot o‘rniga ov qilib qaytishda volijroqo‘mlarning qo‘lidan olib kelgan tilxat bilan qanoatlansin. 2. Agarda birorta muassasaning shtati ko‘p bo‘lsa-yu, binolari yetishmagan bo‘lsa, darhol yonida bo‘sh joy bo‘lsa, oshxona qildirsin. Tokim mahkamaga kirari-chiqari ko‘payib, mahkama ishchilarining qorni ovqatning hidi bilan to‘yadir, 8 soatlik ish vaqtlarini 3/4 ni oshxonada o‘tkazmaydurlar: Ayniqsa, atlas, banoraslardan kafa qildirib, aravaga tushib yurgan, papiros olib chekishga pullarini ko‘zi qiymag‘on, har bir kirgan kishidan arizadan ilgari papirosga gadoylik qiladurg‘on ota o‘g‘illarining me’dalarini to‘yishiga sabab bo‘ladur. Tangla ro‘zi qiyomat kuni so‘roqdan oson qutulishlariga sabab bo‘lg‘aylar, vallohu olam bissavob. Maktabi Dor ul-aytom I Dunyoda har bir narsaning tanilmog‘i ismi ilandur. Binoi oliya dunyodagi har bir bor va bor bo‘lub turuvchi nimarsalarning har biri, ilmiy o‘lsun, chunonchi, kitoblar, gazeta, jurnallar yoxud fanniy o‘lsun, ashyolar, hunarlar o‘zlariga maxsus bir unvon ilagina mustammidurlar. Biz keldik masjid, yo madrasa, yo maktabxonalar masalasina. Mana, Misrda «Jome’ ul-azhor», Istambulda «Sulton Ahmad», Shomda «Jomei Umaviya» yoxud maktablar — Qozonda «Muhammadiya», Orenburgda «Husayniya» va al-hosil har bir mamlakatlarda bo‘lg‘on har bir madrasa, masjid va maktabxonalarni o‘ziga maxsus bir ismlari vordirki, G‘arbda, Sharqda o‘lsun qo‘lig‘a gazeta tutgan kishilardan yuqoridagi maktab va madrasalarni ko‘rmag‘anlari bo‘lsa ham eshitmaganlari va unvonini bilmaydurganlari kamdir. Xususan, Orenburgga borgan kishi qaysi bir tarafdan, qaysi bir kishidan «Husayniya» maktabi qayda, — deganda, bilotavaqquf «falon joyda» degan javobini eshitmoq shubhasizdir. Bu nimadan? Bori maktab va madrasalarning o‘ziga maxsus bir unvon ila umumga barobar masmu’ bo‘lganidandir. Mana, bizim mamlakatlarda ham maktab va madrasalar yo‘q emas, bor. U madrasalardek o‘lmasa hamki, hozirgi ilm-ma’rifat tahsillariga torlik qilmasa ham, kenglik qilmas. Lekin ism qo‘ymoq masalasiga kelganda, «Darx zadam devor kafid» degan maqolidek yolg‘iz eshituvchini taajjubga qoldiruvdan bo‘lak ahamiyatligina bir unvon muqarrar o‘lgani kamdan-kamroqdir. Masalan, madrasai «To‘nqator» yoxud madrasai «Chalpak» yoki madrasai «Zambardor», masjidlar esa «Chinorlik machit», «Anjirlik machit», «Chitgarlik machit» hokazo. Bunga o‘xshash «Taqachilik», «Taroqchilik machit»» laqablari unvon topub, bechora boniylar ila masjidlarning xuruflari o‘zgarub, balki butun yo‘qolub, agarchi ko‘hna sollikda bir asr odamlariga ibodatxona bo‘lub o‘tganlari bo‘lsa hamki, 12 darvoza ichida turub, bu masjid-madrasalarni muxtasargina bo‘lsun tarjimai holini bilg‘uvchi kishilar mo‘ysafid odamlardan bo‘lmasa, boshqalarida kamdan-kamroqdir. Mana, boshqa mamlakatlarni qo‘yaylik, o‘zimizni Ho‘qanddagi madrasa va masjidlarnigina boniylarini va na sababdan bu xilda ma’lumotsiz unvonlar qo‘yilmog‘ini hanuzgacha bilmasligimiz qaydan keldi? Avvalgi ota-bobolarimizni ilmsiz va ma’rifatsizlik va har so‘zni husn va qabihini, avvalu oxirini o‘ylamasliklarindan keldi. Shoyad, boshqa illatlarini mandan ham ko‘proq qoriini kirom bilsalar kerak. Mana, hozirgi o‘zimiz oynak olub, aksimizga qaraganda, yana o‘zbek bobolarimizni aybli sanamoqqa butun haqsiz bo‘lub qolamiz. Chunki uch-to‘rt yildan beri usuli jadid maktablari rasm o‘lub, kundan-kun rivoj topub ko‘paymoqdadur. Garchi bu maktablarning binolari yangidan solingan bo‘lmasa ham nazar eski maktablarga qaralganda hifzil sihatga muvofiq bo‘lmog‘i yoki boshqacha bir nizom va tartibdalig‘ining nazokati yangi binodan 100 daraja ortiqroq, desak-da haqli bo‘lurmiz. Bayon hojat emas. Bas, lozim erdiki, har bir maktabni o‘ziga munosib tarixi bo‘lmasa ham layoqatli muxtasargina bir unvon ila yuritulsa, nazokat ustina ikkinchi bir nazofat o‘lur edi. Holbuki, bir mamlakatdan kelgan musofir ko‘chada o‘tub ketguvchi talabalardan tutub: «Qaysi maktabda o‘qiysiz?» deganda, biri: Chorsuvni orqasida misgarlikdagi avrod masjidda… domlada o‘qiyman», ikkinchisi: Bekbachcha mahallasida… masjididagi hovuzi bor maktabda o‘qiyman, uchinchisi, yog‘ bozoriga ketoverishda, do‘ppi bozoriga chiqoverishda chap qo‘ldagi tor ko‘chadagi hovlidagi maktabda o‘qiyman, degan javobi o‘n sakkiz qarichlikni eshitub butun hayronlikda qolmoqdan bo‘lak mazalik joyi yo‘qdir. U bechoralar qaydan bilsun bizni Ho‘qanddagi Karnaychilik, Shimchilik, Eshakchilik kabi adabiy ismlar ila unvon topgan mahallalarimizni?! Bu takror lozim ediki, har bir maktablarimizga bir unvon qo‘ysak, toki tarixlar sahifasida ham besh-to‘rt gaz joylarni bandga solub o‘tlab yotmasa. Mana, janobi qozi domla hazratlari… sanada millat munodillari uchun ikki qanotli bir maktab binoga qo‘ydilar. Tamom topgani so‘ng‘ida bu misra ila unvon qo‘yildi: Bu maktabxonadur ibtidoiy, Kamol al dini millat rahnamoiy. Agarchi misra o‘lmoq sababli og‘ir ko‘rinsa ham adabiy va tarixiy o‘lganliqdan tavorix va adabiyot safhalarinda qolurlik darajada nazokatlidur. Og‘izda qisqacha yuritilganda «Maktabi Kamoliy» debgina qo‘yarg‘a ko‘p qulay va har kim tushunarlikdir. Bunga o‘xshash Xonaqoh mahallasida muhtaram «Sadoi Farg‘ona»ning hozirgi mudirlari tarafidan ochilgan maktab esa «Muhammadiya» unvoni bilan hozirda hamma katta-kichiklarga ma’lum va mashhurdur. Yana So‘fi Badal eshon xonaqohlaridagi maktab esa muallim hazratlari tarafidan «Maktabi Vahobiya» ismi ila shuhrat topmakdadur. Hokazo, boshqa maktablarda bu ham o‘zlariga bir unvon ilagina yuritilsa, albatta, soyil ila mas’ul orasida u qadar hayrat va qabziyatliklar lozim kelmas edi. Mana, bizda bularga qiyosan Bekbachcha mahallasidagi maktabimizni «Dor ul-aytom» unvoni bila yurutmakni ijtihod etamiz. Demak, «Dor ul-aytom» o‘lmog‘iga bir oz sabab yozub o‘tmoqda lozim keldi. Mana, hozirda bizim Ho‘qandda usuli savtiya maktablari to‘rt-besh adadg‘a yetub va imtihonlarni ta’siroti yildan-yil taraqqiy qilmoqda bo‘lsa hamki, muallimlarning doxiliy manfaati, ya’ni bolalardan kelub turg‘an vazifalari ta’min-maishatlarig‘a yetarlik bo‘lsa-da, ortub qolurlik darajada bo‘lmaganiga ba’zi yetim, faqir va bechora bolalarni majjonoan (aqchasiz) o‘qutmoqg‘a chorasiz qolurlar. Yo‘q emas, ba’zilarinda besh-o‘n dona bor, lekin ondan ziyodasin o‘qutub, tarbiya qilmoqg‘a xorijiy boylardan va boshqalardan iona va yordam degan so‘zlar yo‘q uchun yana chorasizroq qolurlar edi. Mana bul sababdan oylik vazifa to‘lab o‘quvdan ojiz qolgan faqir va bechora bolalar ko‘cha-ko‘chalarda hayron va sargardon bo‘lub, nihol umrlarin safohatg‘a barbod berub, kattaroqlari samovorchiga chilimbardor, bedonabardor, xunukroqlari izboshchi, qorovul, bir oz sillig‘roqlari o‘zlarini tuzotub besoqol va javonlik kabi eng birinchi darajadagi hayotning havoti iffat va nomusdin va diyonat kabi islomiyatning avvalgi sinfindagi zaruriyatlardan butun xabarsiz oxiri zil va razolatga giriftor bo‘ladurg‘on amal fasodlarg‘a o‘ralibgina ketmoqdadurlar. Kichik sag‘iralari esa yong‘oq, fat-farak, dasta chikaldak kabi ajalni komidagi la’blar ila umrni o‘tkarub katta bo‘lg‘och, yana yuqoridagilarni saflarig‘a qo‘shilmoq birla mashg‘ullikda ekanliklari har bir ziy basorat adanda takror tajribaga yetmakdadur. Mana bu xil avlodi islomni kundan-kun bu xil qaboyihlarg‘a giriftor bo‘lub ketub turganidin mamlakatlarimizda kundan-kun fahsh, zino, hamr, qimor kabi islomiyatning qotili bo‘lg‘on amallar tobora ko‘paymakdadur. Bas, bularni bu amallardan saqlamoq va ul fasodlardan sof qutulmoq uchun eng avvalg‘i chora o‘shal bolalarni bir iloj qilub, oqchasiz bo‘lsa ham bir maktabni majjonoan (pulsiz) qilib qo‘yub bo‘lsa hamki, tarbiya va o‘quvg‘a boshini band qilmoq edi. Bas, bizlarda jamiyati xayriya yo‘qki, bolalarni alarni tarafidan tarbiya qilinsa. Noiloj bu sana, bu maktabni o‘qutadurg‘an muallimni vazifasini besh-o‘n nafar yoshlarimiz har tarafdan iona tariqida yig‘ub bermoqni o‘z gardanlarig‘a olub, bori yetim, faqir, oylik vazifa bermoqg‘a ojiz qolgan bolalarni tarbiya qilmoqg‘a bir qaror qildilar. Demak, bu «Dor ul-aytom»da Ho‘qandning har tarafidan o‘lsun faqir bolalarni, shubhasiz, qabul qilinadur. Faqat daftar, qalamdan boshqa kitoblarg‘acha hatto maktabdan beriladur. Yuqoridagi iona qiluvchi afandilarimizg‘a qiyosan faqir va yetim bolalarg‘a rahm va shafqatlari bori xudo va rasuldan va millatning rizolig‘i birlan dunyo va oxirat saodatlarig‘a havaskordan qarindoshlarimizg‘a bu to‘g‘rida naqadar iona va muruvvat ko‘rguzmoqlarni rijo va niyoz etamiz. Hamda har oyda jinni, fosiq, munofiq, koski, muflisi benomoz lo‘li, jo‘gi gadoylarg‘a bir tiyinlab, ikki tiyinlab, 40—50 tiyinni behudag‘a berguncha bir oydog‘i ehsonlarini jamlab, xoh oz, xoh ko‘p bu yetim bolalarin maktab mudiriga bersalar, naqadar bolalarni ilmu ma’rifatg‘a yetishmoqig‘a eng birinchi shafqatlu ota-onalaridan bo‘lur edilar. Dunyo va oxiratda ruhlari daryoyi rahmatda g‘avvos o‘lurlar edi, deb so‘zumni tamom qilurman. Lekin maktabda o‘quv boshlanmasdan avval iona qilmoqni o‘zig‘a farz darajalardan bilgan diyonatlik ba’zi ahboblarimiz har oyning oxirida yuboradurg‘on aqchalarini yozdurub qoldurg‘anlarig‘a manda alarg‘a chin qalbim ila tashakkurimni gazeta orqali e’lon qilub, va’dalarinida yozub o‘tuvni munosib ko‘raman. Toki shoyad har bir gazetani qo‘lig‘a olg‘an islom qardoshlarimiz islomiyatlari uyg‘onib, iona havasi va faqirlarning tarbiya orzusi ko‘ngillariga tushsa, xususan boyon va ahli davlatlarimizni. Maktabi «Dor ul-aytom» uchun har oyda iona beruvchilarning ionalari va ismlari: birinchi, Hoji Abdulvohid domla Homid mahrum o‘g‘lilari — ellik tiyin. Ikkinchi. Mulla Abdulaziz Abdurahmboy o‘g‘lilari — o‘ttiz tiyin. Uchinchi. Mulla To‘rajon Ahrorxon o‘g‘li — ellik tiyin. To‘rtinchi. Mirzohid Miroqilov — ellik tiyin. Beshinchi. Mulla Abdulla qori Hakimov — ellik tiyin. Oltinchi. Mulla Mirsalim qori — ellik tiyin. Ettinchi. Mirusmon Muhammad Sobiriy. Sakkizinchi. Mulla Mahmudjon Mirbarot qori o‘g‘li — qirq tiyin. To‘qqizinchi. Mulla Ahmad Oxun hoji Muhammadboyev — ellik tiyin. O‘ninchi. Mulla Abdurazzoq Mirsharif o‘g‘li — qirq tiyin. O‘n birinchi. Bo‘ronboy Mirtojiboyev — qirq tiyin. Yana ionaga qo‘shulganlari gazeta orqali e’lon qilinsa kerak. II E’tizor 60-numera «Sadoi Farg‘ona»da «Maktabi «Dor ul-aytom» unvoni bilan bir maqola yozilgan edi. Shoyad o‘quvchilarimizning diqqatlarin jalb qilgan bo‘lsa kerak. Demak, maktabi «Dor ul-aytom» Shayxulislom guzarida muhtaram janobi Mulla Alixon hojining o‘z eshik oldidagi saroylarida bo‘lub, 6 oktyabr (27-zulqa’da) shanba kunidan e’tiboran o‘quv boshlandi. Agar-chi zamon bizni bundog‘ kanoraga majbur qilgan bo‘lsa ham to‘rt-besh qadamni og‘ir qo‘rmay yo‘qlab kelgan har bir talabalarimizni kamoli shafqat va muhabbat ila qarshi olub, unutmaslik darajada xizmatlar ila, inshoollo, mamnun va sarafroz qilmoqg‘a amin va umidvordurmiz. Ushbu maktabga Ho‘qandning har bir tarafindan kelgan faqir va yetim talabalarni oyliksiz qabul qilinub, hatto ba’zi holsizlariga kitob, qalam, daftar ham maktab tarafindan berilur. Umid qilurmizki, ushbu chisla oktyabrdan maktabga kela boshlasalar. Va ham tubandagi maktabi «Dor ul-aytom»ga hadya qilgan zotlarni yozub xulus qalbimiz ila tashakkurimiza ado etamiz. Birinchi. Maktabi «Vahobiya» muallimlari muhtaram mulla Abdulvahob Al-Ibodiy hazratlari o‘z asarlari — «Tahsili alifbo» risolasindan maktabga ketarlik miqdoricha hadya qildilar. Ikkinchi. Mulla Mirsalim qori Hakimov janoblari «Etiqodot» risolasindan o‘ttiz dona hadya qildi. Uchinchi. Muallim mulla Toshpo‘lat hazratlari 1 dona doska, 1 dona parta hadya qildilar. To‘rtinchi. Nazirjon Muzaffarzoda — ellik tiyin. Beshinchi. Habibquli Nabiquliyev — qirq besh tiyin. Oltinchi. Mulla Nu’monjon Abduqodirboyev — ellik tiyin. Ettinchi. Mirzaxon hoji Xonboboyev — ellik tiyin. Sakkizinchi. Mulla Omonjon Abduljalilov — qirq tiyin. To‘qqizinchi. Mulla Ahmadjon Muhammadsharifboyev — ellik tiyin. O‘ninchi. Mulla Abdurahmon Muhammadquliboyev — ellik tiyin. O‘n birinchi. Mirzajon Kamolboyev — ellik tiyin. O‘n ikkinchi. Mulla Nosqrjon hoji Muhammadziyayev — ellik tiyin. O‘n uchinchi. Samejon Muhammadziyayev — ellik tiyin. O‘n to‘rtinchi. Abdullajon Muhammadjon attor o‘g‘li — ellik tiyin. Yana hadya qiluvchi zotlarni «Mansuriya» kitobxonasiga marhamat etmoqlarin o‘tinamiz. Mundan boshqa ham Ho‘qand yoshlaridan umidimiz zo‘rdir. Marsiya Ey qoriin gazetadagi yozuvlarina tushgan ko‘zlarimdan jigar qonlarimi chekkan edan, oyo bizga mavt ba’d ul abasmi qo‘rqunchlari bila yuraklarim titralub, aql va fikrdan begona umid va xayollarimi parishon edan, necha milyun so‘mg‘a minutini topa olmaslik qadarlik shirin bir narsadan suyukli eng yigitlik umrni kunlarin, oylarin, yillarin kiprik sekrovicha qizg‘onmay, vahshiy yoboniy oxir oqibati boshinggaki, vaqtsiz shulay margi mufojotlari arz edan, jahhol qopqora bir millata ehson va qurbon edan. Milliyat fidoiysi, ey qahramon No‘shiravon, bale seni eng muhim va eng kerakli bir vaqtda tikilub turgan qonlu ko‘zlar qoshindan kutilmagan bir fojia va vahshat qora buluti ostinda sezulmay mahv o‘lub ketuving birgina men va hozirg‘ilarg‘a emas, istiqbolda islomiyat dunyosina allanimalar umidinda otuvlon va bobolarning bugungi xizmatlarin taqab, mutolaa uchun tavorix sahoyifina ko‘zlarin solan milyun-milyun «avlodi vatan uchundan qora bila bo‘lg‘on qurbon No‘shiravon!» unvonindag‘i debochai musibat sarlavhai shahodatlaring buyuk-buyuk taassuflari tiyran-tiyran o‘y va qayg‘ularimu sabab o‘lur-o‘lmay qolmasligin seni va seni kibk chin qahramon va chin fidoyi sodiq milliyatparastlarning bu xil qurbonlari va bu xil qahramonona fidokorliklari tarix sahifasini ko‘z yoshlarin tomuzub turgan zotlarni qalbina ilhomi tiybiy hislari intibohona himmat va g‘ayratli qahramonona shijoat va jasoratlarda ta’sir etarmi qolmas, alarg‘a bu shahodatning yodgor va boisi iftixordur. Xususan ul sahoyif ichina darj o‘linmish binglab millat va vatan xodimlarining vaqtida sen va sen kibk vatan. qahramonlarining unvoni poytaxtinda oshajak va sening kabilar bila ham asir o‘luvigina millatparastliqlarina shahodat vera olur, xizmatlarin nazarina taqdim eda olur, bale, «Jon vermasa jonona qayda?!» muqaddas so‘zlari bu borinda. Birgina Midxatningda viyrug‘i jong‘a kelmish jonona bu kun milyunlarcha jonlarni tarki falak arvojida quyosh bo‘lub kurrai hayotini yoqturta! Midxat! Qimni xayolidan bir nafas yiroqdur? Ismingni xayoloti o‘lgach-da so‘ngak tufroqlarindan unutilmas. Ilohi, bu qahramonlaring avzinasina va sen kabilarni mangu firdavsa mehmon edan janobi haq jalla va Ali hazratlari maqrunlaringga «hioran jamilan» firoqingda qolonlaring sodiqona tilaklarina isol! Sening kabilarni nafsina shu qasdni tangridan ko‘z yumub edanlara har payg‘ambaring qavmina vermas balolari ato aylasun. Yashasun mangu firdavs va saning kibi millat va vatan qurbonlari! Muallim afandilarimiza ulug‘ rijomiz Mutavattin bizim musulmonlarning eng tuban darajalardagi safohat va razolat, faqir va asoratlarga giriftorlikda qolub, ba’zilari o‘z qo‘llaridagi kasb va hunarlaridan-da mahrub o‘lub, jinni va gadolik kabi insoniyat va islomiyatga xarofat yetkuradurgon a’moli zamoim va qaboyihlara asir bo‘lub ketmoqlariga eng birinchi modda millatlarin fikrig‘a olingandan «Man tashbiha quvmai fahu manha» hadisi sharifi ila nahiy munkar qilub, «Al ilmu lugon bo‘lsin» hadisi sharifining amri ma’rufni qizg‘onib, eng ichida qoldurgan nasih ulug‘ zotlar tarafindan majbur bo‘lgan johil avom, ota-onalar: «Qo‘y, o‘ruscha o‘qima! Ikki dunyoda ham rozi emasman!» — tovushlari bila siltab, qichqurub, qirq, balki ellik yildan beri vatandoshimiz va hukumatimiz o‘lgan Rusiya ila lisonda va muomalada, xususan tijoratda tanishuv-bilishuv, birlashuv yo‘llariga to‘squn bo‘lub qilgan qarshiliklarindangina iborat bo‘lub chiqadur. Holbuki, hammamizning tijoratda va muomalada hatto albisa va at’imalarda-da ehtiyojimizni kundan-kunga ortub turmoqlig‘i ko‘z oldinda quyosh kabi ko‘rinmakdadur. Mana bizim musulmonlar bu yonda qolub, kechagina kelgan ajnabiy, yahudiy va armaniylarning-da bu qadar davlat va taraqqiylarga yetishub keta qolgonlari-da zo‘r dalil bo‘lsa kerak. Demak, biz qaraylik armaniylar holina: kechagina oyog‘ida eski choruq, boshida eski telpak, ustida yirtiq palto birla olaqarg‘a kabi «qag‘! vag‘!» deb kelgan armaniy bo‘lsa, bu kun aravakashlik, ertaga kunjarafurushlik, bir haftadan keyin so‘k-sovulchilik, bir oydan keyin baqqolchilik, ikki-uch yil so‘ngida ko‘ramizki, forma boshqa, tillo soat qo‘llarida, o‘zlari obrazovanniy, falon joyda olti arshin viviska bir magazinni egasi bo‘lubgina qolurlar. Ajabo! Yahudiylar va boshqalari-da bundan iboratdir. Mana bular na uchun bu qadar tezlik bila taraqqiyga yetisha olurlar? Alarning bu xil davlatga tezdan molik o‘luvlariga eng asoslik sabab va falonlarin axtarur bo‘lsak-da vatandoshlari o‘lgan Rusiyaning lisonlari ila tanishub, balki muntazam maktablarida, dorilfununlarida tahsil etub tijorat va muomalat usullarining mukammal topmoqlarindan. Xususan Turkiston kraylariga kelganlari avval bir yil, ikki yil bizim musulmonlar orasina kirub, riyozat va mehnat ila bizim musulmonning o‘zlari va lisonlari ila tanushub, tijoratda birlashub qilgan ijtihod va g‘ayratlarindan iborat o‘lub, boylik va taraqqiylari buning orqasindadur. Yana tun-kun o‘g‘ul va qizlarini-da o‘zlari qabi maktablarda o‘qitub va tarbiya etub, kelajakdagi avlodlarining hayot yo‘llarin tuzmak uchun qo‘ldan kelgani qadar moddiy va ma’naviy yordamlarin taqsir etmay, o‘z bo‘yinlaridan milliy burchlarin ado etmoqdadirlar. Ajabo! Butun bid’at va jaholatga bo‘g‘zigacha botgan, o‘ruscha o‘quv va o‘qituvni o‘ziga ulug‘ karohatlardan sanagan bizim diyonatlik musulmonlarimiz u deydigimiz yahudiy va armaniylarga xizmat qilurga or va nomuslari kelmay, alarga tavoze qiluvni na uchun karohatlardan hisob etmaslar ekan? Yana tiyotrularda, tsirklarda artistlar bizim musulmonlarning hamyoza va kerishuvlarin bir kuni mehnat, uch kun uyqu, olti kun tamoshoda lang‘illab yuruvlarin tanqid va masxara etub ko‘rsatsalar, qo‘shilub kulushub, balki qarsak cholub, olqishlashubgina qo‘yarlar. Anglabmi, anglamaymi, — unisi ma’lum emasdir. Bu xususlarda maqolalar olam matbuotida takror-takror ko‘rilmoqda bo‘lsa hamki, o‘quv va o‘qituv ishlarida bizim Turkiston musulmonlarida jiddiyat u qadar umid kutadirgan darajalarda emasdur. Demak, hanuz bizning Turkiston musulmonlarining 30 dumog‘laridan taassuf asari u qadar zoyil o‘lmagandur. Mana, bizim qaysi bir musulmong‘a: «Siz ham o‘g‘lingizni o‘ruscha o‘qituvg‘a bering, bizg‘a oning kerakli tijorat asboblaridan biri dorilfunun tarbiya va ta’limlarin qo‘lg‘a olmoqdur. Har bir boylik va taraqqiy ilm va ma’rifatning soyasindadur. Ko‘rasizmi boshqa millatlardagi xalq ilm uchun yoshgina o‘g‘ul va qizlarin Ovro‘podan Amriqog‘a, Osiyodan Ovrupog‘a, demak, to‘rt-besh yil musofur qilub yuboralar. Loaqal siz ko‘z oldingizda bo‘lgan tuzemnicheskiy maktablarina bering! «Shoyad kelajakdagi og‘irliqlardan sizning tarbiyangiz soyasinda salomat qutqorulsun», degoningda lablarin burub ajablar qiluvlar bila «Siz menga nasihat qilg‘uncha o‘zingiz borub, tuzemniy shkolada o‘quvchi bolalarning ahvollarini ko‘ring. Avval og‘izlaridagi alfozi qabihalarni ayting! Avval ko‘chada qolgon o‘yin va to‘polonlarini va o‘tgon odamlarga qilg‘on kirdikorlarin tomosho qiling. Yoshsh hech nimani ko‘rmagan bolalarimizni axloqlari buzulub, og‘zilarida popirus, biri og‘zingga… desa, biri otangni arvohiga…, biri onangni… desa, biri hamshirangni… degan haqoratlarini ko‘ring. «O‘shandog‘ o‘qib, taraqqiy qilg‘uncha shundoqqina yurgon yaxshi», degan javoblarini eshitub, boshqa bir so‘z aytgali ojiz qoluv shubhasizdur. Mana, holbuki, har joyda yosh bolalarning sho‘xligi oddiy bir ishdir. Lekin xalqning bu asossiz taassuflarga qarshu agar u talabalar mumkin qadar muallim hazratlari tarafindan tarbiyalar etilub, pokiza axloq va asoslik odoblar ilagina tarbiya etilub, xalqning muhabbat va diqqatin jalb etuv ravishlarin va usullarin o‘rgatilub, nasihatlar etgonda edi, yuqoridagi mutaassuflarning-da topgan plonlari buzilub, yildan-yilg‘a talabalar minglab emas, balki millionlab deyurlik ko‘paymoqda. Yuzlarimiz yorug‘, tillarimiz uzayub, kelajakdagi talabalarning-da o‘quvlarina og‘zi ila mone o‘luvchi mutaassuflardan xalos topar eduk. Oktyabr inqilobi va madaniy-maorif Men o‘zim, birinchi yoqdan, yo‘qsulliqning qiyinchiliqlari, ikkinchi yoqdan, sizning yo‘qsullar bolalarin eski hukumat qisinti ostinda, inqilobiy ruh tarbiyat etuv orqasinda o‘rta maktablar tarbiyatin ko‘ra olmag‘onimg‘a ko‘ra idrok va aqlimda kamchilik ko‘p qolgon bo‘lmasa, bu Oktyabr (tufayli)dur. Inqilobg‘acha yo‘qsul mehnatkashlar huquqin himoyati uchun bir maqola (bolalardan chin inson etub yetushdirorlik bir maktab borlig‘in (haqinda)) o‘qimadim va eshitmadim: yoxud tarixlar sahifasinda bo‘lsin, mehnatkash huquqi himoyat uchun so‘g‘ishlar safinda bir boy yo bekzoda bolalari ishtirok etganin uchratmadim, balki hamon ikki mehnatkashni bir-birina qarshi qo‘yib qon to‘kdirdilar. Bir bekzodani qizin suygon uchun yo‘qsulning yoxud qo‘l-oyoqlari kunda va zanjirlarda sirilib, yag‘rin qonlarig‘a qayish, qamchilar bo‘yalib, yer yuzining eng dahshatlik yoki eng yirtqichlik to‘g‘aylarina kettirdilar. Boy og‘alar, qozizodalarg‘a o‘g‘il-qizlarin, manglay teri bilan ko‘kartirgan bog‘larin, yerlarin beruvga qarshilik keltirgani uchun shariat ismidan mal’un kofir etulub surulg‘on mehnatkashlardan boshqa kishi emas, op-ochiq bir haqiqatdir. Ya’ni ul g‘addorlarning asos maqsadlari mehnatkashlarning haq meroslari bo‘lg‘an madaniy-maorif(dan) butun-butun adashtirmoq edi. Yo‘q, haqiqat hech yo‘g‘olmas, chunki mehnat mehnatkashlarina madaniy-maoriflarin g‘addorlardan qo‘llarina oluv uchun ikkinchi bir ehtiyoj quroli va tadbiri mehnat mukofot etdikki, mehnatkashlar birlashub, yarim kuchlarin mehnat va yarim kuchlarin yo‘g‘oltqon madaniy-maorif yo‘lina sarf etuvg‘a muvaffaq bo‘ldilar va bularning bu muvaffaqiyatlarina eng birinchi yordamchi bo‘lsa, u yolg‘uz sof yuraklarindag‘i mazlumlarni zolimlar qo‘lindin ozod etmoq, o‘z haqqini o‘z xo‘jasina topshirmoq edi. Bu muvaffaqiyat qo‘zg‘olishi birinchi martaba 1871 yilda Frantsiyada bo‘ldi. Garchi Frantsiyada bo‘lg‘on mazlumlar inqilobining muvaffaqiyati zohir ko‘rinishda mendan boshqalarga zolimlar tarafinda bo‘lg‘on bo‘lsa-da, bu kungi mehnatkashlarning abadiy mas’uliyatlik bir hayotg‘a musharraf bo‘lg‘onlarin o‘lchab qarolgonda, muvaffaqiyat, haqiqat Frantsiya inqilobining qurbonlari bo‘lg‘on mazlumlari yoqda, deb hukm etmakka haqliman. Ondin so‘ng 1905 yilda bu qo‘zg‘olish davri Rusiyada boshlang‘on bo‘lsa-da, Frantsiya qonxo‘rlarindan o‘rgangan Nikolay avlodining va oning yonchilari bo‘lg‘on imomat va ruhoniylarning siyosatlari ostinda ancha uyusha olmag‘on mehnatkashlarning ikkinchi madaniy-maorif inqiloblarida temir panjaralar o‘tkur qon to‘kuvlari orqasinda yuz minglab qurbonlar berilib, muvaqqat zohir muvaffaqiyat istibdodchilar qo‘linda qoldi. Mana bu maorif inqilobining uchinchi davri, ondin so‘ng 17-yil inqilobi kelib kirgan bo‘lsa-da, men oni haqiqiy inqilob hisob eta olmayman. Chunki ul yolg‘iz mehnatkashlarni maqtovi bilan jonin oluvchi Angliyaning, Hindiston, Arabiston va Misrg‘a yillardan beri berib kelgan bo‘yoq kabi ikkinchi turli bir siyosat edi. Mana shunga tushungan Rusiya madaniy-maorif mehnatkashlari eng so‘ngg‘i inqilobi abadiy tufroq ustina tushayajak Oktyabr inqilobini flagin ko‘tardi. O‘zining ming asrlardan beri jabran g‘addorlar mulki sanalib kelgan abadiy mas’udiyat yetishuvi uchun mehnat tarafidan qurol merosni olib, o‘z avlodlari uchun qizil maorif yurtlari ochib, bolalarin o‘qitdiruv o‘z burch va muqaddas vazifalaridir. Chunki jumhuriyat yosh bo‘luvi ustina eli hukumatchilarni yetarlik etub yetishtira olgani yo‘q. Shuning bu xizmatlarin o‘tov ham qavm orasinda ong-bilim va inqilobiy hislarni taratuv uchun lozim bo‘lg‘on qurol, kishi, o‘quv yurtlar va anga kerak asbob, muallim va tashviqotchilar hozirlanmoq har qavmni o‘z tarafindan qo‘yilg‘on sho‘balarning jariyatlari hormay-tolmay ish ortindan yuruvlarina bog‘liqdir. Natijada men o‘zim shul qarorg‘a kelamanki, ayrim birodarlarimizning inqilobdan butun yiroqda yashab keluvlarina ikki zo‘r mone bor. Birisi sanoyi nafisa jumlasidan alarning ichig‘a bu kungacha qizil matbuot, qizil adabiyot va shavqli sayyor truppalar va mitinglar bo‘lmovidur. Ikkinchi ko‘pchilik yoqdan ozg‘ina bo‘lsa chetg‘a va o‘z jumhuriyatig‘a yaroqli bo‘lg‘on qo‘l hunarlarini yo‘lg‘a qo‘yuv uchun kofirativlarg‘a bog‘log‘on artellar tashkil etuvg‘a ahamiyat berilmag‘anidur. Agar qurultoy vakili shu ikki ishg‘a jiddiyat bila kirishsa, men «Madaniyatg‘a badaviyatdan vahshiyat yaqin» degan arab shoiri kabi qozoq, qoraqalpoq birodarlari orasina oz xizmatda qizil inqilobi oqa boshlasa kerak, deyman. Shu bilan so‘zimni bitirib aytaman — dunyoning eng puchmog‘ina zolim g‘addorlar tazlimindin quvulg‘on mehnatkashlarni himoyat etgan Uchunchi Baynalmilal edi. Abadiy mas’udiyatg‘a yetishub, butun dunyo qizil mehnatkashlari uchqundirgon madaniy-maorifni qo‘lg‘a oldi. Mana sizg‘a madaniy-maorifning bilimimg‘a yarasha tushundig‘im va nuqsonlarima yarasha so‘yliy bildig‘im madaniy-maorif qisqacha tarixi. Endi, keling, hozir qizil madaniy-maorifning mehnatkashlarg‘a na xizmat etajag‘i, na foyda keturgoni va ketirajag‘i haqina. Hozirg‘i qizil madaniy-maorif bora-bora bizlarni mehnat qurollig‘idan, eski vahshiy turmush, zaharli odat(dan) bus-butun qutqazib, yerimizni jannat, avlodimizni ong huru g‘ilmonlari etib yetishurajaq bir vositalig‘ina har bir inqilobchining zarra qadar o‘lsun shubhasi yo‘qdir. Shuning uchun hozirg‘i maktablar butun eski xurofotlar quvulub, oning o‘rnina mehnat asosi bila tuzilg‘on o‘quv-o‘qituv programm bilan, mehnatning madaniy ravishdag‘i usulda amaliy o‘yranub, san’at va ma’rifat ikkisin bir yo‘lda olib chiquv qurollari bilan tutdirilg‘ondir. Bu mehnat madaniy-maorifning o‘quv yurtlarina kirmagan mehnatkash bolalari qolmog‘on shekilli dunyodagi har ilmi juzv, har bir san’atdan qo‘li ishsiz hech bir mehnatkash bolasi qolmayajaqdir hamda ishonura olaman. Shu mehnat qizil madaniy-maorif inqilobining qonli sanjog‘i ostina jiynalg‘on qizil mehnatkashlarning eng so‘ngg‘i inqilob armiyasining g‘ilofindan sug‘urulg‘an qilichlari butun dunyo mehnatkashlarining avlodig‘a bir negiz muyassar etmaguncha qaytib g‘ilofina kirmayajakdur. Chunki buning samaralari hozir Xorazmday har bir jumhuriyatda ko‘rila boshlagani kabi Germaniya, Frantsiya, Angliya va al-hosil jumhuriyatlardan boshqa har bir mustamlakalarga ham qizil maorifning intibox davri kira boshladi. Endi kelaylik biz Xorazmg‘a. Xorazm mehnatkashlari orasinda qizil maorif intibohi taraldimi? Albatta, man munga «hozir yo‘q» deb javob beraman. Chunki munga ko‘p sabablar bor. Birinchi yoqdan, temir yo‘llar bo‘lib, ikkinchi (yoqdan) mehnatkash inqilobchilarning qatnamag‘oni, o‘z elidan mehnatkash inqilobchilar yetishmagani, alalxusus, eski vaqtlardan qat’iy nazar shu kunlarda bo‘lsa ham qatnag‘anlar va hukumatning iqtisodiy jihatlari moddiy zo‘r moneliklar ketirub, boshqa jumhuriyatlar kabi tashviqot qurslari, mitinglar, majlislar, teatrlar, kechalar, qizil choyxonalardagi savodsiz mehnatkashlarni fikrlarin, sirlarin to‘playajak; hislarin, ko‘zlarin ochajak. Hozirgi qizil inqilob boruvi uchun eng avvalg‘i qurol bo‘lg‘on qizil maorif bayrog‘i bila tiyishi qadar tanishdirarg‘a vaqt, imkon bo‘lmadi. Vaqt, imkon berganda, ishchilar yetishmadi. Albatta, shundan buyon markaz qo‘mita firqasining yangi tutqon iqtisodiy yo‘llarini ko‘z oldina keturganda, tez aroda yo‘lg‘a qo‘yilajag‘i shubhasiz, deb bildim. Endi kelaylik Xorazm, turkman, qoraqalpoq birodarlarimizg‘a. Bular to‘g‘risina kelganda shuni ayta olaman: yuqorida aytub o‘tganimcha, bu inqilob mehnat inqilobi bo‘lg‘oni uchun munda shu inqilobg‘a qarshu kishilardan boshqa har bir kishi millat ayurmasina qaramasdan, shu mehnat inqilobining qizil madaniy-maorifig‘a haqli bo‘lg‘oni kabi har bir jumhuriyatda yashab turgan qardoshlar uyushib… Tarjimai hol Otam Niyoz o‘g‘li 1836 yilda tug‘ilib, 16 yoshinda dehqonlig‘in tashlab, Buxoroga borib, eskicha xalq do‘qtiri bo‘lub qaytg‘andur. Shu yili Avvalda mening onamga uylanib, Ho‘qand kelib turg‘un bo‘lgandur. Mana men shul oiladan 1889 yilda tug‘ulib, otam o‘qimishli bo‘lsin uchun 1898 yilda o‘zbekcha, forschaga tom savodli bo‘lib, 1899 yildan 1906 yilg‘acha madrasada eski usul bilan dars o‘qishda davom etdim. 1907 yili, otam haj ketishi munosabati ilan, birga Qashqarg‘acha uzatish munosabatila sayohatga borib, birinchi martaba «Vaqt», «Boqchasaroy» gazetalarini o‘qishga shundan o‘rganib qaytdim. Shundan boshlab kundan-kun eski xurofotlarni, madrasa o‘qishlarini, xalq tirikchiligidag‘i o‘zgarishlarni, madaniyat, iqtisod degan masalalarni tekshirishga kira boshladim. Madrasani tashlab, biror tomong‘a ketib o‘qush havasi menda naqadar kuchli bo‘lsa, otam shu zamonning eng faqir kishilaridan bo‘lg‘an uchun iqtisod meni shu qadar kuchsiz qiladur edi. Lekin musiqaviy lahn (ashula tuyg‘usi), she’r yozishga dardlanish tag‘in eskiroqdur. 1897, 1898 yillardan oila ichinda masnaviy, Hofiz, Bedil, Yusuf Ahmad kabi she’riy risolalarni ota, onalarg‘a o‘qub berishda o‘rnashgandurki, 1905 yil yapon muhobirasi uchun lahn yozilg‘an bir she’rim, 1899—1900 yillarda yozilg‘an she’riy yozishmalarim saqlanib keladur. Axiyri 1908 yilda Namangan borib, 7—8 oy tahsil etganimdan so‘ng hozirgi maorif (Namanganda) rahbari Abdulla To‘qmullin bilan tasodif etib, undan yaxshi rahbarliklar oldim. Ul menim qo‘limda o‘z qalamim bilan yuz sahifadin ortig‘roq eski usuldag‘i she’riy yozishmalarimi ko‘rub, tarbiyag‘a kirishdi. Menim tashabbusim bilan shunda 16 kishilik qurs ochib, Hodi Maqsudiyning arabiy lisonindagi hisoblariga o‘xshash asaridan 3 oy davomda o‘rtachaga yaqin arabchadan, uchinchi sinfga boshqa fanlardan hozirlana oldim. Shul vaqtda otamg‘a yozg‘an arabcha maktublarim butunisicha saqlanib keladur. 1905 yil rabochiy inqilobini ham men shunda o‘rgandim. Qo‘l matbaasi bilan mayda risolacha, e’lonlar chiqarib turuvchi bir tatar yigiti bo‘lub, men har haftada bir-ikki uning bilan suhbat qiladur edim. Ul meni xiyli dardlag‘an bo‘lsa kerak, shul kundan boshlab, eski podsholar turmushidan bir «Haqiqat kimda?» ismli havosiz operalik roman yozg‘an edim, o‘g‘urlatdim, bugunki, topilmaydir. Bundan buyong‘i she’rlarim milliy va inqilobiy tuslarin ola boshladi. 1909 yilda Buxorog‘a Ikromcha domlada arabchani tamomlash uchun bordim, lekin mumkin bo‘lmadi. Chunki buxoroliklar bilan shialar janjali bo‘lub, Kogon matbaasida qochib bir oy ishlab, Toshkand keldim. Shu kundan boshlab milliy anjumanlarg‘a qatnasha boshladim. 1910 yilda Qashqar darvoza mahallasida birinchi marta usul savtiya maktabi ochdim. Shu kundan muallimlikka kirishdim. 1911 yilda Ho‘qandda ochib, bir yil davom etgandan keyin, 50 so‘m aqcha to‘plab, Afg‘oniston, Hinduston, Makka, Madina, Shom, Beyrut bilan sayohat qilib, Stambulg‘a o‘qishg‘a kelgan bo‘lsam ham, o‘zim biletsiz qochib borg‘an uchun, otam hamda bir rus qizidin uylang‘an oilam yuborgan ochulik xatlaridan qo‘rqub, qaytdim. 1914 yillarning oxirlarinda hozirgi «Farg‘ona» gazetasining muharriri o‘rtoq Oxundiylarning g‘ayrati bilan Marg‘ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oyg‘acha bormay, Andreev ismindag‘i Skobel maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi. Bunga sabab Marg‘ilonda avvaldin davom etib turgan maktab hamda tuzemniy — rus maktabi muallimi Qudratilla qorining Andreevga berib turgan axboridir. Undan yana Ho‘qand kelib, bir qancha o‘zimga yaqin kishilar to‘plab, ularning yordami bilan yo‘qsul bolalar uchun pulsiz o‘qutush maktabi ochdim. 20—30 keyin 15—16 kishi bir oygina yordam berdilar; o‘zim 4 oycha davom ettirgandan keyin, uyaz nachalnigi (Medinskiy) tomonidan tintuv bo‘lub, yopildi. Lekin hech bir qanday qog‘ozlarim qo‘liga tushmag‘an uchun qamalmay qutuldim. Hozirda ham shul iona varaqlar imzolar bilan saqlanadur. Undan so‘ng kechki qurs davom ettirub yurub, 1915 yilda yana majlis chaqirib, kitobxona, qiroatxona kabi masalalarni hal qilib, «G‘ayrat» isminda kitobxona ochdirdim. Bundin maqsad bugungacha yozilg‘an asarlarimi ba’zilarin o‘z sarmoyam bilan bosdirg‘an bo‘lsam ham, ular maydaroq bo‘lub, boshqalarin shul kitobxona ismindin bosdirish edi. Lekin kitobxonamiz ochilg‘andan so‘ng, 1910 yildan beri menim majlis va maktablarimg‘a butun kuchi bilan qarshi kelib turg‘an boyvachcha unsurlar kirib qolib, asarlarim uyonda tursin, o‘zimni ham surub chiqardilar. Hozirda materialim bilan birga biluvchi hayot kishilar hammalari deyarlik bordur. 1917 yilg‘acha asarlarimni bosdirish, asar yozish, gazetaga maqola yozish, loshmon voqealari haqida turli majlislar qilish bilan davom etdim. 1917 yil fevral inqilobi kirgandan keyin turli tashkilotlarda xizmat qilib yurib kelganman. «Kengash» isminda jurnal chiqardim. «Kengash»ning 2-nomerig‘a yoziladurgan ba’zi maqolalarimning boylar, ulamolar shaxsiga doir bo‘lg‘ang‘a boyvachcha unsurlar qarshi turub, meni chiqardilar. Undan so‘ng o‘zim alohida tashkilot ochib, «Hurriyat» jurnali chiqardim. Bu ham shunday qarshulik orqasinda 5-nomeridayoq mendan oldilar. Undan so‘ng, potrebitel ochdik. Undan ham maqsad kambag‘allarni to‘plash edi. U ham qo‘ldan ko‘chdi. Undan Sho‘roi islomning ozuqa sho‘basiga kirib olib, Ittihod ta’min jamiyati tashkil etdik. Bir yoqda 1917 yilning 28 mayida Qalandarxonada 400 ga yaqin rabochiylarni to‘plab, zo‘r namoyish qilib, rabochiy, mehnatkashlar jamiyati tashkil qildik. Axiyri bunga ham boyvachcha unsurlar kirib, buni ham bulg‘ashtirdilar. Bugungacha davom etmoqda bo‘lg‘an «to‘rtinchi»lik unvonining bosh muassislari shul tashkilotdir. Hozirda menda da’vatnomalari saqlanadur. Undan so‘ng, maqsadim bo‘lmag‘ach, Turkiston ketdim. Turkistonda Qalmikov degan bir zavod rabochiysi bilan o‘zimi ovundirib, soat kutadur edim. Oz o‘tmay, Oktyabr inqilobi boshlandi. 1918 yil Ho‘qandda muallimlikda davom etdim. Undan Skobelga yuborildim. Skobelda nahori maktabda davom etdim …lekin undan chiqib, Skobeldagi madaniy-maorif tashkilotig‘a kirib, muzika to‘dasining yonida teatr to‘dasi tuzdim. Shu kundan boshlab Sayyoriy truppa ishig‘a aylanib, bir tomonda, rejissorlik, artistlik, suflyorlik, ikkinchi tomondan, muallimlik, tashviqotchilik, muharrirlik bilan Qizil arvot frontig‘acha borib, 1920 yilg‘acha harbiy tashviqot-targ‘ibot bo‘limlari qaramog‘inda xizmatlar etib keldim. 1920 yilda yana Ho‘qand kelib, firqaga kirib, yana maorif qaramog‘inda internat mudirligi, muallimlik, rejissorlik bilan davom etib, Farg‘ona frontlarida xizmat etdim. 1921 yilda bosmachilar haqlarida yozilg‘an asarlarim, havolarim, she’r, maqolalarim haqinda chidamay ochiq hujumga tiklanganlarin bilib, Farg‘ona obkomi (orqali) Buxoro va Xorazmga sanoyi nafisa materiallari to‘plamoq uchun komandirovka qilindim. Buxoroda maorif, harbiy agitprop qo‘lida truppa tashkil qilib, Buxoro mahkamalarida 1921 yil oxirig‘acha xizmat qildim. Sentyabrda tif bilan og‘rib, Toshkand kelib, noyabrda Xorazm ketdim. Xorazmda profsoyuzning madaniy-maorif sho‘basida 1922 yilg‘acha xizmat qilib, undan maorifg‘a olinib, teatr ishlariga, agitpropga o‘tib, xizmat qildim. Undan o‘z xohishimcha o‘zbek adabiyotidan foydalanish uchun Xo‘jayli viloyatig‘a komandirovka bo‘ldim. Xo‘jaylida 1924 yilning iyul oylarig‘acha qozoq internatida davom etib, 1924 yil iyulda Farg‘ona obkomi ham oblispolkomi tomonidan yuborilg‘an telegram va kishilar bilan Farg‘ona obkom ham oblispolkom ixtiyoriga qaytdim. 1924 yil sentyabridan Farg‘ona maorif qo‘mitasi qaramog‘indagi ong-bilim sho‘ba muovini tayin bo‘lub, bir tomondan, Farg‘ona sayyor truppasi tashkil etdim. 1925 yil sentyabriga qadar otpuska olg‘an so‘ng (1912 yildan 1925 yilgacha olgan istirohatim shul), markaz maorif vakolatiga borib, ishdan charchag‘anim hamda tabiatimdagi kompozitorlikni o‘sdirish hamda bugunga qadar yig‘ilg‘an materiallarni yo‘qolg‘andan qolg‘anlarin radlash hamda o‘zimning asarlarimni to‘plash xususinda arizalar berib, o‘zimni bo‘shatdim. 1925 yil 10 avgust oyinda bo‘shalgandan beri Farg‘ona tumanining Avval qishlog‘ida mahallaga rahbarlik, qizil choyxona, ko‘pruk, mana shunga o‘xshash qishloq xo‘jaligi ro‘zg‘ori, madaniy, siyosiy onglarig‘a taallug‘i bo‘lgan xizmatda davom etib kelmoqdaman. Qishloqda turushdan maqsadim: qishloq ro‘zg‘ori, tabiat boyligi bilan tanishuv bilan birlikda qishloq turmushidan sahnalarga pesa hozirlamoqdir. Mana, menim hozirgi qisqa mufassal tarjimai holim. Kengroq tarjimai holim haqinda ba’zi jurnallardan maktub orqali so‘ramoqdadurlar. Ba’zilarin jurnaldan ko‘rish mumkin bo‘lg‘andek, yaqinlarda o‘rtachagina bu haqda o‘zim bir roman yozmoq o‘yindadurman. Uch karnakka bir puf! Yigirmanchi yilda, bilmayman, qanday bir kuchga tayangan, shu Q. degan go‘rkov menim «Farg‘ona fojialarim» uchun chuqurgina bir go‘r kavlaganini «Turkiston» gazetasini …-numerina yozg‘on edi. Bugungacha eplab ko‘molmagan Q. tuyamijoz yana 375-«Turkiston»da qaytarub bir chaynadi. Bilmadim, shu to‘rt yil orasida hazm qilolmadimi yo janozadan to‘n tegmadimi? Bu bir. Endi asarlar-da chaynab-chaynab bo‘lgandan keyin o‘yunchilar to‘dasiga ham bir tish boturub ko‘rdi. Muzofot qulog‘iga: «Bu truppaga bir tiyin berish harom», deb bir fatvo azonini ham qichqurub qo‘ydi. «Guftam amak» degan tojikdi maqolidan, loaqal o‘zi bilmasaydim so‘ragoni odam topulmaganidak. Haqiqatda shu kungi o‘ynagan artistlar muzofot truppasimidi yoki havaskor truppasimidi, — muzofot markazida turub, shuni bilmapti. Umas-bumas, «Murod az xatmi xudoi osh xo‘rdan», degandek, ish muzofot truppasi bo‘lsun-bo‘lmasun Hamzani «Farg‘ona fojiasi» o‘ynalgan edi. Shuni o‘zi zo‘r dastmoya durur. Endi …-numer «Farg‘ona»da muzofot qulog‘ig‘a avvalg‘i azon takbirini tushirdi. Chini bilan janoza marosimini endi yozsa kerak. Ko‘nglingga o‘turmagan bir odamni asarini yoki o‘zini ko‘zda tutub, yangigina oyoqqa bosib kelib turgan bir tashkilotni ruhini tushuruv va muzofot bilan truppa orasiga arra soluv o‘z vijdoning qoshinda qanday? Ikkinchi, avvalam bor bugungacha O‘zbekistonda vijdonan taqlidga majburlanuvdan boshqa sanoyi nafisa qurslarini biror sinfini bo‘lsa ham bitirub qochgan artist topiladimi? Xayr, bu ham tursin. 6 sentyabrdan berli tashkilot ishiga kirishgan edim. U qadar muzofot aqchasig‘a iching yonar ekan. Bugunga qadar uzun quloqdan «Chorgoh» mashq qilib yurmay, truppa tashkilotchisi bilan musohabada bo‘lub, muzofot bilan tashkilotlar orasindag‘i ahvol bilan tanishdingmi? Uchinchi, loaqal uzun quloqdan bo‘lsayam ne uchun truppag‘a savzifurush, choyfurush, tag‘in allanimafurushlari kirub qoluvindan tashkilotchi bilan musohabaga senga majburiyat ko‘rinmadimi? To‘rtinchi. «Qo‘pol tarjimalar», deganing to‘g‘rimi? Chunki meni sanchalik o‘rta ma’lumotimni yo‘qlig‘ig‘a ko‘ra avomparast qoluvim orqasindag‘i g‘arblilar adabiyotiga tarjimon bo‘la olmay qoldim, ya’ni Toshsoy… yo‘lida o‘sgan dehqon uchun qulog‘i eshutmagan, dengiz to‘lquni bilan tag‘in allanarsaga ketdi. Garchi chiroylik she’rlar yozishdan ojiz bo‘lg‘onim 6 yildur, qalamimni sindirdim, ammo Ozarbayjon pesalari nima sababdan o‘ynaluvi haqinda shoyadki o‘zingg‘a ma’lumdur. Bugun sanga o‘xshagan qalam xo‘jalarini o‘z qalami o‘zbek turmushinda yozg‘on pesalari bilan o‘z truppasini yashatmoq va tashkilot ichinda muhim odamlarni bo‘luvi lozimlig‘i haqinda muzofot qulog‘ig‘a qichqirmoq buyuk vazifasi emasmidiki, oni o‘rnig‘a hayit karnay chalursan. Xutbadan murod nima? Bunday muhim vaqtda bu xil muhim mayealalarni qo‘zg‘atmoq ulug‘ zaruriyotdandur. Muhtaram ulamoi kiromlarimizni ham ortuqcha munozaralar o‘rnig‘a mundoq masalalarni har bir tarafin muhokama qilub, xatosiga, afu savobiga ijdihot etmaklari diniy ulug‘ vazifalardandur. O‘z ko‘zum birla ko‘rdig‘im va qulog‘im birla eshitdig‘imcha, Arabistonda har yerda xutba o‘qilur. Imom «Alhamdulloh, alhamdulilloh, alhamdulillohi lazi haddono alal islom», desa, arablar: «Nahmiduhu va nashkuruhu va numinu bihu», — derlar. Imom: «Ashhadu anna loiloha ilolloh», demak, barobar qichqirishub, «Va ashhadu anna Muhammadin abduhu va rasuluhu», derlar. Imom: «Innalohu va malaykatu-hu yasiluna alan nabiyan yo ayyuhallazina omanihu va salihu», demak, barobar gurullashub, «Sallallohu taolo alayhi va ala ashobihi ajmain», derlar. Imom: «Ayuhannos… dedimi, «labbayk», derlar-da kecha yarimi kabi bir tinchlik hosil bo‘lub ketar hamda some’lik vazifasin ado etuvga kirishur. Sahar murg‘i kabi maqom maqomida «Omano… sadaqno… naama… sadaqa rasulillo…» kabi anda-munda qabuliyat tovushlari eshitulub turur. Imom: «Ollohuma ag‘firli…» duosin biturgach, oxirinda gurullashib, barobar «Omin yo rabbil olamin», deb takbirdan so‘ng namozg‘a kirishurlar. Mana bular na uchun bundog‘ tovush etub tururlar. Albatta, xutbani nimadan iborat ekanlig‘in onglar va buni hech kim inkor etmasa kerak. Ammo, bizim Turkistonda tillari turk va fors uchunmi «Ayyuhannos» nidosiga «labbayk» o‘rniga sukut etub, devor yoki ustunga suyonub uxlovga, albatta, majburdurlar. «Do‘koningizi berkiting, azon aytdi», deganda, «Ey, hali xutba o‘qiydi, vaqt uzoq» yoki «Falon masjidga boraylik», deganda, «Ey, ul bo‘lmaydi imomini ovozi sovuq, juda xutbani uzun o‘qiydi…», — degan javoblarni ayb etuvga haqiqimiz bormi? Gunohkor soniy olamizmi? Albatta, yo‘q! Chunki xalqimizni yuzdan to‘qson beshi avom. Bul avomlar na maktabda muallimdan, na uyda ota-onadan, na mahallada yurub, biror majlisda imom hazratdan jum’a bayrami va xutba xususinda ochuq bir ma’lumot olgan yo‘q. Demak, xutbani tinglovni vojibotindan mutlaq deyarli xabarsizdurlar. Holbuki, imomlarimiz orasinda ham ikki-uch ming kishiga qarab xutba o‘qurkan, «ayyuhannos» nidosidan maqsad na ekonlig‘in anglovchilari yo‘q, demakg‘a mumkin. Na uchun agar bilsalar edi, bu vaqtgacha bunday muhim masalani qo‘zg‘aturg‘a kirishur edilar. El turk va forsiy ekan, «ayyuhannos» nidosi o‘rniga «ey, xaloyiq» deb qilg‘on targ‘ib va taklif umuri shar’i va ahkomi islomni o‘z shevasina ko‘chirub so‘zlar edilar. Amri ma’ruf ila ogoh etar uchun lozim tutilgan ilojga yopishur edilar yoki turkiy o‘quv mone ekon, el arabchani anglamas ekon, xutbani hamdu sifot ila tamom etar, turk vojibotig‘a parishon so‘zlab, gunohkor bo‘lmog‘iga sababkor bo‘lmas edilar. Demakki, xutbadan murod mahotibinni zakot, sadaqat, aqida va ibodat kabi diniy va milliy a’molga taklif etuv ekon, hamdu sifot ba’dinda o‘qiladurgan «ayyuhannos» xitobindan boshlab turkiy yerda turkiy, forsiy yerda forsiy o‘qub tinglatuv vojibatin ma’sum elni gardanidan ado etuvga qottuq bir mone bormi yoxud «turkiy tili makruh» degan asossiz xitoblarga sukut etamizmi? Ajabo, haqiqatmi, bo‘htonmi, bois ittifoqmi, nifoqmi? Bu kungi 200 millyunni tashkil etub turgan turk va fors o‘g‘li asri saodatda huzuri 30 risolatpanohda bo‘lsa, janob payg‘ambarimiz xutbani arabiy o‘qurmidilar? Yoxud san turk, san fors, deb mutlaq ajraturmidilar yoki bir chorasiga, ya’ni turkiy va forsiy ham o‘quvga kirishurmidilar? Mana, savolning muhim yeri bundadur! Ishda agarda bu masala bizda avvalroq hal bo‘lgan bo‘lur edi. Bu kungi hurriyat olaminda ittifoq va ittihod, alalxusus, hozirg‘i diniy va milliy kamchidiklarimizga eng birinchi moddiy quvvat bo‘lgan zakot va sadaqot to‘g‘risinda hech shoshilmagan va bu xil o‘rinsiz ixtiloflarga to‘qunmagan bo‘lur edik hamda yuzdan to‘qson beshni tashkil qilgan xat va savodsiz xalqimizga bu kunlarni anglatur uchun xitobnoma, jarchi, voiz, falon va kazolarga tirolmas edik. 3000—5000 lab xalqimizni minbar tagiga yig‘ub, some’likka qo‘shub turgan haftalik bu fursatlarda «ayyuhannos» o‘rniga imomlarimiz «ey, xaloyiqlar», der edilar-da, bu kunga qadrlik kunlarda har kishini o‘ziga loyiq buyurulgan diniy xizmatlarni tushundurur, ijroi shar’i va targ‘ibi ahkomi islomga bo‘yunsunub bir-biri bila ittifoq va ittihodda bo‘luvni qadrlik kunda diniy va milliy huquqni tanuvni «Sho‘roi islom» bayrog‘i ostig‘a yig‘ilishub ish qiluvni taklif va tavsiya etar edilar. Og‘urliklar bizdan ko‘tarilub, har bir ishimiz ixtilofsiz, narsasiz o‘z o‘rnida qaror olgan bo‘lur edi. Emdi hamdu sifotdan boshqa maqsadni turkiy o‘quvga qottuq bir mone yo‘q ekan, bu amalning mumkin qadar ijro etuvga kirishmoq kerak. Xutba turkiy o‘qilursa, samavorlardagi Jamshid hikoyasig‘a yig‘ulgan xalq, albatta, jum’a kungi bayram munosabati bilan jum’a o‘qilaturgan jomelarimizda xalq soat o‘nlardagina to‘planub-to‘luviga, albatta, ishona olurmiz va buning so‘ng‘ida yuqoridagi maqsadlarga noil bo‘lurmiz. Bu xususda muhtaram ulamolarimizning javoblarin kutamiz va jurnalimiz sahifalari ulamolarimizning shaqqalari uchun har doim ochuqdur. Yavmul-vafot Bori yer yuzinda totorlargagina xos emas, balki butun ahli islomga barobar ta’sir qilgon furqat vajhidalig‘dan motamlik bir kun yetdi, desak-da, marhum va mag‘fur Ismoilbek otomizning yavmul-vafoti kunidur. O‘zini inson ekonlig‘in haqiqiy ko‘z bila ko‘rgondan beri butun Rusiya musulmonlari orasiga maorif dengizini oquzmoq va toshzorlarni sabzazor etmoq murodida qorshudagi «sadd» bo‘lgon ba’zi nifoq, g‘aflat va jaholat kabi hisobsiz tizilgon eng zo‘r kotta tog‘larni yolg‘uz o‘zi Farhod kabi ijtihod va g‘ayrat teshasi bila buzub tekiz qilgon zot-da bu marhum va mag‘fur Ismoilbek hazratlari edi. Bu xususlarda har bir tarafdan kelodurgon tiyri ta’n va sangi malomatlar uchun-da: hamma dindosh va millatdoshlari o‘lgon ahli islomning yoshlarig‘a qalqon bo‘lub, o‘zining hayoti uchun eng birinchi darajada farz va lozim o‘lgon tubandagi uyqu va rohatidan, tandagi tarbiya va farog‘atdan voz kechib, uzoq yo‘llarimizni yaqin va kechalarimizni kunduz qilgon zot-da bu marhum va mag‘fur Ismoilbek hazratlari edi. Dunyo yuzida bori oltmish olti sanagina yoshomoqi borasinda milyun-milyun musulmon va muslima sag‘ira va kabiralarga haqiqiy bir ota bo‘luv munosabati-la arolarindag‘i vahshat va g‘aflatni pora-pora qilub, xurshidi ilm va mahtobi ma’rifatni ziyo va nurini sahulatlik ila boshimizg‘a tushirub, bir-birimizni 30 tanishdurgon zot-da bu marhum va mag‘fur Ismoilbek hazratlari edi. Butun xurofotga qadam qo‘yo boshlagon maydoni insoniyatning avvalgi sinfidagi islom saflarini boshqadan isloh qilub, bir intizomg‘a kirguzmoq uchun tovushsiz nutqlari, qanotsiz «Tarjimon»i, ruhsiz qalamining vositasi bila oralaridagi kamchiliklarni bildurub, ilmi iqtisod, chin maishat va hayot yo‘llarini tuzgon zot-da marhum va mag‘fur Ismoilbek hazratlari edi. Haqiqiy bu inson ashrofuz-zot, xodim ud-din va-l-millatning millat yo‘lidagi garchi zohirda tig‘siz qurbon o‘lgon zot-da bu marhum va mag‘fur Ismoilbek hazratlari edi. Oh! Milyun oqchalarning quvvati va milyun musulmonlarning aqli va fikru ijtihodi bila muyassar o‘lmagon sahulatliklarni maydona qo‘yub qo‘ymoq uchun minuti gavharg‘a topilmaydurgon qadrlik umrini 40—50 sanasini millat yo‘liga qurbon etub yuborgon, so‘ngg‘i umum kelodurgon avlodlarini mehnatdan qutqazmoq uchun bahodirona jonini fido qilg‘on bu ma’naviy otaning xizmat va sadoqatlarini qaysi bir inson ko‘nglidan unuta olsun?! Yo‘q, agarda mundog‘ zotlarning dunyo oxirig‘acha bor bo‘lmog‘i uchun umrini, ya’ni jonni badal qilmoqg‘a iloj va chora bo‘lsa edi, yolg‘uz Turkistonda emas, balki totor dunyosindan har kun minglabgina qudumiga jonini ansor qilg‘uchilar chiqub tururlar edi! Bu choralar bo‘lmagonga qorshu: chin sodiq va muhib o‘lgon har bir inson mundog‘ ma’naviy otaning xizmatlarini unutmay, har namoz so‘ngg‘ida bir-ikki minutgina tavaqquf qilub, besh-to‘rt oyati Qur’on o‘qub, pok ruhig‘a hadya qilub, ajdod va abo’larig‘a rahmat va avlodi aqrabolariga janobi haqdan sabri jamil tilamoqni din va millat tarafindan o‘zig‘a bir umr burch va vazifalardan, deb bilsalar kerak. Dilda afsus, tilda sano va duo bila bu kung‘i milliy motamni kamoli ta’zim va takrim ila ado etduk. Iloho, illo taborak va taolo bu otamizning haqina barcha musulmon bolalarining duosi xayrlarin qabul etub, pok ruhini jannatul firdavsga mehmon edub, avlodlarig‘a sabri jamil va ajri azim ato aylasun. Yigitlar tovushi Ko‘p uzoq emas, 1908 yillarda ham madrasada o‘qub yurgan vaqtimizda gazet-jurnallarni birovlar nomiga yozdurub olub, qo‘ltig‘imizga yoshurub, shul madrasaning qozon qo‘yadigan qorong‘u hujralarinda eshikni ichidan beklab, o‘shanda ham qo‘rqub-qo‘rqub o‘qur edik. Shunda gazetalarda totor qizlarining muallima va shoira va muharrirlari tarafindan turmush haqindag‘i har xil shirin va quvonchli maqola, feleton va she’rlarni o‘qub bo‘lganda, shu qorong‘u hujraning devoriga suyanub, soatlarcha bu haqiqiy ilm-maorifdan mahrum qolg‘an Turkistonimizning xotin-qizlari haqinda o‘ylanub-o‘ylanub kechurgan fojiona o‘sha hollarimni ko‘rgan inson bolasi meni jonsiz, muzeylarga qotirub qo‘yg‘on quruq bir haykaldan ajrata olmas edi. Albatta, u holda fikrimdan kechgan nimarsalarni bayon qiluv u tarafda tursun, bu oz muddat ichida amaliy suratda nihoyat tez va yaxshi bir usul bila amalga qo‘yulub keta boshlag‘onlig‘ini ko‘z bila ko‘rila boshladi. Gazetalarda «Xotin-qiz tovushi» sarlavhasi bilan Turkiston qizlari-da o‘zlarining huquqi nisvon va hayotlarining achchiq va shirinlig‘i to‘g‘risinda har bir maqola va she’rlar ko‘rila boshladi. Albatta, xalq uchun qayg‘urub yurgan, bir kamchilikni o‘zi hayot vaqtinda ko‘zi ila ko‘rgan kishining naqadar shodliqni yozub bitira olmasligi har kimni ma’naviyidur. Shuning uchun so‘zni har biridan tutub ola-bula qilub yozsam ham maqsaddan debochani ko‘payib ketuvin nazardagina tutub, boshqa so‘zni keyinga qoldurub, muddaoni yozarg‘a tutildim. 45-numer «Ishtirokiyun» sahifasinda «Xotin-qiz tovushi» sarlavhasi bila Qunduzxonim tarafindan bir maqola jozibona ko‘rildiki, bu maqola naqadar sodda va qisqa ko‘rilsa ham ma’no jihatidan zo‘r fikr va uzoq tasvirlarni xayol manzaralarinda javlon ettiradur. Qunduzxonim[ning] shu maqolalari yana madaniy bir hayot uchun Turkiston turklarining qiz-yigitlari orasiga o‘quv qayg‘usindan boshqa bir qancha yordam ko‘rsatadurgan alarni bir-bir izoh qiluv uchun necha bob va necha fasllardan iborat bo‘lgan bir zo‘r kitoblarni yozub anglaturga ehtiyoj voqe o‘lur. Shuning uchun men bu yerda bir-ikki qisqaroq amaliy foydalarindan yozib o‘tuvni lozim topaman. Qunduzxonimning bu yozg‘on maqolasiga ergashib, albatta, boshqa xonimlar ham o‘zlarining biror jihat bila olar tarafindan majburiy yoki asossiz paranji-chimmat xosiyati bilan maslak va ideyol, ilm va xayollariga qarshu biror johilning to‘riga tushub qoluvidan mumkin qadar ehtiyotlanub, mana shunday gazeta sahifalari munosabati ila (vaqtincha bo‘lsa kerak) istaganlariga yozishub chiqishurlar-da hayotlari har qanday fojialardan muhofaza o‘lur. Ikkinchi tarafdan, Qunduzxonim aytganlaridak, «o‘zimizda yo‘q!» deb biror rus orzu ila deylik serfudra (upa) muxorkalarin sovuqlarda teatrxona va burchaklarinda qorin och, dir-dir qoltirab, poylab o‘ltiruv o‘rniga bunday bo‘sh vaqtlarni tahsili ilm va qiroatga sarf qilib, ana shunday puchmoqlardan o‘z g‘ayrat va ijtihodlari bilan tayyorlanub chiqqan qahramon turk qizlari bila uylanuvg‘a sa’y qilurlar. Qunduzxonim, sizning bu maqolangizi man vaqti bila tabrik etib, bo‘lim-bo‘lim izohlar beruvga va’dalar beruvim ila barobarinda yuragimdagi bir muddaoni yozib o‘taman. Ota-ona taassufi va hukumat istibdodi, faqirlik, bir tarafin ochib aytganda, dangasalik bo‘lib, u qadar yuqori maktablarni tamom qilmag‘on bo‘lsa hamki, sizga o‘xshash sa’y va hayratlanub alifbosi orqasinda chala-pula o‘quv, yozuvni tonuv barobarinda zamona vajohi va tarbiyasiga muvofiq uncha-muncha ermak kitobchalarni ham yozub yuborganman. Mana shuning uchun man ham o‘sha sizga o‘xshash bir ozgina o‘qig‘an xalqi uchun dardlikkina qiz o‘zimizning sharqlik turk naslindan chiqub qolar umidida hozirgacha yurgan edim. Mana bu sizni maqolangiz o‘sha mani kechalari uzun-uzun, shirin-shirin o‘ylagan umidlarimga yetqizdi. Shuning uchun man ham shu maqolani yozuv munosabati bila shunday bir xonimani tonuv va oni birla shirin hayot qiluv umidida edim. Albatta, ilgari mahallamizning dasturxonchisi Poshshoxonim vositasi bila ba’zi xotin-qizlarning oralarinda odatga kirmish bir xil pes rasmlarni ko‘zim ila ko‘rub (u vaqtda o‘n besh yoshlarda edim, xotunlar ba’zi erlardan qochmas edilar) xayolimda qolg‘onlarin «Sadoi Turkiston» gazetalariga maqola va she’r vositasi bila xalqqa anglatub o‘tgan edim. Endi xotin-qiz oralariga kirish mumkin bo‘lmaganga mana shunday o‘qishli oilalar vositasi bila yana ba’zi yoshurun sirlardan xabardor bo‘lub, ikkovimiz birlashub, bu haqda teatr risolalari yozsak hamda ikkovimiz birlashub, xotin-qizlar uchun alohida kechalar yasasak va xotin-qizlardan truppa (artist uyushmasi) yasab, xotin-qizlarni turmushlarin zehnlaydurgan pesalarni yozib, xotin-qizlarga maxsus sahnalar bo‘lguncha erlar sahnalarinda maxsus xotin-qizlarg‘a teatrlar bersak, hokazo, hokazo. Mana shunday ulug‘ umid va buyuk xizmatlar umidinda bir til, bir dillik bir xonimga erishuv umidinda yozgan shu pala-partish maqolami shoyad qoriinlarim aybga sanamaslar. Anqoni qo‘lga yetushdiradirgan humo himoyoti ostidan ko‘chiradurgan ulug‘ qurolsolar, insonning samimiy himmat, haqiqiy ahdi ila bog‘ludur. Mana shu fikrimga qo‘shiladurgan biror qahramon turk qizining tovushini kutub qolaman. Turkiston muxtoriyatina To‘rt yuz yillik Romanov bitgach davlati, Ko‘tarildi asorat, xo‘rlik zillati, Nasib o‘ldi millata qaytib shavkati, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Xor uchun: Yashasun endi birlashib islom millati, Bugun qaysi bir ko‘ngil dilshod o‘lmasun, Bugun qaysi bir mironsholar obod o‘lmasun, G‘ofil qolmang, bul fursat barbod o‘lmasun, Qutlug‘ bo‘lsun Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashub, islom millati! Bugun (Chingiz, Temurdek) shohlar arvohi, Dunyo yuzin titratgan askar silohi Qichqirub der: Turk o‘g‘li! O‘lmang siz sohi! Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashub, islom millati! Qichqirub der: (qurbonlar) Ulug‘ Turkiston! Unutmangiz qonmamiz, boqing qabriston, Birlashingiz, arab, turk… Kobil, Hindiston, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashub islom millati! (Ahmad) ruhi qichqirub der: hoy ummatim! Bukunda ham xo‘r qolsa, din, millatim, Haq shohiddir, kerakmas sizdek ummatim, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashub, islom millati! G‘oyibdan kelsa nidolar, Iso muslimin, Mahrum qolmang, rahmati tangridir yaqin, Tordur bundan so‘ng siza bu ro‘yi zamin, Kutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashub islom millati! Keling endi birlashing, islom millati, Ketsin sunniy, shialik, nifoq illati, Bir sanjoqqa to‘plansin islom davlati, Kutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun emdi birlashub, islom millati! Keldi muborak bizga yangi bir zamon, Yangi davr kechurmak endi filamon, Yod etmakka ismimiz tarixi jahon, Qutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashub islom millati! Kutlug‘ bo‘lsin ey yoshlar to‘kub qoningiz, Bergan qurboningizga olgan shoningiz, Mangu qoldi dunyoda xush unvoningiz, Kutlug‘ bo‘lsin Turkiston muxtoriyati! Yashasun endi birlashib islom millati! Yashasun bu turk o‘g‘liniig mangu davlati! Hamza Hakimzoda — Source: https://wikisource.org (works of Hamza Hakimzoda Niyoziy). Downloaded from uzbekai.com.